Tabiiy eksperiment. Tabiiy eksperiment metodi oddiy obyektiv suratda kuzatish metodi bilan laboratoriya eksperimenti metodi o‘rtasida turadi. Bu metodni professor A.F. Lazurskiy kuzatish va tajriba metodlarining kamchiliklaridan saqlanish va ikkala metodning foydali tomonlarini qo‘shish maqsadida yaratgan. Tabiiy eksperiment metodining mohiyati shundaki, bu yerda tekshiruvchi kishining o‘zi tekshiriladigan kishida (yoki kishilarda) biron psixik jarayon (masalan, xotira, tafakkur, diqqat) ro‘y berishi uchun yoki tekshiriladigan kishilarda individual xususiyatlar (temperament, havas) ro‘y berishi uchun maxsus sharoit tug‘diradi. Masalan, tekshirish lozim bo‘lgan biron psixik jarayon odatdagi dars vaqtida yoki o‘yin paytida maxsus reja bilan tekshiriluvchining o'ziga sezdirmasdan tajriba qilib sinaladi. Albatta, bu sharoit va unda tekshiriladigan psixik faoliyat dastlab analiz qilinadi. Masalan, bolalardagi muayyan bir psixik jarayonlami, muayyan bir xarakter xususiyatlarini, muayyan bir qobiliyatlarni ulaming biron-bir o'yindagi faoliyati sharoitida tekshiriladigan bo‘Isa, bolalarning tekshirish nazarda tutilgan psixik jarayoni, xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari qaysi o‘yinda, ayniqsa, yaqqol ko‘rinishi oldindan bilib olinadi. Tekshiriluvchi kishilar shundan keyin tekshimvchi kishi tomonidan maxsus ravishda, lekin tekshiriluvchi kishilar uchun tabiiy boigan sharoitga, darsga yoki bu o‘rinda o‘yinga jalb qilinadi. Tekshimvchi kishi bolalarning faoliyatini kuzatib turadi va tekshiriluvchi bolalar uchun tabiiy sharoit da kelib chiqadigan psixik jarayonlami va bolalarning individual xususiyatlarini qayd qiladi. Ammo tekshirilayotgan bolalar, yuqorida aytilganidek, o‘z faoliyatlari maxsus suratda kuzatib turilganligini sezmasliklari lozim. Shu shartga rioya qilingandagina, tekshirilayotgan bolalar kundalik hayot va faoliyatda o‘zlarini qanday tutsalar, maxsus yo‘l bilan atayin vujudga keltirilgan tabiiy sharoitda ham o‘zlarini o‘shanday samimiyat bilan tutadilar. Bunday eksperimentning tabiiy eksperimentligi ham shundadir. Tabiiy eksperiment metodining tashqi kuzatish metodidan farqi shuki, tekshimvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisalami zamr bo‘lganda maxsus yo‘l bilan ataylab vujudga keltiradi. So‘ngra bu psixik hodisalami boshqacha bir tarzda vujudga keltirish mumkin va bunda shu psixik hodisalaming tabiiy suratda ro‘y bermog‘i uchun eksperiment yangi bir sharoitda o'tkaziladi.