Biografiya metodi. Odam psixikasini tekshirish uchun ayrim kishilarning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, ularning o‘zlari bergan ma’lumotlar (avtobiografiya, kundalik daftarlar, memuarlar, xatlar), shuningdek, boshqa kishilar yozib olgan biografiya ma’lumotlari (biograflyalar, esdaliklar, xatlar, xarakteristikalar va shunga o‘xshashlar) katta ahamiyatga egadir. Bu ma’lumotlar psixik faoliyat namoyon bo'lishining kuzatish va eksperiment yo‘li bilan tekshirib bo‘lmaydigan turlarini, masalan, ijodiy xayol — poeziya, musiqa, texnika va boshqa shu kabi sohalardagi ijodiyotning yuksak jarayonlarini, ilmiy kashfiyotlarda namoyon bo‘ladigan tafakkur faoliyatining yuksak jarayonlarini, kuchli iroda va ma’naviy yuksak sifatlarning alohida ifodasi boigan qahramonlikni, shuningdek, geniallik, talantlilik va zo‘r qobiliyat kabi xislatlami ochishga yordam beradi. Odam ongi namoyon bo‘lishining ana shunday turlari to‘g‘risida eng atoqli kishilar bayon qilgan fikrlariga qarab yoki o‘sha shaxslarga yaqin yurgan kishilarning guvohliklariga qarab ko‘pgina fikr yuritish mumkin. Bundan tashqari, biografiyaga doir ma’lumotlar odamning individual kamolotida tarbiya, shuningdek, kishining faoliyati va o‘zi ustida ishlashi qanday o‘rin tutgani va qanday ahamiyat kasb etganini ham bilishga yordam beradi. Faoliyat samaralarini tekshirish.Odamning faoliyat sohalarini, uning mehnat natijalarini tekshirish psixikani bilish uchun muhim vositadir. Odamning kuch va qobiliyatlari u yaratadigan narsalarda gavdalanadi. Odamzod faoliyatining samaralarini tekshirganimizda biz, shu samaralarni barpo etgan kishilar qanday qilib fikr qilganliklarini, his qilganliklarini, nimaga intilganliklarini, ularning irodasi naqadar kuchli bo‘lganligini, ularda qanday mahorat va malakalar bo‘lganligini bilib olamiz. Masalan, biror uy-joyga diqqat bilan qarar ekanmiz, shu uyni qurgan kishilaming konstmksiya-texnika qobiliyatlari qanday bo'lgani, ularning estetik didi, ma’naviy sifatlari, halolligi, mas’uliyat sezishi va shunga o‘xshashlar haqida fikr yurita olamiz. Ayrim kishilaming, ma’lum bir davr kishilarining, muayyan yoshdagi kishilaming psixikasini ularning faoliyat samaralariga qarab bilsa bo‘ladi. Kishilaming mehnat va ijodiyot samaralari ularning psixikasini bilish uchun juda muhim manbalardir. Bu metod turli yoshdagi bolalar psixikasining xususiyatlarini tekshirishda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. Masalan, bolalaming o‘zi chizgan rasmlaridan, yasagan qo‘g‘irchoqlaridan ulaming nazar doirasi naqadar kengligini, tasawurlarining xarakterini va hajmini, tafakkur xususiyatlarini, qiziqish-havaslarini va shunga o‘xshashlarni bilish mumkin. 0‘quvchilaming bajargan ishlarini tahlil qilish pedagogning darsdagi materialni o‘quvchilaming o'zlashtirish va zarur malaka hosil qilish xususiyatlarini, shuningdek, bolalarning qobiliyat va havaslarini tekshirib bilib olishga yordam beradi. Kishilar psixikasini bilib olish uchun badiiy adabiyotning ham katta ahamiyati bor