V psixologiya metodlari


Tashqi va ichki kuzatishning birligi



Yüklə 86 Kb.
səhifə4/8
tarix11.12.2022
ölçüsü86 Kb.
#73921
1   2   3   4   5   6   7   8
psixologiya metodlari

Tashqi va ichki kuzatishning birligi
Odam psixikasini faqat o‘z-o‘zini kuzatish metodi bilan o‘rganib
bo‘lmasa, faqat tashqi kuzatish yo‘li bilan, ya’ni o‘z-o‘zini kuzatish
ma’lumotlari bilan bog‘lanmasligi ham mumkin emas. 0 ‘z-o‘zini kuzatish metodining ahamiyatini tamomila inkor qilish - odamning yuksak
darajadagi bilish qobiliyatiga, ijodiy qobiliyatiga, ongiga ishonmaslik demakdir. Boshqa kishilarni kuzatishning xususiyati shundaki, tadqiqotchi
shu kishilar xulq-atvorining tashqi ko‘rinishlarini idrok etar ekan,
ko‘nglidan kechayotgan hislarini bir qadar biladi. Shu sababli psixolog
tashqaridan kuzatish yo‘li bilan va o‘z-o‘zini kuzatish ma’lumotlariga
tayanib, odamning turli xatti-harakatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanib qolmay, balki umuman psixik hayot hodisalari haqida, ularning
tashqi va ichki (subyektiv) ko‘rinishlari haqida xulosalar ham chiqarishi
mumkin. Tadqiqotchi psixolog kishilar bilan muomala qilishda turmush
tajribasiga va ilmiy tekshirish ishlarida yetarli amaliyotga ega bo‘lganida
psixik hayotning tashqi ko‘rinishlarini kuzatar ekan, psixik jarayonlarning subyektiv suratda qanday kechishini ham ozmi-ko‘pmi ocha oladi.
Masalan, tafakkurni kuzatish yo‘li bilan tekshirganimizda ko‘z, yuz muskullaridagi xilma-xil harakatlarni va yuzning o‘zgarishini qayd qilibgina
qolmay, balki, shu bilan birga, shu tafakkur jarayonlari qanday zabt va
qanday tezlik bilan ro‘y berishini ham bir qadar bila olamiz. Modomiki, tafakkur jarayonlari tashqi muhitda o‘z ifodasini topar ekan, tafakkuming
mazmunini bila olamiz, tafakkur jarayoni qay shaklda ro‘y berayotganini,
masala qanday kelib chiqayotgani, masalani yechish jarayoni qanday borayotganini ham kuzata olamiz.
Kuzatish metodi psixik hodisalami faqat tasvir etish imkonini berish
bilangina cheklanib qolmay, balki shu hodisalami tushuntirish, ya’ni ularning tevarak-atrofdagi muayyan tarbiyaga, odamning faoliyat xarakteriga,
organizmning umumiy ahvoliga va nerv sistemasining ishlash xususiyatlariga bog‘liq ekanligini ochib tashlash imkonini ham beradi.
Odamzod faoliyatining har xil turlarida psixikani tekshirish uchun
kuzatish metodidan foydalaniladi. Kuzatish yordami bilan bolalar psixikasi ham ulaming o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatida bemalol tekshirib
o‘rganiladi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilaming yosh va
individual xususiyatlarini tekshirib o‘rganishda ana shu metoddan foydalanadi.
Kishilaming psixik sifatlari: tashabbuskorligi, ijodiy tafakkur jarayoni,
yangilikni bayon qilishi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga yetish yo‘lida sabrmatonat ko‘rsatishlari kuzatish yo‘li bilan tekshirib o‘rganiladi. Fabrikazavod sexlarida va madaniyatimizning boshqa sohalarida ishlayotgan kishilarda biz shunday sifatlar namoyon bo‘lishini ko‘ramiz.
Psixologiyada kuzatish metodi odam hayoti va faoliyatining odatdagi
sharoitidagina emas, balki shu bilan birga klinika sharoitida psixikaning
kasallik oqibatida o‘zgarganligini tekshirishda ham qo‘llaniladi. Ayni vaqtda kasallikni tekshirish uchungina emas, shu bilan birga odamning normal
ahvolidagi psixik hodisalami yaxshiroq tushunib olish uchun ham klinik
kuzatish ma’lumotlaridan foydalaniladi.

Yüklə 86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin