Psixologik-pedagogik eksperiment yoki ta’sir ko‘rsatuvchi eksperiment tabiiy eksperimentning bir turidir. Bu eksperimentning vazifasi o‘qitish va tarbiyalash ishidagi har xil tadbirlar o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishga, shaxsning ayrim psixik sifatlari tarkib topishiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligini aniqlashdir. Masalan, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga ayrim metodik usullaming ta’siri, o‘quvchilarda turli havaslaming tarkib topishiga to‘garaklar, ma’ruzalar, suhbatlar, kino kartinalaming ta’siri tekshiriladi. Laboratoriya eksperimenti kabi, tabiiy eksperiment metodida ham tadqiqotchi ko‘pincha tekshiriluvchilar bilan suhbat qilib turadi. So‘rash va suhbat metodi So‘rash va suhbat metodi psixik hodisalarning asosan ichki, subyektiv tomonini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Bu metodda tadqiqotlar taxminan quyidagicha o‘tkaziladi. Tadqiqotchi psixik hayot hodisalarining birontasini, masalan, odamda shodlik hissi subyektiv ravishda qanday kechishini, poetik ijodiyot jarayoni qanday borishini, irodaga bog‘liq harakatlarda qaror qabul qilish jarayoni qanday ro‘y berishini, biron masalani yechganda tafakkur jarayoni qanday borishini va shunga o‘xshash hodisalarni tekshirishni oldindan vazifa qilib q o ‘y a d i,tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiriluvchi kishiga beriladigan savollarni oldindan belgilab oladi. Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi kishida qaysi kechinmalar va ong jarayonlarini o‘rganish kerak bo‘lsa, u o‘z javoblarida xuddi o‘sha kechinmalarni va o‘sha ong jarayonlarini oydinlashtirib bersin. Tekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual xususiyatlariga qarab, suhbat vaqtida savollarni o‘zgartirish, to‘ldirish, boshqacha qilib berish mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib, masalan, nutqining xususiyatlarini, mimikasini va shunga o‘xshash xislatlarini qayd qilib turadi. Beriladigan savollarga tekshiriluvchi kishi tegishli javob qaytaradi. Tekshiriladigan hodisaga va savollaming xarakteriga qarab, tekshiriluvchi kishi ichki kechinmalarini mukammal tasvirlab yoki so‘z bilan istagancha hisobot berib, javob qaytarishi mumkin, ba’zan tekshiriluvchi kishi faqat «ha» yoki «yo‘q» deb javob qaytarishi lozim bo‘lib qoladigan tadqiqot davomida tekshiruvchining barcha savollari va tekshiriluvchining barcha javoblari ipidan ignasigacha o‘zgartirilmasdan to‘la yozib olinadi, protokolda mukammal qayd qilinadi. Iloji bo‘lsa, tekshiriluvchi kishining javoblari magnitofon lentasiga yozib olinadi. Tekshiriladigan bir necha kishi bilan, ba’zan esa o‘nlarcha va yuzlarcha kishilar bilan muayyan bir mavzuda savol-javob va suhbat qilinadi. Shu tariqa rejadagi dastlabki material sistemaga solinadi, statistik jihatdan ishlab chiqiladi, analiz qilinadi, klassifikatsiyaga solinib, xulosa chiqariladi. So‘rash va suhbat metodi o‘z-o‘zini kuzatish metodi bilan tashqi kuzatish metodining qo‘shilishidan iborat. Bu yerda o‘z-o‘zini kuzatish shunda namoyon bo‘ladiki, tadqiqotchi tekshiriluvchi kishiga savollar berib, uning o‘z ichki ongini chuqurroq bilib oUshga majbur etadi. Tekshiriluvchi kishi tadqiqotchining topshiriqlariga muvofiq va tadqiqotchining yordami bilan (savollar ustalik bilan berilganda) o'zining ichki holatlarini ocliib tashlaydi va nutqida ifodalaydi, so'zlar bilan javob qaytaradi. Tashqi kuzatish shunda namoyon bo‘ladiki, tadqiqotchi ong jarayonlarini o‘zi ustida emas, balki boshqa kishilar ustida tekshiradi. Psixik hayot hodisalaridan bittasini tekshirish uchun bir kishi bilan emas, balki bir necha kishi, ba’zan esa ko‘plab kishilar so‘rash va so‘zlash m etodi bilan tekshirilgani uchun obyektiv xulosa chiqariladi. Tekshiriluvchi kishilardan birontasining so‘z bilan qaytargan javoblarini boshqalarining qaytargan javoblariga solishtirib, taqqoslab, tekshirish mumkin. Suhbat metodining kamchiliklari haqida gapirganda, odatda, bu metoddan foydalanishda tadqiqotchining ta’siri bo‘lishi mumkin, deb aytadilar. Tadqiqotchining ta’siri bo‘lishi mumkinligini, albatta, hisobga olish va tekshirishning boshlaridayoq bunga yo‘l qo'ymaslik kerak. Buning uchun savollar shunday berilishi kerakki, ularda qanday bo'lmasin muayyan javobga ishora ham qolmasin. Bundan tashqari, savollar shunday berilishi kerakki, tekshiriluvchi kishining bir savolga qaytargan javoblarini boshqa savolga qaytarilgan javoblar bilan nazorat qilish mumkin boMsin. Suhbatni o‘ziga xos tergovga aylantirib yubormaslik kerak. Suhbat samimiy, bemalol bo‘lishi, tekshiriluvchi kishilarning psixik holatiga zo‘r kelmasligi kerak. Suhbat odam psixik hayotining bevosita kuzatish va eksperimentda aniqlab bo‘lmaydigan jarayon va hollari haqida ma’lumot olishga yordam beradigan birdan-bir metoddir, deyish mumkin. Masalan, kosmosga parvoz qilish vaqtida odamning psixik faoliyat xususiyatlari haqida bilim olmoq uchun tadqiqotchi kosmonavtlarning o‘zi bilan suhbat qilishi kerak. Suhbat metodi shaxsning individual xususiyatlarini (e’tiqodlari, havaslari, jamoaga munosabati, o‘z vazifalarini tushunish) tekshirishda, shaxsning hayoti va faoliyatidagi maxsus voqealar, qahramonlik, ijodiy maqom va shunga o‘xshashlarni tekshirishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘qitish va tarbiyalashning psixik asoslarini tekshirishda, masalan, bolalarning kitobxonlikka havasini, ayrim darslarga m unosabatini tekshirishda, o'quvchilarning uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda xotirada qoldirish usullarini, ayrim o‘quvchilaming darslami sust o‘zlashtirish sabablarini aniqlashda qo'llaniladi. Hozir suhbat metodi psixologiyada juda keng qoMlaniladi, jumladan pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, ijodiyot psixologiyasi, kosmik psixologiyada suhbat metodidan foydalaniladi.