Va amaliy asoslarining mazmuni hamda mohiyati yoritilgan


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix05.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#152479
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
o-qitishda-ta-limiy-metodlarni-muvofiqlashtirishning-ilmiy-nazariy-asoslari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1083 
w
z
www.oriens.u
May
2022
 
3. Matematik-statistik tahlil natijasiga ko’ra umumiy xulosalar chiqarish. 
O‘qitishda ta’limiy metodlarni muvofiqlashtirish muammosining muvaffaqiyatli 
tadqiq etilishi mavjud adabiyotlarni nazariy tahlil etilishi, ta’lim muassasalari 
amaliyotining o‘rganilishi hamda o‘qituvchilar faoliyatining mavjud holatiga baho 
berilishiga ham bog‘liq. Binobarin, ushbu urinish muammoning hal etilgan va 
etilmagan jihatlarini aniqlashga yordam beradi. Shu sababli asoslovchi tajriba davrida 
nazariy tahlil, hujjatlarni o‘rganish, pedagogik kuzatish, anketa, test, suhbat, intervyu 
metodlari yordamida umum o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining ta’lim 
metodlarini bilish va ulardan foydalanishning mavjud darajasini baholashga alohida 
e’tibor qaratildi. Mavjud adabiyotlarni o‘rganish shundan dalolat beradiki, ta’lim 
jarayonida qator talim metodlariga amal qilish ko‘zda tutiladi. 
Mavjud manbalarni nazariy jihatdan o‘rganish, yangi turdagi ta’lim 
muassasalari faoliyatini bevosita tahlil qilish, ijtimoiy-gumanitar fanlar, shuningdek, 
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul shaxslar bilan tashkil etilgan. 
Muloqotlar natijasi mustaqillik yillarida O’zbekistonda umumta’lim 
maktablarining o‘qituvchilarida didaktik qonun va ta’lim metodlariga oid yaxlit 
manba mavjud emasligini ko’rsatdi. Garchi, o’qituvchilar fanlarni o‘qitish, 
shuningdek, o‘quvchilarga ta‘lim muassasasining faoliyati yo‘nalishiga muvofiq 
kasbiy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ayrim ixtisoslik fanlari doirasida ta’lim 
metodlariga amal qilsalarda, ularning ta’lim metodlari to’g’risidagi nazariy bilimlari 
tizimli emas. Buning asosiy sababi bo‘lg‘usi o‘qituvchilar va yosh o‘qituvchilarning 
ta’lim metodlarining mohiyati va ahamiyatini yaxshi bilmasligidadir. Shuningdek, 
ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rtasidagi muvofiqlikning mavjud emasligi ham bunga 
sabab bo‘lmoqda. Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 6- umumta’lim 
maktabida tajriba ishlarini olib borish jarayonida o‘qituvchilarning bir qismi ta’lim 
metodlarining mohiyatini chuqur bilmasligining guvohi bo‘ldik. Ular bilan tezkor 
savol-javoblar tashkil etdik (..-ilova). Bunda 50 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi. Uning 
25 nafari nazorat guruhida va 25 nafari tajriba guruhida ishtirok etdi. 
O‘qituvchilar e’tiboriga anketa so‘rovlaridan tashqari og‘zaki savollar ham 
havola etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad ularning ta’lim metodlari to‘g‘risidagi 
shaxsiy qarashlarini o‘rganishdan iborat edi. 
Asoslovchi tajriba – sinov jarayonida anketa so‘rovlari, maxsus test so‘rovlari, 
bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, o‘qituvchilarning didaktik metodlarini 
bilish va unga amal qilish darajasini tahlil qilish asosida quyidagi jadvallar 
shakllantirildi (2-3-jadval). 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin