Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
1079
w
z
www.oriens.u
May
2022
tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, jahon andozalari talablariga javob bera oladigan
mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi ulug‘vor vazifalar qo‘yilgan
3
.
Mazkur
vazifalarni bajarish uchun, eng avvalo, ta’lim-tarbiya
usullarini
takomillashtirish, yangilarini izlab topish va ulardan samarali
foydalanishni amalga
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika fanida ta’lim metodlarini va usullarini tasnif etish masalalari ham
alohida muammo sifatida o‘rganilgan. Turli yillarda faoliyat ko‘rsatgan turli
tadqiqotchilar tomonidan ta’lim metodlari turlicha tasnif etilgan. Ya’ni, pedagogikada
o‘qitish metodlarini tasnif etishga oid turli-tuman qarashlar mavjud bo‘lib, ba’zi
olimlar o‘qitish metodlarini tasnif etishda bilim manbalarini hisobga olgan bo‘lsa,
ayrimlari esa o‘qituvchi faoliyatini, uchinchi guruh olimlar esa o‘quvchilar faoliyatini
e’tiborga olgan. O‘qitish usullariga bunday qarashlarning ko‘p va rang-barang
bo‘lishi tabiiy, chunki o‘qitish metodlari mazmunan boy hodisa bo‘lib, ular ma’lumot
mazmuni bilan ham, O‘qituvchi hamda o‘quvchi faoliyati bilan, bilim va
malakalar
bilan, qolaversa, ijodiy qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish
ishlari bilan
bog‘lik bo‘lgan tushuncha sanaladi. Shu bois ta’lim metodlarini tasnif etish bo‘yicha
yagona yondashish mavjud emas.
Didaktikada ta’lim metodlarini bilimlar manbai, didaktik maqsadlar,
bilish
faoliyatining saviyasi bo‘yicha farqlash mavjud. Ta’lim metodlarini bilish manbalari
bo‘yicha tasniflash sodda jarayon bo‘lib, ular maktab amaliyotida keng tarqalgan.
Masalan, taniqli pedagog olimlardan S.I. Perovskiy, Ye.Ya.Golant va boshqalar
o‘qitish usullarini tasnif etishda ta’lim manbalarini hisobga olishgan. O‘qituvchi
nutqi, ko‘rgazma qurol, darslik hamda qo‘shimcha adabiyotlarni ta’lim
manbai
sifatida ekanligini O.Roziqov va boshqalar tomonidan tuzilgan “Umumiy didaktika”
o‘quv adabiyotida alohida ta’kidlangan. Didaktikada ta’lim jarayonining turli
bosqichlarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib, o‘qitish usullarini tasnif
etish g‘oyasi ham mavjud. Masalan, Yu.K.Babanskiy tahriri ostida chiqarishgan
o‘quv qo‘llanmasida berilishicha M.A.Danilov, B.P.Yesipovlar o‘qitish usullarini
quyidagicha tasnif etgan:
-bilimlarni o‘rganishga oid usullar;
-ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usullari;
-bilim va malakalarni tadbiq etish usullari;
-ijodiy ishlash usullari;
-bilim va malakalarni mustahkamlash;
-tekshirish usullari.
3
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni 2020 yil 20-sentabr