Va amaliy asoslarining mazmuni hamda mohiyati yoritilgan



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix05.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#152479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
 ASI Factor = 1.7 
1078 
w
z
www.oriens.u
May
2022
 
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan 
turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va 
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi. 
Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim 
usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar 
munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-
biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir 
qismi hal qilinadi. 
Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va 
aksincha, xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi 
mumkin. 
Ta’lim usuli - o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va 
metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv 
vazifasining bir qismi hal qilinadi
2

Mamlakatimizning ertangi kuni dunyoqarashi zamonaviy, salohiyati yuqori 
o‘qituvchi-murabbiylarga ko‘p jihatdan bog‘liqligini hammamiz birdek tushunib 
turibmiz. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki 
qo‘llanilayotgan metodlar va usullar samaradorligi ham ahamiyatlidir. 
Ta’lim nazariyasida o‘qitish (ta’lim metodlari) muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim 
metodi ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning aniq maqsadga erishishiga 
yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyatlarining usuli ekanligini bilamiz. Ta’lim 
metodlari o‘qitish va o‘qishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘llari 
hamda o‘quv materialini nazariy va amaliy tomondan yo’naltirish yo‘llarini bildiradi 
va ko‘maklashadi. Ta’lim metodlari ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi 
faoliyatining qanday bo‘lishi, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish hamda olib 
borish lozimligini va shu jarayonda o‘quvchilar qanday ish harakatlarni bajarishlari 
shartligini ko‘rsatib beradi. 
Pedagogik ensiklopediyada izohlanishicha, ta’lim metodi o‘qituvchi 
o‘quvchining ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga qaratilgan o‘zaro aloqador, ma’lum 
ketma-ketlikdagi faoliyati tizimidir. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin