SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Geografiya darslarida metodlarni tanlashda nimalarga e’tibor beriladi?
2. Geografik borliq va hodisalarning xususiyatlarini jadvalini tuzing.
3. Geografik borliq va hodisalarning tashqi ko’rinishi xaqidagi bilimlar qanday
shakillantiriladi?
4. Geografiya darslarida metodlarni tanlashga qanday talablar qo’yiladi?
4.3 Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish.
O’zbekiston, Rossiya va boshqa qator MDH davlatlari ta’lim tizimiga
XX asrning 90-yillaridan boshlab «Yangi pedogogik texnologiyalar», «Ilg’or
pedagogik texnologiyalari», ‚Pedagogik texnologiyalar‛, ‚Ta’lim texnolo-
giyalari‛, «Maktab texnologiyalari», «Axborot texnologiyalari» va boshqa
shunga o’xshash tushunchalar kirib keldi.
XX asrga kelib fan texnikaning yuksak darajada rivojlanishi muno-
sabati bilan ta’lim tizimida xam qator muammolar vujudga keldi.Bunday
muammolarga avvaldan kafolatlangan natijalarni olishga yo’naltirilgan
ta’lim texnologiyalarni loyihalashtirish va amalga oshirish kiradi.
SHu maqsadda XX asrning 50-70 yillarida AQSH da B.Blum.
D.Kratvoll, N.Gronlund, Dj.Kerol, Dj.Blok, A.Anderson va boshqa olimlar
tomonidan rejalashtirilgan natijalarni olishni kafolatlaydigan, qayta
takrorlanadigan pedagogik tsiklni o’z ichiga olgan texnologiyalar ishlab
chiqildi. Mazkur texnologiyalar so’ngra Yevropada qo’llanila boshlandi.
Pedagogik texnologiyalar bo’yicha ilmiy jurnallar nashr qilina boshlandi.
Rossiyada pedagogik texnologiyalar XX asrning 90-yillaridan boshlab
tarqala
boshladi.Mazkur
texnologiyalar
soxasida
B.P.
Bespalko,
M.V.Klarin, V.G.Guzeev, T.S.Nazarov. N.D.Nikondova, N.F.Kostenko,
V.R.Imakova, G.Il’in, B.I.Bulin, Sokolova, Yu.G.Molokova, O.Episheva,
P.K.Selevko va boshqalar ulkan ishlarni amalga oshirishdi. «SHkolnie
texnologii» jurnali nashr qilina boshladi. Yangi pedagogik texnaologiyalar
ta’limning boshqa bosqichlarida (maktabgacha ta’lim, boshlang’ich, o’rta,
o’rta maxsus va Oliy ta’lim) qo’llanila boshladi.
O’zbekistonda pedagogik texnologiyalar sohasida 2000 yildan boshlab
yirik ilmiy ishlar va o’quv qo’llanmalari nashr qilina boshlandi. Bu sohada
B.P.Farberman, N.Saydaxmedov, F.Jumaboev, A.Ochilov, L.Golish,
B.Ziyamuxamedov, Sh.Abdullaev, J.O.Tolipova, A.T.G’ofurov va boshqalar
katta ishlarni amalga oshirishdi. Ayniqsa Nizomiy nomidagi Toshkent
Davlat Pedagogika Universitetining «Axborot texnologiyalari va masofaviy
o’qitish markazi» tomonidan bu sohada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur markaz tomonidan har oyda ta’lim texnologiyalariga bag’ish-
langan «Axborotnoma» nashr qilinadi. Mazkur axborotnomada jaxondagi
rivojlangan davlatlarni ta’lim texnologiyalari muammolariga bag’ishlangan
maqolalar e’lon qilinadi.
Geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash
va geografik ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish bo’yicha I.V.Dushina,
V.T.Dmitreva, A.N.Vorobyev, O.A.Ushakova, N.V.Novenko, I.I.Barina,
O.A.Baxchieva va boshqalar ish olib borishmoqda.
O’zbekistonda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnolo-
giyalarini qo’llash va geografik texnologiyalarni ishlab chiqish bo’yicha
ilmiy va metodik ishlar endi boshlanmoqda, ammo bu sohada yirik ko’zga
ko’rinadigan ishlar hali qilinganicha yo’q. Pedagogik texnologiyalarni
ajralmas qismi bo’lgan test topshiriqlari hamma fanlarda, ayniqsa Oliy
o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida keng qo’llanila boshlandi. Shuni ham
aytib o’tish lozimki, barcha o’quv fanlarida ham test topshiriqlarini tuzish
bo’yicha aniq bir metodik qo’llanmalar va ko’rsatmalar ishlanmasdan turib
test topshiriqlari ishlab chiqildi va nashr qilindi. Bu esa ayrim chalkash-
liklarga va testlarni faqat bir yo’nalishda tuzilishiga olib keldi. Testologiya,
ya’ni o’kitish maqsadlarini test topshiriqlari orqali ifodalash pedagogik
texnologiyalarni oxirgi bosqichlaridan biri hisoblanadi. Demak, O’zbekis-
tonda va boshqa MDH davlatlarida yangi pedagogik texnologiyalarni
ma’lum bir bo’g’inlarini qo’llash ancha oldin boshlangan.
O’zbekistonda 1992 yildan boshlab mamlakatimiz Prizedenti I.A.Kari-
mov farmoniga binoan Oliy o’quv yurtlariga qabul pedagogik test
sinovlari asosida o’tkaziladigan bo’ldi. Oliy va o’rta maxsus maktab
muammolari institutida pedagogik texnologiyalar va ta’lim sifati bo’limi
ochildi.
Geografiya ta’limida ko’pincha o’qitish texnologiyalari ilgaritdan
qo’llanilib kelinadi, ayrimlari endi qo’llanilmoqda. I.V.Dushina (2004)
geografiya ta’limida qo’llaniladigan texnologiyalarni quyidagi turlarga
bo’lgan: mantiqiy tayanch konspektlar texnologiyasi; o’quv ishlari usul-
larini shakllantirish texnologiyasi; o’quvchilarni o’quv faoliyatini shakllan-
tirish texnologiyasi; komunikativ – aloqa texnologiyasi; o’quvchilarni
loyixalar tuzish faoliyati texnologiyasi.
Hozirgi paytda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnolo-
giyalarini qo’llashni ilmiy-metodik asoslari quyidagi yo’nalishlarda ishlab
chiqilishi lozim.
Geografiya ta’limini maqsadlarini aniqlash. Geografiya ta’limining
maqsadlari va vazifalari mavjud ta’lim standartlarida ishlab chiqilgan va
tasdiqlangan. Standartlar bo’yicha har bir geografiya predmeti bo’yicha
ta’lim maqsadlari va vazifalari ishlab chiqilgan. Geografiya ta’limining
asosiy ko’rsatkichlarini B.Blumning taksonomik birliklari orqali ifodalansa
ular aniq bir o’lchamlarga ega bo’lar edi. Mazkur muammo sohasida
hozircha geografiya ta’limida sezilarli ishlar olib borilayotgani yo’q.
Geografiya ta’limida quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin.
Kartografik texnologiyalar. Geografiya ta’limining barcha bosqichlarida
qadimdan qo’llanib keladi. Kartografik materiallar ko’pincha darsga
qo’shimcha ko’rgazma sifatida ishlatiladi. Alohida kartografik texna-
logiyalar yordamida hozircha dars o’tilmaydi. Kartografik texnologiyalarni
qo’llash quyidagi bosqichlardan iborat: a) ilk, sodda kartografik tushun-
chalarni shakillantirish bosqichi. Mazkur bosqich umumta’lim maktab-
larida 5-sinfda «Boshlang’ich tabiiy geografiya» kursida, Oliy o’quv
yurtlarida esa topografiya va kartografiya kurslarida beriladi. Bunda,
karta, miqiyos (mashstab), shartli belgilar, geografik koordinatalar haqida
tushunchalar, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Mazkur bosqich o’z
navbatida quyidagi texnologiyalardan iborat: Miqiyos (mashstab)
texnologiyasi; shartli belgilar texnologiyasi; geografik koordinatalar
texnologiyasi; b) kartografik dars texnologiyasi – mazkur darslarda to’la
kartografik texnologiyalarni qo’llash asosida o’tilishi mumkin. Mazkur
texnologiyalarni o’rta va oliy ta’limda regional tabiiy va iqtisodiy
geografiya predmetlarini o’rganishda qo’llanishi mumkin. (materiklar va
okeanlar, o’lkalar, davlatlar ma’muriy birliklarning tabiiy va iqtisodiy
hamda siyosiy geografik sharoiti).
Dostları ilə paylaş: |