V. TA’LIM NATIJALARI «Tarjima nazariyasi» fani tarjima va tarjimonlikning uzoq asrlardan buyon dunyo xaiqlari tarixi va madaniyatida shakllanib kelayotgan ko‘hna ijodiy faoliyat sohalaridan biri ekanini, uning xalqlararo aloqa vositasiga aylantirilganligi, undan doim samarali tarzda foydalanilanligi xususida muayyan bilimlar berishga qaratilgan.
Mazkur fanning vazifasi tarjima nazariyasining asosiy sohalari tarjima tarixi, tarjima tanqidi hamda tarjima amaliyoti bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy tushuncha va ma’lumotlarni o ‘zlashtirish asnosida muayyan badiiy matn tarjimasi ustida talqin va tarjima tahlilini amalgda ko ‘rish kabi masalalarni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib amalga oshirishga o‘rgatishdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar Tarjima nazariyasi fani bo‘yicha talaba quyidagilarni bilishi kerak: mazkur kursning maqsad va vazifalari;
tarjima nazariyasi haqidagi turlicha qarashlar va tarjimashunoslikning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi va shakllanishini
uning tarixiy ildizlari; taijima tarixi, nazariyasi va tanqidi kabi tarkibiy qismlarini;
o‘zaro aloqalar rivojida tarjima; o'zaro aloqa va adabiy ta’sir; o‘zbek tarjima adabiyotining taraqqiyot bosqichlarini;
tarjima maktablari; tarjima qonuniyatlari; bevosita va bilvosita tarjima; nasriy va she’riy tarjimalar haqida atroflicha ma’lumot olib, tarjimaning lisoniy va g‘ayrilisoniy muammolarini;
fazeologizmlami tarjima qilish usullari; badiiy, ilmiy, publisistik, rasmiy tarjimalar;
yaqin va uzoq tillardan tarjima kabi fanning asosiy va muhim muammolari bilan tanishtirishni ko‘zda tutadi. Ayni paytda, magistrlami tarjima asarlarini tahlil qilish va ularga baho berishga o‘rgatish maqsadida taijimani ilmiy baholash mezonlari; taijima sifatini aniqlashda qiyosiy metod;