Robototexnik komplekslarning strukturaviy alomati ularning tuzilishi turlarini va kompleks tarkibida SR bilan texnologik qurilmaning o‘zaro xatti- harakatlarini aks ettiradi.
Bo‘linishning bu alomatiga ko‘ra RTKlar
birpozitsiyali,
guruhli,
s) ko‘ppozitsiyali bo‘ladi. Bir pozitsiyali RTKlari texnologik qurilma birligi komplekti bilan bitta SRni o‘z ichiga oladi, masalan stanok-robot, press-robot va boshqalar.
Guruhli RTKlari bir xildagi yoki turli xildagi texnologik qurilmalar guruhiga xizmat ko‘rsatuvchi bitta SRni o‘z ichiga oladi.
Ko‘p pozitsiyali RTKlar bir-biri bilan yoki bir-birini to‘ldiruvchi funksiyalarni bajaradigan SRlari guruhini o‘z tarkibiga oladi [5].