BOB. ROBOTOTEXNIK KOMPLEKSLARDA ROBOTLARNING QO‘LLANILIShI
Sanoat robotlarining robototexnik komplekslarda qo‘llanishiningasosiy sxemalari
RTKlarda SRlar qo‘llanilishining quyidagi asosiy sxemalaridan foydalaniladi [8].
Robotningjihozyokiqurilmaichidajoylashtirilishi.
-rasm. Robot qurilma ichiga joylashtirilgan:
1-SR;2-konveyer;3-asosiytexnologikjihoz; Bir dasturli robot. Sanoat roboti va texnologik jihoz uchun programmaviy boshqarish sistemasi umumiy hisoblanadi. Ommaviy va katta seriyali ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi. Xom mahsulotni fiksatsiyalangan yuklanish pozitsiyasiga joylashtirish zarur.
- rasm.Sanoat robotini asosiy texnologik qurilma atrofida joylashtirish:
1-SP; 2-konveyer; 3-asosiy texnologik qurilma; 4-xom mahsulotlar, 5-detallar yoki asboblar magazini.
Bir yoki ko‘p dasturli sanoat robotlari yakka yoki umumiy dasturiy boshqarish sistemasiga ega bo‘ladilar, ular katta seriyali va seriyali ishlab chiqarish
sharoitlarida qo‘llaniladi. Xom mahsulotni fiksatsiyalangan yuklanish pozitsiyasiga joylashtirish (konveyer va trakt magazini yordamida) zarur.
Guruhdagi mashinalar soni sanoat robotlari sonidan kam bo‘lgan holda sanoat robotlari tomonidan ularga xizmat ko‘rsatish.
Ikkita yoki undan ko‘p sanoat robotlari bitta asosiy texnologik qurilmaga xizmat ko‘rsatishda turli funksiyalarni bajaradilar. Alohida yoki umumiy dasturiy boshqarish sistemalariga ega bo‘lishlari mumkin [6].
Misol tariqasida dastgohlar markazlari, temirchilik-presslash mashinalari va boshqa turdagi jihozlarga xizmat ko‘rsatilishini keltirish mumkin.
Qurilma-jihozlarigaguruhlixizmatko‘rsatish.