Vazirligi X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


Robototexnik komplekslarni joylashtirish. RTKlarni joylashtirishning asosiy turlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə47/86
tarix07.01.2024
ölçüsü1,66 Mb.
#204883
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020 (1)

Robototexnik komplekslarni joylashtirish. RTKlarni joylashtirishning asosiy turlari


RTKlarning qanday tarzda joylashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Robotlar bilan jihozlangan texnologik yacheykalar, bo‘linma (uchastka)lar, qatorlar (liniyalar) robotlashtirilgan texnologik komplekslar (RTK)lar deyiladi.
Mashinasozlikdagi va asbobsozlikdagi ishlab chiqarish jarayonlarining xilma-xilligi RTKlarning turlarini aniqlaydi.
RTKlarning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz:
Robotlashtirilgan texnologik uya (yacheyka) (RTYa) RTKlarning eng sodda turiga kiradi. Bunday kompleksda texnologik operatsiyalarning mumkin bo‘lgan minimumi bajariladi. Bunda texnik jihoz bilan sanoat robotlari donalari soni unchalik katta emas. RTYa larning ba’zilarida texnologik jihoz - uskuna butunlay ishtirok etmasligi, asosiy operatsiyani esa sanoat robotining o‘zi bevosita bajarishi mumkin.
Robotlashtirilgan texnologik bo‘linma (RTB). Bunday kompleks bir nechta asosiy texnologik operatsiyalarni bajara olishi bilan xarakterlanadi. Bu operatsiyalar bo‘linma tomonidan texnologik, jihoz – uskuna tomonidan konstruktiv va boshqarish orqali tashkiliy jihatlaridan birlashtirilgan va o‘zaro bog‘langan. Operatsiyalar bir turda yoki bir nechta turdagi bo‘lishi mumkin.
Agar turli xildagi operatsiyalar texnologik jihatdan bog‘langan bo‘lsa, bunday kompleks robotlashtirilgan texnologik liniya (RTL) deb ataladi.

      1. Eng sodda RTB bitta qo‘zg‘almas sanoat roboti tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan bir nechta birlik (dona) texnologik jihoz – uskunalarni o‘z ichiga olishi mumkin; texnologik jihoz – uskuna sanoat roboti atrofida joylashtirilishi mumkin; yoki sanoat roboti qo‘zg‘aluvchan, harakatchan bo‘lishi va texnologik jihoz

  • uskunalar bo‘ylab harakat qilishi mumkin.

      1. RTB ning murakkabroq turida u texnologik jihozlarning bir nechta donasini va xizmat ko‘rsatayotgan bir xildagi sanoat robotlarining bir nechta donasini o‘z ichiga olishi mumkin [8].

      2. RTB ning yana ham murakkabroq turida turli xildagi sanoat robotlarining birgalikda ishlashi ko‘zda tutilgan.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin