Vazirligi X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


Komplekslarning joylashtirilishi



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə48/86
tarix07.01.2024
ölçüsü1,66 Mb.
#204883
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020 (1)

Komplekslarning joylashtirilishi.




Komplekslarni chiziqli joylashtirishda jihoz – uskunalar chiziq bo‘ylab (bitta qatorda) joylashtiriladi, hajmli joylashtirishda esa jihoz – uskunalar bir nechta qavatlarda joylashtiriladi.
RTK larni joylashtirishda boshqarishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Markazlashgan boshqarish standart EHM yoki maxsus boshqarish qurilmasi orqali amalga oshiriladi.
Markazlashgan boshqarish o‘zaro koordinatsiyalash maqsadlarida bir – biri bilan bog‘langan mahalliy boshqarish qurilmalari yig‘indisi orqali amalga oshiriladi. O‘zaro koordinatsiyalash deganda ayrim operatsiyalarning boshlanishi va tugallanishi vaqtlarini bir – biri bilan bog‘lash kabilar tushuniladi.
Kombinirlashgan boshqarish markazlashgan boshqarish bilan bir qatorda mahalliy boshqarish qurilmalarining mavjudligini, ishtirokini nazarda tutadi.
Bunday boshqarish sistemalari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  1. Bir darajali (bir ko‘lamli). Bunda markazdan kelayotgan boshqarish signallari hamda mahalliy boshqarish qurilmalari signallari bir darajada (ko‘lamda) kombinirlashadilar.

  2. Ierarxik (ko‘p darajali). Bunda mahalliy boshqarish qurilmalari markazga bo‘ysunadilar.

RTK larning strukturaviy alomatiga ko‘ra bo‘linishi ularning struktura turini va kompleksdagi texnologik jihoz – uskuna bilan sanoat robotining o‘zaro ta’sirini aks ettiradi. Bu alomatga ko‘ra RTK lar quyidagi turlarga bo‘linadilar:

  1. Bir pozitsionli RTK lar (stanok – robot, press – robot va boshqalar). Ular texnologik jihoz – uskuna birligi komplektida bitta sanoat robotini o‘z ichiga oladi.




6.8- rasm. Bir pozitsionli RTK lar:


YoJU-yordamchi jihoz-uskuna; TJU-texnologik jihoz-uskuna; SR-sanoat roboti.

  1. Guruhli RTK lar bitta sanoat robotini o‘z ichiga oladi va bu robot bir xildagi yoki turli xildagi texnologik jihoz-uskunalar guruhiga xizmat ko‘rsatadi.

    1. Yüklə 1,66 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin