Vazirligi X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə46/86
tarix07.01.2024
ölçüsü1,66 Mb.
#204883
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020 (1)

Jihozlar guruhiga xizmat ko‘rsatish jihozni chiziqli, chiziqli – parallel yoki aylana bo‘ylab joylashtirilganda bitta SR tomonidan amalga oshiriladi. Bunda SR yuqorida aytib o‘tilgan operatsiyalardan tashqari stanoklar orasida detallarni
tashish operatsiyalarini ham bajaradi. Xuddi shu bilan birgalikda SR yordamida RTK tarkibiga kiruvchi jihozlar ishini dispetcherlash masalalari hal qilinadi.
Ushbu sxemalarning yana bir boshqa xili ma’lumki, unda bir guruh (dastgoh) stanoklarga bir nechta sanoat robotlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Bunday sxemalarda stanoklar soni SR sonidan ortiq bo‘ladi. Bu esa nafaqat detallarga operatsiyalarning turli ketma-ketligi orqali ishlov berishni ta’minlashi mumkin, balki sanoat roboti tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatish bilan bog‘langan asosiy texnologik jihozning bekor turib qolish vaqtini qisqartirish imkoniyatini ham beradi.
Ishlab chiqarishning seriyali turiga qarab, bunday ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan va jihozlarga guruhli xizmat ko‘rsatuvchi RTKlar uchun asosiy texnologik jihozni yuklashning: har bir stanokning mustaqil ishlashidan tortib, bunday komplekslardan potok liniyalar uchun foydalanishgacha bo‘lgan turli tashkiliy forma (shakl)lari qo‘llanilishi mumkin. Biroq, SRlari guruhli xizmat ko‘rsatadigan RTKlarda ishlab chiqarishning kerakli moslashuvchanligini ta’minlash uchun operatsiyalararo bo‘shliqlar hosil qilish, detallarning ba’zi turlarida ayrim operatsiyalarning bajarmay o‘tkazib yuborish imkoniyatini ta’minlash, qayta ishlov berish tartibini o‘zgartirish kabilarni oldindan nazarda tutish zarur.
SRlari yordamida detallarni stanoklarga mustaqil eltib berish va ularni stanoklararo yetkazib berish (transportlash) masalalari ham hal etilishi kerak.
Payvandlash, bo‘yash, yig‘ish va shunga o‘xshash asosiy operatsiyalarni individual bajarish texnologik yoki universal SRlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday SRlari bazasida turli xildagi yordamchi, transport, yo‘naltiruvchi qurilma va mexanizmlarni o‘z ichiga oladigan RTK tashkil qilinadi.
Bu qurilma va mexanizmlar ishchi robotning dasturiy (programmaviy) boshqarish sistemasi tomonidan nazorat qilinadi.
Asosiy texnologik operatsiyalarini bajarishda SRlarining guruhidan foydalanish deganda tugallangan texnologik jarayonni ta’minlovchi va turli xildagi
(yordamchi, texnologik va universal) robotlarning bir-biri bilan bog‘langan yagona kompleksining qo‘llanilishiga aytiladi.

    1. Yüklə 1,66 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin