Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari


-Mavzu:Ta’limiy va sinov insholari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə28/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
yozma ishlar

7-Mavzu:Ta’limiy va sinov insholari

Taʼlimiy va sinov insholari

Insho belgilangan maqsadga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ta’limiy

insholar va sinov insholari.

Ta’limiy insholar sinfda yoki uyda o‘quvchi tomonidan yozilib,

ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to‘g‘ri bayon qilishga qaratiladi.

Bunday insholarda biror yozuvchi yoki shoir ijodi, asarlari mazmuni,

mavzu doirasi, badiiy ahamiyatini o‘zlashtirish, o‘quvchida fikrlash

ko‘nikmalari, qaror qabul qilish tezligi, voqelikka, shaxslarga, narsahodisaga baho berish malakasini shakllantirish maqsadi qo‘yiladi.

Ta’limiy insholar ham baholanadi, lekin bunday insholar bilimni

aniqlashga emas, bilim berishga yo‘naltiriladi.

Sinov insholari o‘rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho

yozish ko‘nikma va malakalarini sinash hamda baholash uchun

muayyan mavzular tugagandan so‘ng, choraklar yoki o‘quv yili

oxirida nazorat ishi sifatida, davlat attestatsiyalarida, olimpiadalarda,

ijtimoiy-gumanitar sohalarga doir tanlovlarda o‘tkaziladi. Sinov

insholari olingan bilim, ko‘nikma va malakani baholashga xizmat

qiladi.


O‘quvchini kasbga yo‘naltirish, muayyan sohalar haqida

tasavvur va bilim hosil qilish har bir fan o‘qituvchisining burchi


hisoblanadi. Yosh avlodni kasbga tayyorlovchi asosiy omil ona tili va


adabiyot fanlaridagi matnlar, mashqlar va albatta, “Kim bo‘lsam


ekan?”, “Men tanlagan kasb” kabi mavzulardagi dastlabki insholardir.


Insho аrabcha so‘z bo‘lib, “tashkil etish”, “yaratish”, “qurish”,


“barpo qilish”, “ijod”, “bayon” , “tahrir” ma’nolarini anglatadi. Insho


muallifning ma’lum bir mavzudagi bilim va tasavvurlarini, voqelikka


munosabatini, mustaqil fikrini bayon qilish natijasida shakllanadigan


yozma ish turidir. O‘quvchini kasbga yo‘naltirish, muayyan sohalar haqida


tasavvur va bilim hosil qilish har bir fan o‘qituvchisining burchi


hisoblanadi. Yosh avlodni kasbga tayyorlovchi asosiy omil ona tili va


adabiyot fanlaridagi matnlar, mashqlar va albatta, “Kim bo‘lsam


ekan?”, “Men tanlagan kasb” kabi mavzulardagi dastlabki insholardir.


Insho аrabcha so‘z bo‘lib, “tashkil etish”, “yaratish”, “qurish”,


“barpo qilish”, “ijod”, “bayon” , “tahrir” ma’nolarini anglatadi. Insho


muallifning ma’lum bir mavzudagi bilim va tasavvurlarini, voqelikka


munosabatini, mustaqil fikrini bayon qilish natijasida shakllanadigan


yozma ish turidir.


Insho muallif tomonidan ijod etiladi, yaratiladi. Insho yozishda

muallifdan fikr-mulohazalarini faktik material asosida mantiqan


izchil va badiiy jihatdan maqsadga muvofiq tarzda, adabiy til


me’yorlariga amal qilgan holda bayon etish talab qilinadi.


Insho tez fursatda o‘rganiladigan yoki o‘zlashtiriladigan yozma


ish turi emas. Insho yozish ko‘nikmalariga qisqa muddatda ega bo‘lish


qiyin, albatta. Yaxshi, har tomonlama maqsadga muvofiq insho ko‘p


yillik faoliyat mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Avvalo, ko‘p mutolaa


qilish, imlo lug‘atlari, izohli lug‘atlardan boxabar bo‘lish, atroflicha


bilimga ega bo‘lish talab darajasida yoziladigan insholarga zamin


yaratadi.


Insho belgilangan maqsadga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ta’limiy


insholar va sinov insholari.


Ta’limiy insholar sinfda yoki uyda o‘quvchi tomonidan yozilib,


ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to‘g‘ri bayon qilishga qaratiladi.


Bunday insholarda biror yozuvchi yoki shoir ijodi, asarlari mazmuni,


mavzu doirasi, badiiy ahamiyatini o‘zlashtirish, o‘quvchida fikrlash


ko‘nikmalari, qaror qabul qilish tezligi, voqelikka, shaxslarga, narsahodisaga baho berish malakasini shakllantirish maqsadi qo‘yiladi.


Ta’limiy insholar ham baholanadi, lekin bunday insholar bilimni


aniqlashga emas, bilim berishga yo‘naltiriladi.


Sinov insholari o‘rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho


yozish ko‘nikma va malakalarini sinash hamda baholash uchun


muayyan mavzular tugagandan so‘ng, choraklar yoki o‘quv yili


oxirida nazorat ishi sifatida, davlat attestatsiyalarida, olimpiadalarda,


ijtimoiy-gumanitar sohalarga doir tanlovlarda o‘tkaziladi. Sinov


insholari olingan bilim, ko‘nikma va malakani baholashga xizmat


qiladi.

Insholar mazmun-mohiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

1. Adabiy mavzudagi insho ta’lim dasturida qayd qilingan, dars


jarayonida o‘tilgan mavzular asosida yoziladigan, darslar va


darsliklardagi ma’lumotlarga o‘quvchining munosabati, shaxsiy


fikrlari ifodalanadigan, ijodiy yondashuv asosidagi yozma ishdir.


Adabiy mavzudagi inshoda muayyan yozuvchi, shoirning hayoti va


ijodi, qahramonlar xarakteri, fe’l-atvori, faoliyati, taqdiri tahlil


qilinadi, ijodkor faoliyati, asarlariga doir umumiy ma’lumotlar bayon


etiladi, badiiy asar mazmuni, g‘oyasi hamda undagi qahramonlar


xarakterini, taqdirini yoritishda, tahlil qilishda o‘quvchining mustaqil yondashuvi aks etadi. Ijodiy yondashuv, mustaqil fikr inshoning zarur


shartlaridan biridir. Ta’lim jarayonida adabiy mavzudagi insholar


keng qo‘llanadi. Adabiy mavzudagi insholar matn asosidagi insholar,


deb ham yuritiladi.


Adabiy mavzudagi insholardan ona tili va adabiyot darslarida


keng foydalanish, reyting tizimining oraliq va yakuniy nazoratlarini


insho ko‘rinishida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.


Adabiy mavzudagi insholar o‘quvchining badiiy nutqini


rivojlantiradi, unga o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a


singari adabiy tasvir vositalaridan foydalanishni, oddiy so‘zlar bilan


ma’nosi kuchaytirilgan bo‘yoqdor so‘zlarni farqlash va qo‘llay


bilishni o‘rgatadi. Shuningdek, yozuvchi uslubini tushunish, asar


kulminatsiyasi va yechimidagi voqea-hodisalarni anglash, asar


yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini keng, aniq va izchil, erkin ravishda


bayon qilish imkonini beradi.


Adabiy insholardan faqat adabiyot darslarida emas, balki ona tili


mashg‘ulotlarida ham keng foydalaniladi. Bunday insholar yozuvchi


mahoratini aniqlashga, asar qahramonlari olamiga kirishga, ularni birbiri bilan taqqoslab, yaxshilik va yomonlikning tub mohiyatini


anglashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda ona tili qoidalarini,


badiiy uslub xususiyatlarini o‘zlashtirishda ahamiyatlidir. Adabiy


insholar o‘quvchidan badiiy nutq ko‘nikmasini talab etadi. Masalan,


“Ma’nodosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar”


mavzusi

o‘rganilgandan so‘ng o‘quvchilarga yaxshilikni, insonning, ijobiy,

ezgu fazilatlarini ifodalovchi so‘zlarning qarama-qarshi ma’nolilarini


toptirish, ma’lum bir asar misolida “Yaxshi fazilatlar – inson ziynati”


adabiy inshosini yozdirish mumkin bo‘ladi.


Adabiy insholar badiiy adabiyot namunalari asosida yaratiladi.


O‘quvchilar o‘rganilayotgan til hodisalari bilan bog‘liq holda badiiy


asarlar, ulardagi qahramonlar, bayon qilingan qiziqarli voqeahodisalarni tahlil qiladilar, o‘z munosabatlarini bildiradilar.


2. Erkin mavzudagi insho adabiyot fani dasturida qayd


etilmagan, ijtimoiy hayotning muhim masalalari, milliy qadriyatlar,


urf-odat, an’analar, davr mafkurasi, yoshlar faoliyati bilan bog‘liq


axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda yoziladi. O‘quvchining


ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy


dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi, ijodkorlik qobiliyatini, his-tuyg‘ularini namoyon qilishga qaratilgan insholar


erkin mavzudagi insholardir.8


Badiiy adabiyotdan yaxshi xabardor o‘quvchigina erkin mavzuda


qiynalmay insho yozishi mumkin. Erkin mavzudagi insholar mavzusi


va materiallari hayotning turli sohalariga oid bo‘lishi mumkin. Bunday


nazorat turi o‘quvchidan hayotni yaxshi tushunish va bilishni,


voqea-hodisalar haqida yetarli, ilmiy, aniq ma’lumotga ega bo‘lishni,


o‘z fikr-mulohazasini bayon eta olishni, o‘qilgan badiiy asarlar,


teleko‘rsatuvlarni, kinofilmlarni, teatr namoyishlarini muhokama qilib,


mustaqil xulosa chiqarishni taqozo etadi. Shuning uchun erkin


mavzudagi insholar adabiy insholarga qaraganda murakkabdir. Erkin


mavzudagi insho o‘ziga xos kichik nasriy asar bo‘lib, unda


o‘quvchining o‘zligi ko‘proq namoyon bo‘ladi.


Nazoratlarda “Mening sevimli qahramonim”, “Ommaviy


axborot vositalariga munosabatim”, “Ustoz o‘gitlari”, “Vatanga


sadoqat” va shu kabi erkin mavzularda insho yozish mumkin.


Adabiy va erkin mavzudagi insholar bir-biridan, avvalo,


asoslaniladigan manbasi bilan farq qiladi. Adabiy insholarning manbai


adabiy asarlar bo‘lsa, erkin insholarning manbai serqirra hayot,


o‘quvchilarning kuzatishlari va taassurotlari bo‘lishi mumkin.


Umumta’lim jarayonida adabiy va erkin mavzudagi insho


asosida davlat imtihoni o‘tkaziladi.


Mavzu tanlash, asosiy g‘oyani belgilash, material yig‘ish, reja

tuzish, shu asosda to‘plangan materialni saralash, fikrni muayyan


izchillikda bayon qilish, yozilgan matnni qayta ishlash va


takomillashtirish kabi vazifalar barcha turdagi insholar uchun xosdir.


Yuqorida tilga olingan insho turlari o‘ziga xos xususiyatlarga


ega bo‘lib, ular ustida ishlash usullari ham bir-biridan farq qiladi.


Matn yaratishning ham o‘ziga xos usullari, darajalari, yuzaga kelish


sabablari mavjud. Tabiat tasvirini yaratish insonning tashqi qiyofasini


tasvirlashdan tamomila farq qiladi. Har bir insho turining alohida


o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutish lozim bo‘ladi.


Insho mustaqil yaratiladigan o‘ziga xos ijod mahsuli bo‘lib,


o‘quvchi faoliyatining eng murakkab ko‘rinishi hisoblanadi.


Inshoda o‘quvchining o‘zligi namoyon bo‘ladi. Uning tafakkuri,


dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga, o‘zgalarga, jamiyatga


munosabati, axloqiy-ma’naviy saviyasi, mustaqil turmushga tayyorlik


darajasi aks etadi. Boshqacha aytganda, insho o‘quvchining


qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi ko‘zgudir. Bu ko‘zgu orqali u nafaqat


o‘zini ko‘radi, balki boshqalarga o‘zligini tanitadi, munosabatini ifoda





Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin