Xitoy filologiyasi kafedrasi asht leksikologiya fanidan kurs ishi mavzu: “Xitoy va o‘zbek tillarida bog‘lovchilarning qo‘llanilishi”


Xitoytilida bog‘lovchilarning o‘ziga xos Grammatik xususiyatlari



Yüklə 55,55 Kb.
səhifə11/13
tarix14.06.2023
ölçüsü55,55 Kb.
#129754
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3-kurs xitoy tili filologiya silabus

Xitoytilida bog‘lovchilarning o‘ziga xos Grammatik xususiyatlari
Bog‘lovchilar boshqa so‘z turkumlari kabi rivojlanish yo‘llarini ya’ni narsa va
xodisalarni ularning belgilari va xususiyatlari ifodalaydigan mustaqil so‘zlardan,
buyumlar, hodisalar ularning belgi xususiyatlari ortasidagi munosabat, aloqalarni
ifodalaydigan va namoyon qiladigan yordamchi so‘zlarga aylanish yo‘lini bosib
o‘tdi.
Xitoy tilidagi bog‘lovchilarning shakllanish jarayoni asosiy 3ta holati, ya’ni
so‘zlarning avvalgi moddiy ma’nosining yo‘qolishi, so‘zlarni gap bo‘laklaridagi
sintaktik funksiyalarining yo‘qolishi va so‘zlardan sintaktik funksiyali
bog‘lovchilar yasalishi bilan aniqlanadi.
Xitoy tilidagi bog‘lovchilarning shakllanishi ma’lum sintaktik sharoitlarda
sodir bo‘ladi. Bunda bevosita gaplarning strukturasiga bog‘liq holda o‘z shaklini
topadi. Ma’lum turdagi gaplar doirasida paydo bo‘ladi va bunda ma’lum turdagi
bog‘lovchilar shakllanadi.
Zamonaviy xitoy tilida bog‘lovchilar yordamchi so‘z turkumida mustaqil
sinflarni tashkil etadi. Tabiiyki shu bilan birgalikda boshqa sinflardan ajralmagan,
aksincha ular bilan birgalikda o‘zaro harakat qiladi.
Zamonaviy xitoy tilida hamma relyativ semantik va morfologik o‘zgarmaslik
xususiyatiga ega yordamchi so‘zlarni bog‘lovchilar deb hisoblash mumkin. Hamda
murakkab sintaktik birliklar qismlari orasidagi yoki oddiy gap tarkibidagi so‘z
birikmalari, uyushuq so‘zlar o‘rtasidagi turli-tuman aloqalar va munosabatlarni
ifodalaydi va belgilaydi.
Zamonaviy xitoy adabiy tilida bog‘lovchilarning morfologik ifodalanishi,
qo‘shma gaplarda ishlatilishini ochib beradi.
Tuzilishiga ko‘ra klassifikatsiyada bog‘lovchilarning murakkab qo‘shma
gaplarda 4 sinfga: bo‘linmaydigan bog‘lovchilar, bo‘linuvchi bog‘lovchilar
murakkab va frazeologik birlik bog‘lovchilariga bo‘linadi.
Bog‘lovchilarning ma’no bo‘yicha klassifikatsiyasi asosiga ularning semantik
belgilari qo‘yilgan. Shu belgilarga muvofiq bog‘lovchilar murakkab gaplarda
21
9sinfga ya’ni biriktiruvchi, zidlovchi, ayiruvchi, taqqoslash, sabab, maqsad, to‘siq,
shart, qiyosiy bog‘lovchilarga bo‘linadi.
- Bog‘lovchilar xitoy adabiy tilida o‘ziga xos semantik-funksional va shakliy
belgilarga ega bo‘lib, mustaqil sinflardagi yordamchi so‘zlarni alohida leksikgrammatik
kategoriyalarga bo‘linish imkonini beradi.
- Bog‘lovchilar zamonaviy xitoy adabiy tili relyativ ma’noga ega bo‘lib,
morfologik o‘zgarmaslik bilan harakterlanadi.
Oddiy gap tarkibidagi uyushiq so‘z va so‘z birikmalari, yoki murakkab
sintaktik birliklar qismlari o‘rtasidagi turli xil munosabat va aloqalarni belgilaydi
va ifodalaydi.
- Bog‘lovchilar qo‘shma gap tarkibida odatdagi semantik va funksional o‘ziga
xosliklariga ko‘ra, hozirgi xitoy tilida bog‘lovchilar sinf tarkibiga kiradigan 2 ta
asosiy guruhlardan bitta yasaladi.
- Bog‘lovchilar qo‘shma gaplarda morfologik turli-tuman. Ular tuzilishiga
ko‘ra 4 hil turni yasaydi: murakkab, frazalogik birliklardan tashkil topgan
bog‘lovchilar, yasama va alohida(bo‘linmaydigan) bog‘lovchilardir.
- Bog‘lovchilar qo‘shma gaplarda keng ko‘lamdagi turli-tuman ma’nolarni
ifodalaydi. Ular 9 ta semantik guruhga: biriktiruvchi, zidlovchi, bo‘linuvchi,
taqqoslovchi, maqsad, sabab, shartli, to‘siqsiz, qiyosiy bog‘lovchilarga bo‘linadi.
- Bog‘lovchilar gapda mustahkam ma’noga ega bo‘lgan birlik emas balki
grammatik vositalardan biri, ya’ni ular gapda boshqa leksik-grammatik til
vositalari yordamida o‘zini ma’nosini amalga oshirish imkoniga ega.
- Ko‘pchilik bog‘lovchilar qo‘shma gaplarda keng pozitsion imkoniyatlarga
ega. Bu so‘zlarning grammatizatsiyasi katta darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
- Hamma biriktiruvchi bog‘lovchilar, ayiruvchi bog‘lovchilardan tashqari
hamma ergashtiruvchi bog‘lovchilar, ya’ni taqqoslovchi bog‘lovchilarni hisobga
olmagan holda, amalda qo‘llanganda juft birikmalar hosil qilish imkoni bilan
harakterlanadi.
22

Yüklə 55,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin