Yodgorov, Nodir Djalolovich



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)

 
2.4.7.Joyning relefi 
Ayrim nuqtalarning fazodagi o`zaro joylashuvini va ularning sath sirtiga
nisbatan vaziyatini aks ettiruvchi notekislik joyning relefi deyiladi. Joyning relefi 
juda murakkab ko`rinishga ega. Xarita va planda joyning relefi quyidagicha 
tasvirlanadi: 
- qat-qat (gipsometrik) bo`yash yordamida; 
-shtrixlar yordamida; 
-gorizontal chiziqlar yordamida. 
Relefni tasvirlashning gorizontallar usuli eng mukammal usul hisoblanadi. 
Gorizontal usulning nazariy asosi son belgili proyeksiyalar metodiga asoslangan. 
Shuning uchun relef topografik xarita (plan)larda gorizontallar bilan tasvirlanadi. 
Yer sirtining dengiz sathidan bir xil balandlikda joylashgan nuqtalarini 
tutashtiruvchi chiziq gorizontal deb aytiladi. Butun son belgili gorizontallar 0,25 
mm qalinlikdagi chiziq bilan tasvirlanadi (2.12-shakl). Asosiy gorizontallardan 
boshqa yarim gorizontallar ham ko`rsatiladi. Yarim gorizontallar shtrix chiziq


63 
2.12-shakl. 
2.13-shakl. 


64 
bilan chiziladi. Shtrix chiziq zvenosi (chiziqchasi)ning uzunligi 5 mmga intervali 
(chiziqchalari orasidagi masofa) 1mm ga teng bo`ladi.Odatda qo`shimcha 
gorizontallardan ham foydalaniladi. Yarim va qo`shimcha gorizontallar 0,1 mm 
qalinlikdagi chiziq bilan chiziladi (2.12-shakl).
Gorizontallar ikkita chiziq bilan tasvirlangan daryo, anhor, kanallar bilan 
hamda ko`l, dengiz, tepalik, chuqurlik, ochiq kon, ko`cha, qiya yo`llarning shartli 
belgilari bilan kesishmasligi kerak. Bundan tashqari o`simliklarning shartli grafik 
belgilarini shunday chizish kerakki, ular gorizontallar bilan kesishmasin. 
2.13-shaklda joy relefining asosiy ko`rinishlari ko`rsatilgan. Jarlik, tepalik 
va chuqurliklar tasvirining konturiga rodial yo`nalishda oralaridagi masofalar teng, 
uzunliklari bir xil bo`lgan tishchalar (chiziqchalar) chiziladi. Ular asosning 
yo`g’onligi (gorizontaldan boshlangan qismi) 0,3 – 0,4 mm bo`ladi. Jarlikning 
shartli belgisini chizishdan oldin uning chetlari so`ngra qirg’og’i chiziladi, undan 
so`ng tishchalar chiziladi. Jarlikning boshlanishi va oxirida tishchalar uzunligi 
kattalashadi.
Jarlik va suv o`yib ketgan chuqurlik eni 3 m dan 10 m gacha bo`lsa ikkita 
chiziq bilan tasvirlanadi. 3 m dan kam bo`lsa tishchalarsiz qalinlashgan bitta chiziq 
bilan tasvirlanadi.
Jarlik, chuqurlik, tepaliklarning shartli belgilari bilan birga ularning eni va 
chuqurlik (balandlik)larini ko`rsatuvchi yozuv ham bo`ladi.

Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin