2.4.9.Chegaralar Chegaralar grafik tasvirlanishi bo`yicha bir tipli bo`ladi. Ularning shartli
belgisini chizish qalamda chizilgan chiziqni uzunligi bo`ylab teng kesmalarga
bo`lishdan boshlanadi. Davlat chegarasini chizish ikkita paralel chiziqni chizishdan
boshlanadi (2.30-shakl, a). So`ngra bu chiziqlarda zveno(kesma)larning uzunligi va
oraliqlari belgilanadi. Ularning o`lchamlari xarita (plan) masshtabiga bog’liq
holda belgilanadi(2.30-shakl, b). Kesmalar orasi tush bilan bo`yaladi, oraliqlarida
nuqtalar qo`yiladi (2.30-shakl, c).Chegaraning shartli belgisi chegara ustunlarini
bog’lovchi chiziq bo`ylab chiziladi. Agar chegara kanal, daryo, ko`l va hovuz
yoqalab o`tsa, chegara belgisi zvenolari kamida har 4÷5 sm dan keyin chiziladi.
Boshqa predmetlarning shartli belgilari ham yuqorida bayon qilingan
predmetlarning shartli belgilari kabi tasvirlanadi (2.1-jadval).
Takrorlash uchun savollar 1.
Topografik shartli belgilar deb nimaga aytiladi?
2.
Topografik shartli belgilar nimalar bo`yicha guruhlarga bo`lingan?
3.
Shartli belgilarni ishlab chiqishda nimalar hisobga olinadi?
4.
Predmetlarning shartli belgilari ularning nimalarini aks ettiradi?
5.
Predmetlarning shartli belgilarini qanday turlarga bo`lish mumkin?
6.
Masshtabli shartli belgilarga masshtab qo`llab, predmetlarning nimasini o`lchash
mumkin?
7.
Masshtabli shartli belgilarga qanday predmetlarning shartli belgilarini misol
qilib ko`rsatish mumkin?
8.
Masshtabsiz shartli belgilar nimalardan iborat bo`ladi?
9.
Masshtabsiz shartli belgilarga nimalarning shartli belgilarini misol qilib
ko`rsatish mumkin?
10.
Masshtabsiz shartli belgida bosh nuqta deb, shartli belgilarning ko`rinish turiga
bog’liq holda uning qaysi nuqtasi qabul qilinadi?
11.
Masshtabsiz shartli belgilarning uchi magnit strelkasining qaysi tomoniga
qaratib chiziladi?
12.
Tushuntiruvchi shartli belgilarga nimalarni misol qilib ko`rsatish mumkin?
13.
Shartli belgilarni bajarish uchun grafalar chizishda nimalar inobatga olinadi?
14.
Shartli belgilar o`xshash mahalliy predmetlarning turi bo`yicha qanday
guruhlarga bo`lingan?
15.
Tayanch punktlar va yo`nalishni ko`rsatuvchi belgilarga qaysilar kiradi?
16.
Gidrografiyaga oid shartli belgilarga nimalarning shartli belgilari kiradi?
17.
Relef topografik xarita va planda nima bilan tasvirlanadi?
18.
Gorizontallar nimalarning shartli belgilari bilan kesishmasligi kerak?
19.
Shartli belgilarni bajarish uchun chizilgan grafalar qachon o`chiriladi?
20.
Aralash bargli o`rmonni tasvirlashda ularning shartli belgilaridan qaysi biri
oldin qo`yiladi?
21.
Botqoqlik va sho`r tuproq yerlarning shartli belgilaridagi shtrixovka
chiziqlarning vaziyati qanday bo`ladi?