Yodgorov, Nodir Djalolovich


O`simliklar va tuproq (yer)lar



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)

2.4.8.O`simliklar va tuproq (yer)lar 
Pichan (beda o`t) shaxmat tartibida joylashgan vertikal vaziyatdagi ikkita 
parallel chiziqchalar ko`rinishidagi ko`kalamzorning shartli belgisi sifatida 
tasvirlanadi. Belgining o`lchami va ular orasidagi masofa plan masshtabiga 
bog’liq, pichan shartli belgisini chizish uchun qalam bilan grafalar 
(kvadratchalardan iborat to`r) chizib chiqiladi (2.14-shakl, a). Kvadrat chiziqlari 
orasidagi masofa xarita (plan) masshtabiga bog’liq. To`rni tuzishda kerakli 
masshtabda bajarilgan (1:5000) shartli belgilar jadvalidagi belgi o`lchamidan 
foydalaniladi (2.14-shakl, b). Shartli belgilar tush bilan chizib bo`lgandan so`ng
to’r o`chirg’ich bilan o`chiriladi. Shartli belgilarni joylashtirishni tezlashtirish 
uchun shafof materialdan tayyorlangan trafaretdan foydalanish mumkin. 
Yaylov yoki o`tloqning shartli grafik belgisi uchi shimol tomonga qaragan 
va to`g’ri burchak ostida uchrashadigan ikkita chiziqchadan iborat (2.15-shakl). 
Belgilar shaxmat tartibida joylashgan. Belgining o`lchami va ular orasidagi masofa 
plan masshtabiga bog’liq (2.15-shakldagi tasvir 1:5000 masshtabda 
bajarilgan).Belgilarni to`g’ri joylashtirish uchun, diagonallari belgining uchidan 
o`tadigan to`rdan foydalaniladi. Tayyor to`rga chizma perosida tush bilan chizib 
chiqiladi. So`ngra to`rlar yumshoq o`chirgich bilan o`chiriladi. To`r o`rnida 
trafaretdan foydalanish mumkin. 
O`rmon va daraxtzorlar aylanachalar bilan belgilanadi. Uning radiusi 
masshtabga bog’liq. Aylanachalar markazlarining o`rni ko`z bilan chamalab tekis 
(bir xil oraliqda) joylashtirib krontsirkul bilan chiziladi. Aralash bargli o`rmonni 
tasvirlashda ularning ikki turi ko`rsatiladi. Ulardan ko`p uchraydigani belgisi


65 
birinchi qo’yiladi. Belginig o`ng tomoniga daraxtning xarakteristikasi yoziladi. 
Bunda metrda daraxtning o`rtacha balandligi, o`rtacha yo`g’onligi bularning o`ng 
tomonida daraxtlar orasidagi o`rtacha masofa ko`rsatilgan bo`ladi (2.16-shakl). 
Siyrak o`rmon (2.17-shakl,a) kesilgan o`rmon (2.17-shakl,b), yongan 
o`rmon (2.17-shakl, c) va boshqalar shartli belgilar jadvalida berilgan maxsus 
shartli belgilar bilan belgilanadi. Belgilarning o`lchami xarita (plan)ning 
masshtabiga bog’liq 2.17-shakldagi shartli belgilar 1:5000 masshtabda bajarilgan. 
Ko`ygan o`rmonning shartli belgisining pastida to`g’ri burchak ostida joylashgan 
2.14-
shakl. 
2.15-
shakl. 
2.16-
shakl. 


66 
ko`ndalang shtrixi (chiziqchasi) bor. Bu shartli belgilarni ham trafaret yordamida 
chizish mumkin. 
Butazor va changalzor (2.18-shakl) xarita (plan)larda aylanacha va nuqtalar 
bilan tasvirlanadi. Ularning shartli belgisidagi aylanachalar qalamda chizilmasdan 
to`ppadan-to`g’ri krontsirkul bilan tushda chiziladi. Kontur markaziga butazor va 
changalzorlarning turini ko`rsatuvchi belgi qatorida ularning balandligini metrlarda 
ifodalovchi yozuv bo`ladi. Butazor va changalzorlarning shartli belgisi yuza 
bo`yicha teng taqsimlanadi. 
Poliz ekinlari (2.19-shakl) 1:5000 va 1:10000 masshtablarda har xil 
tasvirlanadi: 1:10000 masshtabda parallel shtrix va uzluksiz chiziqlar navbati bilan 
takrorlanadi. Shtrix chiziq qatorning oxiri, uzluksiz chiziqlar esa qatorning soyasi 
hisoblanadi. Bu chiziqlar ko`chaning shartli belgisiga nisbatan 45
0
qiya bo`ladi. 
Poliz ekinlarining shartli belgisi to`r chizmasdan bajariladi. 1:5000 masshtabda
poliz ekinlarning yuzasida shartli belgi chizmasdan “Poliz ekinlari” degan 
tushuntirish yozuvi bo`ladi. Agar bu masshtabda poliz ekinlari katta yuzani 
egallasa, u paytda shartli belgilar konturning ichki cheti bo`ylab chiziladi.
2.17-
shakl. 
2.18-
shakl. 


67 
Bog’lar aylanachalar bilan tasvirlanadi (2.20-shakl). Ularning diametri va 
oralaridagi masofalar xarita (plan) masshtabiga bog’liq. Kontur ichida shartli 
belgilarni joylashtirish uchun bog’ chegarasining uzun tomoniga paralel qilib 
qalam bilan kvadratlar to`ri chiziladi. Kvadratlarning har bir uchini markaz qilib 
aylanachalar chiziladi.
2.19-shakl. 
2.20-shakl. 
2.21-shakl. 


68 
Qarag’at (смородина), maymunjon kabi buta va mevali o`t-alaflar shartli 
belgilari qoraga bo`yalgan kichik aylanachalar (qora nuqtalar) bo`lib ular kontur 
bo`ylab, bog’larning shartli belgilari kabi joylashtirib chiqiladi (2.21-shakl). 
Uzumzorlar 2.22-shaklda ko`rsatilganidek xarita (plan)da maxsus shartli 
belgi bilan tasvirlanadi. 
Sholizor va texnika ekinlar plantattsiyalarining shartli belgilari 2.23-
shaklda ko`rsatilgan. 
Shudgor (haydalgan yer) xarita (plan)da faqat konturi bilan belgilanadi. 
1:5000 masshtabda kontur ichida “shudgor”degan tushuntirish yozuvi bo`ladi 
(2.24-shakl,a); 1:10000 va 1:25000 masshtabda “SH””P” harfi bo`ladi (2.24-
shakl,b). 
Qumlik, sochilgan toshlar, toshloq sirt (2.25-shakl) shartli belgilarning foni 
jigar rang bilan bo`yaladi. Qumlik diametri 0,1÷0,2 mm bo`lgan jigar rangli 
nuqtalar bilan tasvirlanadi. Ular yuza bo`ylab bir xil qo`yib chiqiladi. Past-baland, 
ariqli, ko`chma qumlarning shartli belgilari qalam bilan qo`yiladi. 
Botqoqliklar planda o`tib bo`lmaydigan va qiyin o`tib bo`ladiganlari bir xil 
shartli belgi bilan va o`tib bo`ladigani alohida shartli belgi bilan tasvirlanadi (2.26-
shakl). Shartli belgilar orasidagi masofa plan masshtabiga bog’liq. Chiziqlarning 
yo`g’onligi 0,1 mmdan 0,15 mm gacha bo`ladi. 
O`tib bo`lmaydigan va qiyin o`tib bo`ladigan botqoqliklar uzluksiz 
chiziqlar bilan tasvirlanadi. O`tib bo`ladigan botqoqlikning shartli belgisini 
chizishdan oldin qalam bilan shtrixovka shakli chizib chiqiladi. So`ngra chizma 
janubiy ramkasiga parallel qilib shartli belgilar chizib (belgilangan qismlar 
shtrixovka qilib) chiqiladi. Shtrixovkalarning bo`sh joylariga o`simliklarning 
shartli belgisi chiziladi. 
Sho`r tuproq yerlar ikki xil bo`ladi. O`tib bo`lmaydigan va o`tib bo`ladigan 
(2.27-shakl). Sho`r tuproq yerlarning shartli belgisi botqoqlikning shartli belgisiga 
o`xshaydi. Ularning farqi shundan iboratki botqoqlikning shartli belgilardagi 
shtrixovka chiziqlar gorizontal vaziyatda, sho`r tuproq yerlarning shartli 
belgisidagi shtrixovka chiziqlar vertikal vaziyatda. Shartli belgini chizish bo`yicha 
qo`yilgan talablar, botqoqlikning shartli belgisini chizishdagi kabi bajariladi . 
Qamishzorning shartli belgisi 2.28-shaklda tasvirlangan. Bundagi shartli 
grafik belgini chizish ancha qiyinroq bo`lgani uchun shaklda shartli belgidan 
tashqari bitta shartli grafik belgi kattalashtirilgan masshtabda o`lchamlari bilan 
ko`rsatilgan. 
O`simliklarning shartli belgilari birikmasini chizish grafik materiallarni 
tasvirlashda muhim o`rin tutadi.Chunki hamma vaqt ham bir maydon faqat bitta 
predmetdan iborat bo`lmaydi. Masalan, pichanzorli yerda buta ham bo`lishi 
mumkin. Shu yerning bir qismi botqoqlik, bir qismi sho`r yer bo`lishi mumkin va
h.k. Bunday paytda shartli belgilar kombinatsiyasi qo`llaniladi. Bitta konturda 
botqoqlik, sho`r yer va zaxkashlarni hisoblamaganda uchtadan ortiq bo`lmagan 
shartli belgilar kombinatsiyasiga ruxsat beriladi. Birinchi navbatda siyrak 
grafalarga asosiy shartli belgi chiziladi. Masalan, birinchi pichanzor shartli belgisi 
so`ngra birikma tarkibidagi boshqa predmetlarning shartli belgisini chizish 


69 
boshlanadi. 2.29-shakl,a da normal yerdagi pichanzor. 2.29-shakl,b da sho`r 
yerdagi pichanzor. 2.29-shakl, c da butazorli pichanzorni tasvirlashga misol 
keltirilgan. Agar yerda bir turdagi predmetlar (masalan maysa o`simliklar)ni 
tasvirlash kerak bo`lsa, bunday o`simliklarning shartli belgisi qator bilan qo`yiladi 
(2.29-shakl, d) 
2.24-shakl. 
2.23-shakl. 
2.22-shakl. 


70 

Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin