Tayanch punktlar. Barcha tayanch punktlarning
tayanch nuqtalari
berilgan bo`lib, ularning nomi belgisining o`ng tomonida yoziladi.
2.
Gidrografiya. Xaritografik materialda mavjud bo`lgan barcha suvliklar
hamda gidrografik ob`ektlar: qayiq, parom va shu kabilar bilan o`tadigan joy va
ularning xarakteristikasi, quduqlar va suv manbalari, ko`priklar tasvirlangan,
daryolarning xarakteristikasi, ob`ektlarning nomlari yozilgan bo`ladi.
3.
Aholi punktlari (shahar, shahar tipidagi qishloq, qishloq) .
Xaritografik materialda berilgan barcha aholi punktlari, aholi punkti ichidagi
istirohat bog’i, xiyobon, mevali bog’lar tasvirining yuzasi 1mm
2
dan katta bo`lsa
xaritada ko`rsatiladi. Bundan tashqari aholi punklarining nomlari yozilgan bo`ladi.
4.
Yo`l tarmoqlari . Yo`llar, ko`prik, stantsiyalar, ularning tushuntirish
yozuvlari, yo`llarning xarakteristikasi va shu kabilar ko`rsatilgan bo`ladi.
5.
Releflar . Relef gorizontallari bilan (kesimning balandligi 20 m), jarlik,
chuqurlik, suv o`yib ketgan chuqurlik, jarliklar va shu kabilar tasvirlanadi hamda
ularga tegishli yozuvlar ko`rsatiladi.
6.
O`simliklar, o`rmon va yerlar . Buta o`simliklar, o`tsimon o`simliklar,
o`rmon, botqoqlik, qumliklar tasvirlanadi. O`rmon tasvirlangan yuza 4mm
2
dan
katta bo`lsa yuza bo`yaladi. O`rmon ichidagi yalanglik (ochiq joy)ning tasvirda
yuzasi 10 mm
2
dan katta bo`lsa ko`rsatiladi. Buta o`simliklar tasvirlangan yuza 25
mm
2
dan katta bo`lsa yuza bo`yaladi. Plyajlar qumning shartli belgisi bilan
tasvirlanadi.
7.
Yozuvlar . Har bir xaritada tasvirlangan elementlarning mohiyatiga ko`ra
nomlari guruhlarga bo`lingan holda alohida ro`yxat tuzilgan bo`ladi. Yozuvlar
shrift bilan bajarilib, nomlar chapdan o`ngga, yuqoridan pastga tomon yoziladi.
8.