18
Tajriba aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish (nazorat)
qismlariga bo’linadi. Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki
holat o’yin, mehnat, o’qish kabi faoliyatlarda tadqiq kilinadi. Tadqikot obyektining
aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga
subyektiv ta’sir o’tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga hatto, yo’llovchi savollar
bilan ham yordam bermaslik tajribaning prinsipi hisoblanadi.
Tarkib toptiruvchi tajribada sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish,
shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan malakani, yo’l-yo’riq va usulni
o’rgatish rejalashtiriladi. Tajriba yakka, guruh va jamoa tarzida o’tkazilishi
mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, ko’lami, qancha vaqtga
mo’ljallanganligi, nimalar o’rgatilishi, sinaluvchilarni psixologik jihatdan
tayyorlash oldindan belgilab qo’yilishi shart.
Tekshirish (nazorat) tajribasida tarkib toptiruvchi bosqichda shakllantirilgan
usul, vosita, yo’l-yo’riq, ko’nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasini,
barqarorligini aniqlash, ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil
mustaqil topshiriqlar beriladi. Tekshirish tajribasi orqali tarkib toptiruvchi
eksperimentning samarasi o’lchanadi. Mazkur tajribada ham tekshiruvchi
sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o’tkazish
prinsipi buziladi.
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi tajribalarda yig’ilgan
ma’lumotlar, miqdor-statistik metodlardan foydalangan holda ishlab chiqiladi,
shuningdek, miqdor tahlili o’tkazishga tayyorgarlik ko’riladi. Statistik metodlar
yordamida insonning bilish jarayonlari bilan uning individual-tipologik
xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi va ta’siri (korrelyasiyasi) bilish
jarayonlarining his-tuyg’u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish
amalga oshiriladi. So’ngra miqdorning hamda qo’llanilgan metodikaning
ishonchlilik, aniqlilik darajasi aniqlanadi. Ungacha ham matematik statistikaning
sodda metodlaridan foydalanib ayrim hisoblashlar, masalan, o’rtacha arifmetik
qiymat, miqdorlarni tartibga solish va medianani hisoblash, kvadrat chetga og’ishni
topish va boshqalar amalga oshiriladi.
Hozir injener (muhandis) psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson
psixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar,
shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibernetiklar psixikani programmalashtirishni
nihoyasiga yetkazmoqdalar. Ishlab chiqarishdagi “sun’iy intellektlar”, robotlar,
EHMlar ana shu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: