M adaniyatning falsafiy tnblili m adaniyat va jam iyat m uno- sabatining yana bir tom oni — jahon m adaniyatining xilm a-xilligi, undagi m illiy , etn ik farqlar, o ‘ziga xosliklarining m avjudligi m asalasini chetlab o ‘tolm aydi. Bu kabi o 'z ig a x o s lik la r n in g m a n b a y in i m a d a n iy a tla r shakllanishining tarixiy shart-sharoitlaridan, bosib o ‘tgan y o ‘lidan qidirm oq kerak. Bu o ‘ziga xosliklarda, m a’lum m a’noda, m ada niyatlar shakllangan hududdagi jug‘rofiy muhitning ta ’siri katta b o ‘lishini ham nazardan qochirm aslik kerak. Ayni paytda, turli urug‘, qabilalar, elatlar, xalqlar, millatlar madaniyati hech qachon bir-biridan mutlaq ajralgan holda mavjud bo‘lmaganligini ham unutib boMmaydi. Madaniyatlar o ‘rtasidagi o ‘zaro ta’sir jarayonida har bir milliy madaniyatga o ‘zga madaniyat elem entlari ham kirib keladi. Odatda, m adaniyatlarning bunday o ‘zaro boyishi, ulardagi um u m iy tom onlarning yuzaga kelish jarayoniga baynalm ilallashuv (internatsionallashuv) deb ataladi. Bunday o ‘zaro ta ’sir va o'zaro boyish, jam iyat rivojlanishi tezla- shishi bilan unga m os ravishda o ‘sib boradi. Ayniqsa, XX asrda sanoat, transport va aloqa vositalarida ro‘y bergan buyuk inqilobiy o ‘zgarishlar bu jarayonning yanada tezlashuviga olib keldi va m adaniyatning deyarli barcha sohalarini qamrab oldi. A m m o bu jarayonlarning ziddiyatli ekanligi nisbatan kuchli taraqqiy qilgan m adaniyatlar boshqa m illiy m adaniyatlarni siqib chiqarganligida ko'rindi. Bunday ziddiyat nafaqat ayrim m illiy m adaniyatlar o ‘rtasida, balki jahonning ikki m adaniy qutbiga mansub b o ‘lgan Sharq va G'arb madaniyati o ‘rtasida ham kelib chiqdi.