Zarifa Qurbonova eksperimental psixologiya



Yüklə 292,14 Kb.
səhifə5/36
tarix16.12.2023
ölçüsü292,14 Kb.
#183389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Zarifa Qurbonova eksperimental psixologiya-fayllar.org








9

Tajribaning tashqi sharoiti-yoritilganlik, jimjitlik, harorat, ventilyatsiya va 


boshqalar ham ishning borishiga ma`lum tarzda ta`sir etishi mumkin. SHu bilan birga
tajriba davomida ta`sir etishi mumkin bo`lgan tasodifiy “qo`zg`atuvchilar” ta`siridan 
ham tekshiriluvchini muhofaza qilish zarur. Masalan, qo`shimcha ovoz paydo
bo`lishi, begona kishining kirib kelishi tasodifan biror narsaning tushib ketishi va 
boshqalar. Tadqiqotchi va yordamchilarning bo`lishi ham tekshiriluvchining
ruhiyatiga ta`sir etishi mumkin. 
Tajribaning ichki sharoiti tekshiriluvchiga bog`liq bo`lgan vaqtinchalik holatlar 

hisoblanadi. Ichki sharoitga dastavval tekshiriluvchining ustanovkasi ya`ni


tadqiqotga psixologik tayyorgarligi kiradi. Tekshiriluvchi tajriba davomida 
tadqiqotchining savollariga javob berishga, qo`zg`atuvchi ta`sirini kabul qilishga
oldindan tayyor turishi kerak. Bunday tayyorgarlikning vujudga kelishi eng avvalo 
unga beriladigan ko`rsatmalarga (instruktsiya)ga bog`liqdir. SHuning uchun ham
ko`rsatma aniq, lo`nda va tushunarli qilib berilishi va barcha qatnashchilarga bir xilda 
izohlanishi kerak bo`ladi.
Tadqiqot jarayonida tekshiriluvchi tomonidan butun imkoniyatlarini maksimal 

holatda safarbar etishi talab qilinadi. Masalan, diqqatning hajmini, harakatlarning


maksimal tezligi va aniqligini o`rganishda bu alohida ahamiyat kasb etadi. 
Tekshiriluvchining butun imkoniyatini ishga solishi undagi motivlarning kuchi bilan
bog`liqdir. 
Tajribaning ichki sharoitlaridan biri unga bog`liq bo`lgan qiziqishdir. Agar 

tekshiriluvchi berilgan topshiriqlarni qiziqish bilan bajarsa, natijalar avvaldan


kutilgandek bo`ladi. 
Tekshiriluvchining kayfiyati va umumiy fiziologik holati ham tajribaning 

borishiga ta`sir etuvchi ichki sharoitlardan biridir. Butun tadqiqot davomida


tekshiriluvchining kayfiyati yaxshi bo`lishi, fiziologik holatlarda o`zgarishlar 
bo`lmasligi tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib borilishi kerak. YUqorida ta`kidlab
o`tilgan ichki va tashqi shart-sharoitlarning ta`minlanishi psixologik tajriba 
samaradorligini kafolatlaydi.
Juda ko`p psixologik tajribalarda turli apparatura va priborlardan foydalaniladi. 

Ba`zi tajribalarda moslashtirilgan apparaturalardan foydalanilsa, ayrimlari maxsus


jihozlangan xonalarda olib boriladi. Bajaradigan vazifasiga ko`ra bunday 
apparaturalarni:
a)

tekshiriluvchiga


ta`sir qilishi kerak bo`lgan, 
qo`zg`atuvchi
berishga 
moslashtirilgan;
b) tekshiriluvchining javoblarini yozib olishga moslashtirilgan turlarga ajratish 
mumkin. Masalan, taxistoskop-kichik bir vaqt oraligida tekshiriluvchiga turli
qo`zg`atuvchilarni ko`rsatishga, esteziometr bir vaqtning o`zida terining ikki 
nuqtasiga ta`sir etuvchi taktil qo`zg`atuvchi berishga, xronoskop-vaqtni aniq yozib
olishga moslashgan. Psixologik tajribalarda foydalaniladigan apparatlarning afzallik 
tomonlarini quyidagicha baholash mumkin:
1. Etarli darajadagi aniqlik va ishonchlilik. 
2. Etarli darajadagi mustahkam tuzilmaga ega bo`lish, turli nosozliklarning
bo`lmasligi. 


10

3. Mexanizmning ishlash jarayonida tekshiriluvchiga ta`sir etishi mumkin
bo`lgan holatlarning yo`qligi; 
4. Tadqiq etilayotgan hodisani avtomatik tarzda qayd etib borish imkoniyatining
qulay va osonligi. 
Ayrim psixologik tadqiqotlarni maxsus apparaturalarsiz olib borish mumkin 

emas. Masalan, sezgi, idrok, hissiyotning ifodalanishi va boshqalar. Ba`zi tajribalar


uchun esa apparaturalarning bo`lishi shart emas yoki ular ikkinchi darajali 
ahamiyatga ega. Masalan. eksperementator savollariga og`zaki javob berish kerak
bo`lsa, apparaturaga zarurat sezilmaydi. 
Har qanday psixologik tadqiqot echilishi lozim bo`lgan muammoni 

shakllantirishdan boshlanadi. Muammoning to`g`ri shakllantirish uchun shu fan bilan


yoki uning shu muammoga taalluqli bo`lgan bo`limi bilan yaxshi tanish bo`lishi 
kerak.

Tajribada foydalaniladigan apparaturalarning tekshiriluvchi ruhiyatiga 

ta`siri qanjay bo`ladi? 
Tadqiqot farazi- o`z oldiga kuygan savollarga taxminiy javobdir. Tajriba o`tkazish 

orqali qo`yilgan farazni tasdiqlash yoki inkor qilish mumkin.





Yüklə 292,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin