14
agar aqr va v q q bo`lsa, u holda a Q v q r Q q
Intervallar shkalasini loyihalashtirishda uchta ixtiyoriy operatsiya (amallar)
bajariladi:
a) o`lchov birligi xajmini topish;
b) nol’ (boshlang`ich) nuqtani topish;
v) nol’ nuqtadan boshlab hisob olib boriluvchi yo`nalishni aniqlash.
Intervallar shkalasiga Vekslerning standartlashgan shkalasi, Tersten va
T.Gilford shkalasi misol bo`ladi.
Munosabatlar shkalasini loyihalashtirishda avvalgi shkala xususiyatlari bilan
birga hali o`rganilishi kerak bo`lgan xususiyat yo`q bo`lgan tabiiy nol’ nuqta bo`lishi
kerak. Munosabatlar shkalasi quyidagi muhim xususiyatlarga ega; 1) ob`ektlar sinfi
o`rganilayotgan xususiyatga ko`ra bo`lingan va tartibga solingan bo`ladi; 2) ob`ektlar
sinfi o`rtasidagi teng farqlar, ular belgilangan sonlar o`rtasidagi farqka teng bo`ladi;
3) ob`ektlar sinfiga tenglashtirilgan sonlar o`rganilayotgan xususiyatning ifodalanishi
darajasiga proportsionaldir.
SHkalalashtirishdan eksperimental psixologiyada emas, balki boshqa
maqsadlarda ham foydalanish mumkinmi?
Munosabatlar shkalasida qolgan barcha tiplarga xos bo`lgan operatsiyalarni
amalga oshirish mumkin bo`ladi. Munosabatlar shkalasida xqax ag` o kabi amallar
tatbiq etiladi. Psixologiyada yuqoridagi shkalalar tiplari maqsadga muvofiq holda
tanlanadi va ulardan tadqiqot natijalarini o`lchashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: