uchun vibrogrammaning o'rtasidagi amplitudalami ikkiga bo'lib turuvchi o'q
o'tkaziladi. Shu o'qning eng katta ordinatasi statik solqilik ysI deb qabul qilinadi.
8 .4 .6 . Inshootlar tebranishining konstruksiya elementlari
mustahkamligi va ishlab chiqarish texnologiyasi
jarayoniga ta’siri
Inshoot tebranishi ma’lum chegaraga yetganda,
bu tebranishlar inshootning
o'ziga, ya’ni uning mustahkamligi va ustuvorligiga xavf solishi, ishlab chiqarish
texnologiyasining to'g'ri kechishiga hamda o'sha yerda mehnat qilayotgan
ishchilaming fiziologik holatiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Tebranishlami bino va inshoot mustahkamligiga ta ’siri uni diqqat bilan
ko'zdan kechirish, dinamik kuchlar ta’sirida sinash, sinov natijalari asosida
qayta hisoblash yo'li bilan tekshiriladi. Ana shunday har taraflama tekshirish
asosidagina inshootning mustahkamligi va ustuvorligiga baho berish mumkin.
Inshoot tebranishlarini ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga ta’sirini
bilish uchun konstruksiya ayrim elementlarining
tebranish chastotalari,
amplitudalari va tezlanishlari asboblar yordamida o'Ichab olinadi va bu qiymatlar
mazkur ishlab chiqarish uchun belgilangan me’yoriy qiymatlar bilan taqqoslanadi.
Ayrim ishlab chiqarish jarayonlari uchun ko'p yillik tajribalar asosida
tebranish chastotalari, amplitudalari va tezlanishlarining yo'l qo'yiladigan
qiymatlari
qabul qilingan; tajriba natijalariga baho berish masalasi har bir
xususiy hoi uchun korxona vakillari bilan birgalikda hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: