161
10-bob. KORXONA STRATEGIYASINING SAMARADORLIGI
10.1. Strategik muvofiqlik, miqyos samarasi
Biznes diversifikatsiyasi Yaxshi tanlanganda masshtab samarasi ro„y beradi,
ya‟ni birlik biznesga qaraganda korporativ biznesda variantlar soni ko„proq, shuning
uchun xarajatlar pasayadi. Strategik muvofiqlik,
yaqin bozorlardan foydalanish,
ishlab chiqarish muvofiqligi, korxonaning raqobatbardoshligini oshiradi.
Natijada
2+2=5 effekti yaratiladi.
Aniq ko„rinadiki, turdosh diversifikatsiya yuqori jozibadorlikka ega. U
biznesning samaradorligini oshiradi, tajriba va malakadan
turdosh bizneslarda
foydalanish asosida raqobatbardoshlikni oshiradi, tadbirkorlik
tavakkalchiligini
boshqa bizneslarga diversifikatsiyalash imkonini beradi.
Biznes
texnologiyalaridan
ishlab
chiqarish
quvvatlaridan
funksional
xizmatlardan, turdosh bizneslardan foydalanish orqali masshtab samarasini yaratish
mumkin.
Masshtab samarasi
shundan iboratki, bir necha
bizneslarni markazlashgan
boshqaruvi ularni alohida boshqaruviga nisbatan kamroq xarajatlarni talab qilishga
asoslanadi
12
.
Dostları ilə paylaş: