Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Mustabid mafkuraga qarshi ochiq oshkora kurash



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix21.10.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#65690
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
portal.guldu.uz-BITIRUV-MALAKAVIY IShI

3.2. Mustabid mafkuraga qarshi ochiq oshkora kurash 
Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish 
ostonasida” kitobining yana bir muhim ahamiyatli jihati shundaki, unda 80-yillar 
oxiri. 90-yillar boshlarida O’zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy 
ahvol chuqur tahlil etilib, mavjud muammolar bilan birga bu borada qilinishi lozim 
bo’lgan ishlar mantiqiy izchillikda aks ettirilgan. O’sha murakkab bir davrda 
respublika rahbari jamiyat hayotiga kompleks yondashib, boshqa o’tkir masalalar 
singari sog’liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan, madaniyatning muhim sohasidagi 
muammolariga ham alohida e’tibor qaratgan, ularni samarali hal etish uchun 
dolzarb g’oya va fikrlarni o’rtaga tashlagani uning uzoqni ko’ra bilish qobiliyati, 
bilimi, metindek irodasi va jasurligidan dalolat beradi. 
Ma’lumki, bu davrda oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa hayotiy muhim 
tovarlarning taqchilligi odatiy holga aylanib, aholini ular bilan ta’minlash 
muammolari keskinlashgan edi. Orol dengizining falokati Qoraqalpog’iston janubi 
uchun borib turgan ekologik kulfat bo’lib, endi Orolni qutqarib qolish uchun zudlik 
bilan favqulodda chora-tadbirlar ko’rish talab etiladi. 
Buning ustiga, viloyatlarda, ayniqsa qishloqlarda sog’liqni saqlash ishlari 
o’z holiga tashlab qo’yilgan edi. Bu borada davlatimiz rahbari “Samarqand oblast 
ijroiya komitetining kasalxona va poliklenikalar qurilishiga munosabatini odamlar 


71 
sihat-salomatligiga sovuqqonlik va mas’uliyatsizlarcha munosabatining yorqin 
misoli desa bo’ladi. Bu viloyat kasalxona va poliklenikalar bilan ta’minlanish 
bo’yicha eng so’nggi o’rinda turishiga qaramay, oblast rahbarlari ana shu 
maqsadlar uchun ajratilgan 10 million so’m pulning o’zlashtirilishini barbod 
etishdi. 
Xolbuki, ana shu mablag’lar evaziga 900 bemorga mo’ljallangan kasalxona 
qurish mumkin edi. Xuddi ana shu oblastda bolalar o’limi juda ko’p bo’lishiga 
qaramay, 1979 yildan bo’yon har xil dardga chalingan bolalar davolanadigan 
kasalxona qurilishi nihoyasiga etmay qoldi”. 
Qoraqalpog’iston ASSR, Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo oblastlari va 
boshqa oblastlardagi ish ham talabga javob bermasligini yurtboshimiz ochiq bayon 
qiladi. 
Shuningdek, rahbarimiz bu boradagi vazifalar xususida to’xtalib, 
quyidagilarni ta’kidlaydi: “E’tiborni ijtimoiy masalalarga qaratish haqida gapirar 
ekanmiz, sog’liqni saqlashni yaxshilash birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini 
ta’kidlash zarur. Bu tarmoq moddiy bazasining nihoyatda qashshoq ekanligi ustiga, 
bizda bu soha yaxshi tashkil etilmagan va samarali foydalanilmayotir. Millatning 
zurriyot fondini, hech mubolag’asiz aytish mumkinki, halokatdan saqlab qolish 
uchun keng ko’lamdagi tadbirlarning katta kompleksini amalga oshirish kerak 
bo’ladi. Muammo alla qachon viloyatlar doirasidan chiqib, umumdavlat vazifasi 
darajasiga 
ko’tarildi. 
Ammo 
bu 
sohadagi 
ko’pchilik 
rahbarlarning 
tashvishlanayotganliklari uncha sezilmayotir. Har holda, sog’liqni saqlash 
vazirligidan ham, hukumatdan ham hozirgacha e’tiborga sazovor bo’lgan asosli 
takliflar tushayotgani yo’q. 
Mahalliy va respublika darajasida tibbiy muassasalarni tashkil etishning 
puxta va to’laqonli sistemasini ishlab chiqish, sharoitimizni hisobga olgan holda, 
ilg’or chet el tajribasidan fodalanishimiz kerak. 
Ixtisoslashgan yirik davolash markazlari qishloq va shahar kasalxonalari 
keng shahobchalari bilan qo’shilib, ana shunday sistemaning asosiy bo’g’iniga 


72 
aylanishi kerak. Respublikada bunday sistemani vujudga keltirishga asos solindi. 
Yaqin yillarda kordiologiya markazini, ko’z mikroxirurgiyasi mintaqaviy 
markazini, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazini, urologiya markazi va 
shu singarilarni yaratish mo’ljallangan. 
Shu bilan bir qatorda rayonlar, shaharlar, yirik posyolkalarda keng sohali 
kasalxonalar, poliklinikalar, feldsherlik, akusherlik punktlari, tug’riqxonalarning 
keng shahobchalarini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, joylarda uchatka 
kasalxonalarini qayta tiklash kerak. 
Biz sog’liqni saqlashga mablag’ manbalarini izlab topishga yangicha 
yondashmog’imiz zarur. Sog’liqni saqlashni tashkil etishni sug’urta shakllari 
singari manbalari haqida ham jiddiy o’ylab ko’rish lozim. Bir narsa ravshanki, 
sog’liqni saqlash faqat byudjet mablag’lari hisobiga rivojlana olmaydi. Sog’liqni 
saqlashni rivojlantirishni fondini tashkil etish, unga katta foyda olayotgan 
korxonalar, xo’jaliklar, kooperativlar, jamoat tashkilotlaridan pul o’tkazish 
masalasini tezda hal etish g’oyat muhimdir. 
Yana bir muhim masala. Oila vrachi vazifasini qayta tiklash kerak. Bu haqda 
ko’pdan beri gapirib kelinmoqda. Lekin ko’zga ko’rinarli siljishlar yo’q. Bu 
masalani hal etish, bunday vrachlar tayyorlashni tashkil etish va ularga ish 
sharoitini yaratish” payti kelganligi ta’kidlanadi
1

Aynan o’sha davrlarda Yurtboshimizning aholi salomatligini yaxshilash 
borasidagi tinimsiz izlanishlari, ko’rgan chora-tadbirlari natijasida 300 ming 
bemorga mo’ljallangan kasalxonalar, har smenada 8000 betob bemorni qabul 
qilishga mo’ljallangan poliklinikalar rejaga qo’shimcha tarzda foydalanishga 
topshirilgan edi. 
Bu ishlar yirik tadbirlarning boshlanishi edi. Ular istiqlol yillarida sohada 
erishilgan ulkan yutuqlarimizning poydevori bo’ladi, desak, mubolag’a bo’lmas. 
Ma’lumki, xo’jalik organizmiga mustabid tuzum davrida o’rnashib qolgan 
illatlar O’zbekiston iqtisodiyotiga ham jiddiy zarar etkazar edi. Yo’l qo’yilgan 
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 205-206-
бетлар. 


73 
qo’pol xatolar, nuqsonlar, madaniy xo’jalik yuritish printsiplarining to’g’ridan-
to’g’ri buzilishi natijasida iqtisodiyotning eng muhim yo’nalishlari barbod bo’la 
boshladi.
80-yillarning o’rtalarida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha 
respublika Ittifoqida oxirgi o’rinlardan biriga tushib qolgan edi. Aholi jon boshiga 
milliy daromad O’zbekistonda o’rtacha Ittifoq darajasiga qaraganda ikki barobar 
kam edi. Yurtimiz aholisining mamlakatdagi boshqa mintaqalarga nisbatan moddiy 
va ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlanish darajasidagi farq g’oyat ortib ketgan edi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning mustamlakachilik rejasiga 
ko’ra respublika iqtisodiyoti faqat bir tomonlama, “xom-ashyo” yo’nalishida 
rivojlanishi oldindan belgilab qo’yilgan edi. Natijada respublikada sanoatning xom 
ashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog’liq tarmoqlari ko’proq rivoj topdi. 
Sanoatdagi tayyor mahsulotning salmog’i umumiy mahsulotlarning faqat 25 
foizini, xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish esa o’rtacha Ittifoq darajasining 
faqat 40 foizini tashkil qiladi. Iqtisodiyot tizimidagi va ishlab chiqarishning 
ixtisoslashuvidagi xatoliklar O’zbekistonda ekologik ahvolning ortishiga, moddiy 
va moliyaviy ahvolning yomonlashuviga olib keldi. Sanoat ishlab chiqarishning 
ko’payishi asosan paxta tozalash, yoqilg’i sanoati, resurs sohalari, qora va rangli 
metallurgiya tarmoqlari hisobidan ta’minlandi. Qora va rangli metallurgiya 
tarmoqlarining ulushi 60-65 foizga etdi. Holbuki, mashinasozlik va metallga ishlov 
berish samog’i ko’pi bilan ikki band yuqori ko’tarilib, 16 foizdan ko’proqni tashkil 
etgan edi. Markazning o’ta adolatsiz, faqat o’z manfaatini ko’zlab yuritgan siyosati 
natijasida mintaqalararo nomaqbul aloqalar yuzaga keldi, bunday sharoitda 
O’zbekistondan uning milliy manfaatlariga zarar etkazgan holda ko’proq 
miqdordagi xom ashyo va chala mahsulotlar olib ketilardi. Chetdan esa asosan 
asbob-uskunalar va tayyor buyumlar keltirilar ediki, bu boshqa ittifoqdosh 
respublikalar bilan o’zaro munosabatlarda ziddiyatlarni chuqurlashtirar, joylarda 
ijtimoiy, milliy tanglikni vujudga keltirardi. 


74 
Davlatimiz rahbari respublikaga rahbar bo’lib tayinlangan kundanoq aholi 
salomatligi, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va sport ishlariga muhim e’tibor 
qaratdi. Chunki, respublikada ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: sog’liqni saqlash, 
xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og’ir ahvolga tushib qolgan 
edi. Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan edi. 
Insonning har tomonlama uyg’un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy 
rivojlanishi u yoqda tursin, ko’pincha yashash uchun kerak bo’lgan eng oddiy 
narsalar ham etishmayotgan edi. 
Yurtimizda ilm-fan rivojiga ham muhim e’tibor qaratildi. Respublikamiz 
ilm-fani ham boshqa sohalar kabi Markaz manfaati va mafkurasiga xizmat qilar 
edi. Markazdan bo’lgan tinimsiz tazyiqlarga qaramay, 80-yillarning ikkinchi 
yarmida O’zbekiston ilm-fanida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. O’zbekiston 
Fanlar akademiyasi, oliy o’quv yurtlari tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari 
ilmiy laboratoriyalar o’z faoliyatini takomillashtirishga harakat qila boshladi. Bu 
davrda tabiiy va ijtimoiy fanlar bo’yicha jiddiy izlanishlarga qo’l urilayotgan edi. 
Xususan, 1987 yilda Toshkent viloyatining Parkent tumanida nihoyatda noyob 
ilmiy-ekspremental majmua - “Bizerkal optika” – energetika qurilmasi 
foydalanishga topshirildi. 
Ayniqsa, astronomiya sohasida katta ishlar amalga oshirildi. 80-yillarning 
o’rtalaridan boshlab Astronomiya instituti olimlari frantsuz olimlari bilan 
hamkorlikda Quyoshning global tebranishini tadqiq etish sohasida Yu.Solonnim, 
I.Sattorov, Z.Korobova, Sh.Egamberdiev kabi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi. 
1986-yilda esa yuksak energiyali astrofizika bo’limi tashkil qilindi, unda gamma-
astronomiya sohasida tadqiqotlar o’tkazish ishlari boshlab yuborildi. Shunigndek, 
biologiya, kibernetika, yadro fizika, kimyo va meditsina fanlari sohalarida ham bir 
qator muhim va dolzarb muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. 
Islom Karimov 
respublika rahbari bo’lib faoliyat boshlashi bilan falsafa, 
tarix, ayniqsa, Vatan tarixini o’rganish, uning uslubiyotiga, “oq dog’lari”ga doir 
masalalar faol muhokama etila boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va 


75 
shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal etishga 
intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag’ishlangan ilmiy, ayniqsa publistik 
maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. 
Biroq, kommunistik mafkura yakka hokimligi sharoitida mazkur masalalarni 
to’liq hal etish mumkin emasdi. Mustabid tuzum milliy o’zlikni anglash jarayoniga 
tish-tirnog’i bilan qarshilik ko’rsatar, jamiyatdagi mavjud ziddiyatlar, nuqsonlar, 
illatlar aslida mustabid sovet tuzumi, kommunistik mafkura yakka hokimligi 
tufayli yuzaga kelayotganini yashirishga, niqoblashga urinar edi. 
Ilm-fandagi bunday vaziyatni ko’ra olgan Yurtboshimiz dastlabki 
oylardayoq bu soha rivojiga va uning xalqimiz, yurtimiz manfaatlari uchun xizmat 
qilishiga muhim e’tibor qaratdi. 1989 yil 28 noyabrda O’zbekiston fanlar 
akademiyasida bo’lib o’tgan uchrashuvda so’zlagan nutqida I.A.Karimov ilm-fanni 
yuksaltirish borasida mavjud muammo va vazifalarga atroflicha to’xtalib o’tdi. 
Unda fan sohasidagi kadrlarni jadal etishtirish va yoshartirish uchun, intellektual 
imkoniyatlarni keskin darajada oshirish uchun respublika rahbariyati zarur 
mablag’larni, jumladan, valyuta mablag’larini ajratishga, tegishli tashkiliy 
masalalarni hal qilishga tayyor ekani ta’kidlandi. 
Bu borada respublika rahbariyati tomonidan 1990 yildan boshlab mamlakat 
va chet ellardagi katta ilmiy markazlar doktoranturalaridan va stajirovka o’tash 
uchun yosh olimlarimizga 100 ta o’rin ajratish masalasini SSSR Fan va texnika 
davlat komiteti oldiga qo’yilishi ulkan amaliy tadbirlarning debonchasi edi. 
Mazkur taklifda biotexnologiya, malekulyar genetika, robototexnika, sistemasi, 
mashinasozlik texnologiyalari, demografiya iqtisodiyoti kabi sohalarda, fan 
texnika taraqqiyotining boshqa asosiy yo’nalishlarida ilmiy kadrlar tayyorlash 
ko’lamini kengaytirish masalasi ham ilgari surilgan edi. Unda ilm-fan yutuqlarini 
amaliyotga tadbiq etish, qolaversa olimlar faoliyatini respublika xo’jaligi 
taraqqiyoti uchun ustuvor bo’lgan sohalarga yo’naltirish belgilab berildi. 
Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun oliy 
maktabning, hatto, umumta’lim maktablarining faoliyati takomillashtirilishi 


76 
rejalashtirildi. Ushbu rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi 
vazifalar belgilandi:

Iste’dodli va iqtidorli yoshlarni izlab topish, qo’llab-quvvatlash 
hamda ularning qobiliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-
sharoitlarni yaratish; 

Maxsus respublika fondini tashkil etish hamda iqtidorli bolalar uchun 
maktablar va internatlar tarmog’ini vujudga keltirish, yosh olimlar 
uchun turli mukofotlar ta’sis etish; 

Fanni mablag’ bilan ta’minlash muammolarini puxta ishlab chiqish, 
yangi institutlar tashkil etish, mavjud institutlarni o’zgartirish; 

Suv muammolari va atrof-muhitni muhofaza qilish instituti va boshqa 
bir qancha institutlarni tuzish; 

Respubdikada 
uzog’i bilan 2010 yilgacha ilmiy siyosat 
kontseptsiyasini 
hamda 
O’zbekistonda 
fan 
va 
texnikani 
rivojlantirishning tegishli dasturini ishlab chiqish. 
O’zbekiston rahbari jamiyat taraqqiyotida olimlarning o’rni masalasiga 
to’xtalib o’tar ekan, “Hozir har bir olim, ayniqsa, jamiyatshunos olim o’z ilmiy 
faoliyatini respublika muammolariga, o’z xalqi va butun mamlakatimiz taqdiriga 
muvofiqlashtirishi lozim. Ravshanki, bunday intilish jamiyatshunos olimlar ilmiy 
va ijtimoiy faoliyatining birligi xarakterini, ularning respublika ijtimoiy hayotidagi 
amaliy ishtirokini belgilab berishi kerak”
1
, deb ta’kidlash bilan birga, ilmiy 
xodimlar o’z fikrlarini erkin, mas’uliyat bilan ifoda etishlari uchun sharoit yaratish, 
ularning ijodiy va ijtimoiy faolligini rag’batlantirish, ilmiy tadqiqotlarni bajarish 
uchun davlat buyurtmalarining tanlov sistemasini shakllantirishni ham bayon etdi. 
Prezidentimiz I.A.Karimovning yurtimiz uchun o’ta og’ir yillarda keskin 
muammolar girdobida turib, O’zbekistonning kelajagini aniq tasavvur qilgan holda 
ilgari surgan g’oya va dasturlari uning Vatanimizning yorug’ istiqboliga qanday 
buyuk ishonch bilan qaraganidan yaqqol dalolat beradi. 
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 89-бет. 


77 
Prezidentimiz respublika rahbarligiga tayinlangan dastlabki kunlaridanoq 
yurtimizning madaniy qadriyatlarini tiklash va rivojlantirish vazifasini o’z oldiga 
maqsad qilib qo’yadi. 
Sovetlar 
hukmronligining 
so’nggi 
o’n 
yilliklarida 
O’zbekiston 
madaniyatining rivoj topishiga madaniyat va san’at sohasini moddiy-iqtisodiy 
jihatdan ta’minlashda
yo’l qo’yilgan jiddiy xatolar ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. 
Xususan, 1940 yildan boshlab surunkali ravishda mazkur soha uchun davlat 
byudjetidan mablag’ ajratish kamayib bordi: 1940 yili respublika aholisi talab-
ehtiyojlari uchun ijtimoiy-madaniy tadbirlar va fanning rivojiga sarflangan 
harajatlar respublika byudjeti umumiy harajatlar qismining 67,9 foizini tashkil 
etgan bo’lsa, 1980 yilga kelib 46,9 foizini tashkil etdi.
1
Fan va madaniyat uchun 
ajratilgan mablag’ning muntazam kamayib borishiga sabab davlatning bu soha 
uchun mablag’ ajratishni istamaganidan emas, balki Sovet davlatining iqtisodiy 
ahvoli tobora yomonlashib borayotganidan dalolat edi. Ayniqsa, bu 80-yillarning 
ikkingchi yarmiga kelib holat keskin tus ola boshladi. 
Shunday bo’lsa-da, mustabid tuzum o’zining mafkuraviy cheklashlaridan, 
kommunistik g’oyaga zid bo’lgan qarashlarga murosasiz bo’lishdan voz kechmadi. 
Aksincha, ijtimoiy-iqtisodiy turg’unlik yillarida sobiq Ittifoqda qiyosiy 
aqidaparastlik yanada kuchaydi. Bu yillarda musulmonchilik va millatchilikning 
barcha ko’rinishlari yana bir karra “eskilik sarqiti” sifatida qoralandi. Bunday hol, 
ayniqsa 80-yilning o’rtalarida, davlat va jamoat arbobi, O’zbekiston Kommunistik 
Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin