Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


edim. Emishki, Amir Temur yarim jahonni zabt etib, olis o’rmon qabilalariga



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix21.10.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#65690
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
portal.guldu.uz-BITIRUV-MALAKAVIY IShI

edim. Emishki, Amir Temur yarim jahonni zabt etib, olis o’rmon qabilalariga 
borib etibdi, xullas, ularni ham o’ziga bo’ysundiribdi. Qaysar va jangari, ozod 
va samimiy bu qabila boshlig’i chorasizlik tufayli, Temurga qurollarini 
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 220-221-
бетлар. 
2
Ўша манба, 220-221-бетлар. 


55 
topshirar ekan, quyidagi gaplarni aytibdi: “Ey, Amir! Sen bizni qurol kuchi 
bilan enga olding. Biroq senga aytadigan shartlarimiz bor. Agar sen qassob 
bo’lsang, bizni so’yib tashla, agar sen savdogar bo’lsang, sotib yubor, agar 
podsho bo’lib kelgan bo’lsang – bizga baxt ato et!”. 
Bu rivoyatning sinfiy, tarixiy yo’nalishi ayni chog’da bizni qiziqtirayotgani 
yo’q. Bu hikoyatda ajoyib bir hikmat barq urib turibdi. Ya’ni elga peshvoman, deb 
o’rtaga chiqdingmi, unging ishonchini qozondingmi – bu ishonchni endi asl vijdon 
bilan, pokiza faoliyat bilan oqlamoq kerak bo’ladi. Bu talabni eskichasiga aytsa–
mi, yangichasigami – baribir, mohiyatini bir xil bo’lib qolaveradi. Ya’ni xalq 
vakili xalqning posboni, xalq rahbari bo’lib, xalqning issiq-sovug’idan xabardor 
bo’lg’uvchi sirdoshiga aylanishi shart”
1

Tarixga munosabat masalasida kommunistik qarash, sinfiy yondashuv hali 
o’z ta’sirini yo’qotmagan bir sharoitda sovetlarning yuqori minbardan turib 
Sohibqiron bobomiz nomini tilga olish, yuritish rahbar odamdan chinakam jasorat, 
ayni paytda, ulkan tafakkur va donishmandlik fazilatlarini talab etishini anglash 
qiyin emas. 
1990 yil 20 iyunda bo’lib o’tgan O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 2-
sessiyasida Mustaqillik dekloratsiyasi qabul qilindi. U 12 bo’limdan iborat bo’lib, 
unda milliy armiyani shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan ayrim bandlar 
quyidagilardan iborat edi: 
1. O’zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z 
hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho 
hokimligidir. 
2. O’zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi dahlsiz va bu hudud 
xalqning muhokamasiga qo’yilmay turib, o’zgartirilishi mumkin emas. 
3. O’zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha 
tarkibiy va bo’linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda 
yashaydigan aholiga taalluqlidir va h.k. 
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 127-бет. 


56 
1991 yil 25 avgustdagi O’zbekiston SSR Prezidentining Farmoniga ko’ra: 
1. Respublika hududida joylashgan SSSR IIV va Davlat Xavfsizligi komiteti 
O’zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi; 
2. Respublika va uning fuqarolari xavfsizligini, manfaatlarini muhofaza 
qilishni nazarda tutadi. 
3. Respublika hududi joylashgan SSSR IIVning ichki qo’shinlari bevosita 
O’zbekiston SSR Prezidentiga bo’ysundirildi
1

4. O’zbekiston SSR IIV, DXQ, prokuraturasi va adliya organlari, 
shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy 
okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan holi qilindi va h.k. 
Prezidentning bevosita ko’rsatmasi bilan respublika IIVning mas’ul 
lavozimlariga malakali mahalliy kadrlar qo’yildi. Tizim rahbarligi xalq taqdiriga 
befarq bo’lmagan, uning orzu-armonlari bilan yashaydigan kishilar qo’liga 
o’tgach, ishda jiddiy ijobiy o’zgarishlar yuzaga keldi. Uyushgan jinoyatchilik, 
bosqinchilik, avtomashinalarni olib qochish singari o’nlab jinoyatlarning payi 
qirqildi. Sobiq Ittifoq hududida avj olib ketgan avtomashina o’g’irligini oladigan 
bo’lsak, agar 1990-1991 yillarda bir kunda o’rtacha 154 jinoyat rasmiy ro’yxatga 
olingan bo’lsa, ayni masalada Prezidentimiz ko’rsatgan qat’iyat tufayli 1992 yilga 
kelib bir yilning ichida bunday bemazagarchiliklarga chek qo’yildi. 
Bu tadbirlarning huquqiy asosi bo’lib esa 1990 yil 31 oktyabrda Prezident 
imzolagan “militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni 
kuchaytirish to’g’risida”gi O’zbekiston SSRning Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 
1991 yil 25 oktyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining IIV 
to’g’risida”gi 270-sonli qarori xizmat qildi. Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi 
bilan IIV faoliyatiga doir eng muhim masalalar o’z echimini topdi. Ularda ichki 
ishlar xodimlarining asosiy vazifalari, huquq va burchlari aniq ko’rsatib berildi, 
ivtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish choralari belgilandi. Har bir 
mansabdor shaxsning huquq va mas’uliyati alohida ko’rsatilib, vazirlikning yangi 
1
Ўша манба, 370-371-бетлар. 


57 
strukturasi tasdiqlandi. Eng muhim – bu tizim faoliyatini moliyalash, xodimlarga 
unvonlar berish va lavozimlarga tayinlash respublika ixtiyoriga olindi. Shu tariqa 
yurtimiz ichki ishlar tizimi o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi.
1984-1989 yillarda “O’zbekiston sotsialistik qonunchilikni tiklash” shiori 
ostida respublika huquq-targ’ibot idoralarining barchasiga Markazdan minglab 
odamlar jo’natildi. Bu idoralar orasida shaxsiy tarkibi, harakatlanish hududi va 
ta’sir kuchi nuqtai nazaridan eng yirigi hisoblangan. O’zbekiston SSR IIVga sobiq 
Sovetlar mamlakatidan hamma bo’lib 150 ta xodim keldi. Yillar bo’yicha 
qaraydigan bo’lsak, 1984 yilda 5 ta, 1985 yilda 33 ta, 1986 yilda 86 ta, 1987 yilda 
27 ta, 1988 yilda 2 ta, 1989 yilda 3 ta “osoyishtalik posboni”, birovdan so’rab-
so’ramay, O’zbekistonga “tashrif buyurgan”. Bu “kutilmagan mehmonlar”ning 
asosiy maqsadi – sotsialistik qonunchilikni ta’minlash emas, balki o’zbek xalqini 
taxqirlash evaziga xizmat pillapoyalaridan ko’tarilish edi
1
.
O’zbekiston SSR IIV tarkibida ishlagan shovinistik kayfiyatdagi bu kishilar 
o’zlari kabi prokuratura va sud tizimiga tushirilgan “desantchi”lar bilan til 
biriktirib, bir xil siyosat yuritishgan. Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi “desant” 
amalga oshirilgan qonxo’r tergovlar qancha-qancha insonlar, butun-butun oilalar 
boshiga cheksiz xo’rlik, kulfatlar keltirgan edi. 
Islom Karimovning 1990 yil 5 iyunda O’zbekiston Kompartiyasining XXII 
s’ezdida “O’tmishdan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan” degan mavzudagi 
ma’ruzasida quyidagi muhim holat va vazifalar qaytd etildi: 
1. O’tmishning asosiy saboqlari. 
2. Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 
3. Ma’naviy siyosiy vaziyat va uni barqaror qilish choralari. 
4. Samarali mustaqil iqtisodiyot uchun kurashish. 
5. O’zbekiston SSR siyosiy suverenitetini ta’minlash. 
6. Jamiyatning ma’naviy va axloqiy sog’lomligi uchun javobgarlik. 
1
Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 152-153-бетлар. 


58 
“Mustaqillik davrida yosh davlatimiz, unga qudratbaxsh etuvchi zaxmatkash 
xalqimiz davlat va jamiyat qurilishining turli jabhalarida beqiyos yutuqlarni qo’lga 
kiritganini g’urur bilan ta’kidlab o’tish mumkin. Dunyo xaritasida yangi, o’z 
ovoziga, o’z o’rniga ega bo’lgan mustaqil O’zbekiston davlatining paydo 
bo’lganini hozir hech kim, hatto g’animlarimiz ham inkor eta olmaydi. O’tgan davr 
ichida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda erishgan yutuqlarimizning 
eng birinchi, eng asosiy omili bu mamlakatimizda o’rnatilgan tinchlik-xotirjamlik, 
millatlararo totuvlik, mamlakat xavfsizligini saqlash borasidagi chora-tadbirlar 
bo’ldi, deb ishonch bilan ayta olamiz. Chunki faqat tinchlik bo’lgan 
mamlakatdagina siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish mumkinligini tarix ham, o’tgan kunlari ham isbotlab qilib turadi. Ammo 
mustaqillikning asl mohiyatini tushunish, uning qadriga etish uchun hozirgi kunda 
faqat yutuqlarimiz to’g’risida gapirish kifoya qilmaydi. Mustaqillikka qonsiz, 
qurbonlarsiz erishgan bo’lsak-da, aytish joizki, mustaqillikning yuki og’ir. Bu 
yukni 
ko’tara olish, mustaqillikni saqlab qolish naqadar og’irligini 
qo’shnilarimizning taqdiri isbot etib turibdi. O’zingiz o’ylab ko’ring, sarxatlari va 
xavfsizligini himoya qilishda boshqa davlat qurolli kuchlariga muhtoj 
mamlakatlarning to’la mustaqilligi haqida gapirish mumkinmi? 
O’zbekistonni o’z ta’sir doirasiga kiritshni istagan va buning uchun barcha 
nayranglarni, qolaversa, harbiy kuchni ham ishlatishga tayyor bo’lgan kuchlar 
qurshovida Vatanimizning mustaqilligini saqlash uchun behisob qiyinchilik va 
iztiroblarni boshdan kechirishga to’g’ri keldi. Ayniqsa, hozirgi kunlarda butun 
jahondagi eng tahlikali mintaqlardan biri bo’lgan bizning mintaqamizda tinchlik va 
xavfsizlikni ta’minlash uchun qanchalik oqilona siyosat yurgizish kerakligini, 
sabot va matonat zarurligini hayotning o’zi isbot etayapti”. 
“Mustaqil bo’lsang – mustaqil bo’l! Davlat bo’lsang – davlat bo’l!” 
Prezidentimiz aytgan bu so’zlar uning mamlakatimiz taqdiri, kelajagi haqidagi 
tashvishli o’ylarning qisqa va ma’nodor ifodasi bo’ldi, desak yanglishmaymiz. Bu 
borada mustaqillikni e’lon qilish bilan kifoyalanib bo’lmasligi, uni saqlay bilish, 


59 
buning uchun esa o’z xalqini ichki va tashqi dushmanlardan himoya qila olish, 
uning tinch-totuv yashashiga imkoniyat yaratish, o’z sarhatlarini himoya qilish, 
mudofaa qudratini ta’minlash zarur ekani haqidagi fikr mujassam. 
Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida bo’lib 
o’tgan xalqaro anjumanlarning birida Amerikalik siyosatshunos olim Gleb Xovard 
O’rta Osiyo davlatlarining ichida faqat O’zbekistongina o’zining chegaralarini turli 
ekstremistik xurujlardan himoya qilishga qodir bo’lgan yagona davlat ekanini 
ta’kidladi. Aslida, uning so’zlari turli davlat rahbarlari va siyosatshunoslari kelgan 
umumiy bir xulosaning xolis ifodasi hamdir. 
Prezidentimizning uzoqni ko’zlab, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan 
boshlab mudofaa masalalariga katta ahamiyat bergani sabablarini va bu aslida 
hozirgi kundagi mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligining garovi 
bo’lganini tushunib etish qiyin emas. O’sha vaqtlarda mustaqillikka erishgan 
qo’shni davlatlar o’z yigitlarini harbiy xizmatga chaqirsa-da, ularning harbiy 
xizmatni o’tashi uchun tayyor garnizon, qurol-aslaha, harbiy texnikasi yo’qligi, 
hattoki askarlar oddiy yotoq bilan ta’minlanmaganligi sababli harbiy biletlarga 
go’yoki xizmatda deb muhr bosib, bir ikki oy uyda ko’rinmaslik sharti bilan qo’yib 
yuborilgani ma’lum. Bundan tashqari, qo’shnilarimiz sho’rolar davridan qolgan 
texnika va qurol-yaroqlarni bir kunlik foydani o’ylab arzon baholarga xorijiy 
mamlakatlarga yoki turli firmayu kompaniyalarga sotib yuborib, tang ahvolda 
qolgani ekstremistik guruhlarning hurujlari paytida yaqqol sezilib qoldi. Buning 
aksi o’laroq, bizning yurtimizda mahalliy harbiy qadrlarni tayyorlash masalasi 
doimo Yurtboshimizning diqqat markazidagi ustuvor masala bo’lib kelmoqda. 
Prezident tashabbusi bilan Toshkent, Samarqand, Farg’ona va Urganch 
shaharlarida harbiy mutaxassislarga tayyorlaydigan litseylar tashkil etildi, Qurolli 
Kuchlar akademiyasi, Toshkent umumqo’shin komandirligi, Samarqand 
avtomobilchi komandir-muhandislar, Chirchiq tankchi komandir-muhandislar, 
Jizzax havo kuchlari (aviatsiya) oliy harbiy bilim yurtlari, Toshkent axborot 
texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti 28 yo’nalishdagi harbiy 


60 
mutaxassislik bo’yicha malakali zobit kadrlar tayyorlab kelmoqda. 1990 yilda 
mahalliy zobitlar harbiy kadrlarning bor-yo’g’i 0,6 foizini tashkil qilgan bo’lsa, 
hozirda ularning soni 80 foizga etgani shu borada amalga oshirilgan keng ko’lamli 
ishlarning mevasidir. 
Tarixan qisqa davrda bunday ulkan natijalarga erishish oson kechmadi, 
albatta. Bunga ishonch hosil qilish uchun bundan 20-22 yil avvalgi vaziyatni eslab 
o’taylik. XX asrning 80-yillarining oxiri 90-yillarning boshlarida hali Sovet Ittifoqi 
mavjud bo’lgan va Markazda qanday bo’lmasin Ittifoqni saqlab qolishga harakat 
ketayotgan bir vaqtda buning eng kuchli vositalaridan biri sho’ro harbiy kuchlari 
hisoblanar edi. O’sha davrlarda Ittifoq bo’yicha eng ko’p harbiyga chaqiraladigan 
yigitlar ayni bizning O’zbepkistonda bo’lgani ko’pchilikka ma’lum. Har yili 320 
ming nafarga yaqin yigitlarimiz sho’ro qurolli kuchlariga xizmatga chaqirilar edi. 
Shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki, o’sha davrlarda o’zbek yigitlari nafaqat 
hayotning boshqa jabhalarida, balki qurolli kuchlar safida ham kamsitilar edi. 
Ya’ni yigitlarimizning aksariyat qismi harbiy xizmatga chaqirilish bahonasida 
qurilish batalonlariga jalb etilardi. Ular ikki yil davomida harbiy texnikani 
ko’rmay, qurolni bir marta bo’lsa-da qo’lida tutmay, mardikorlik bilan 
shug’ullanib qaytar edi. 
Bu siyosat aslida Birinchi jahon urushi davridagi chor Rossiyasi qo’llagan 
mardikor olish siyosatini davomi edi. Chor Rossiyasi faqat urush vaqtida 
mardikorlikka safarbar etgan bo’lsa-da, sho’rolar davlati tinch davrda ham harbiy 
xizmat bahonasida yigitlarimizdan tekin ishchi kuchi sifatida foydalanib keldi. 
Bunday siyosatni oqlash maqsadida Markazdagilar asossiz bahonalarni ro’kach 
qilar edi. Masalan, yuridik fanlari doktori Galina Litvinovaning matbuot orqali 
o’zbeklarni harbiy-tarixiy tajribaga ega bo’lmagan millat, deb baholashining o’zi 
bizga bo’lgan munosabatning ro’y-rost, oshkora ko’rinishi emasmi?! Vaholangki, 
Afg’onistondagi urushga safarbar qilingan askarlarning ko’pchiligini o’zbek 
yigitlari tashkil etgan. Demak, urush davrida o’zbeklar harbiy xizmatga loyiq edi-


61 
yu, tinch davrda faqat mardikorlikka yaroqli bo’libdi-da? Bu ham sho’rolar 
shovinistik siyosatining ko’rinishlaridan biri edi
1

Taniqli olim A.Azizxo’jaev o’zining “Chin o’zbek ishi” asarida ta’kidlab 
o’tganidek, “Afg’on urushi davrida eng ko’p temir tobutlar O’zbekistonga kelgan 
edi. Urush, tabiiyki, qurbonsiz bo’lmaydi. Lekin, achinarlisi shundaki, afg’on 
urushi tamom bo’lsa-da, tinch davrda ham O’zbekistonga kelayotgan temir 
tobutlarni oqimi to’xtamadi. Faqat 1989 yilning o’zida O’zbekistonga 430 ta 
tobutni kelgani fikrimizning dalilidir. 1990 yillarda ham bu dahshatli jarayon 
davom etdi. Bu haqda yozuvchimiz O’tkir Hoshimov KPSS s’ezdining (1990 yil 
iyunda) minbardan turib, so’nggi yarim yilning o’zida 300 ga yaqin o’zbek 
xonadoniga harbiydan tobutlar kelganini oshkora aytganida, uning gaplari 
bo’htonga chiqarilgan edi. Buni isbotlash maqsadida tuzilgan maxsus komissiya 
“masalani o’rganib”, O’zbekiston vakilining 40 kishiga ayta oldi, xolos. Mayli, 
shunday ham bo’lsin. Ammo o’ylab ko’ring, tinch davrda 300 ga yaqin o’zbek 
xonadoni “o’g’lim er yigit bo’ldi”, deb endi kuchga to’lgan, orzu- umidlari bisyor 
o’g’lonlarini orzu- havas bilan harbiyga yuborib, ko’p o’tmay ularning jasadini 
olgani o’sha davrning eng dahshatli haqiqati emasmi?.. Hatto, Kosovo urushida 
ham qurbonlarning soni bunchalik ko’p bo’lmagan edi. 
Ustiga- ustak, o’zlarini “demokratiya himoyachilari” deb atagan “Erk” va 
“Birlik”dagi dohiychalar qurbonlardan soxta obro’ orttirish yo’lida foydalanib, 
ularni musulmon odatlariga binoan tezda qabrga qo’yish o’rniga ko’chama- ko’cha 
ko’tarib, odamlarni xayrsiz kurashga chorlagani dard ustiga chipqon bo’ldi... 
G’arazli maqsadlarda har qanday fitna va nayranglardan tap tortmaydigan bunday 
kimsalar uchun begunoh qonlarning to’kilishi arzimas narsa edi. Hali Ittifoq 
tarqalib ulgurmagan bu tahlikali davrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
qat’iyat bilan masalani qon to’kmasdan, tinchilik bilan hal qilish yo’lini tutdi”.
2
Mustaqillik yillarida Prezidentimizning har tomonlama chuqur o’ylagan 
siyosati bois mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz 
1
Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. –Т.: “Ўзбекисон” НМИУ, 2011. 152-155-бетлар 
2
Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. –Т.: “Ўзбекистон”НМИУ, 2011. 155-156-бетлар. 


62 
daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir, ixcham, tezkor, zamonaviy qurol-
yarog’ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamiz shakllandi. Qurolli 
kuchlarni boshqarishning yangi tizimi yaratildi, qo’shinlarning tuzilish va jangovar 
tarkibi, tashkiliy-shtat qurilishi tubdan o’zgardi. Ofitser va serjant kadrlarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy talablarga 
javob beradigan tizimi vujudga keldi. Shuningdek, oliy harbiy ta’lim 
muassasalarida kursantlarni tayyorlash tizimi tubdan o’zgarmoqda. Prezidentimiz, 
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondoni Islom Karimovning O’zbekiston Qurolli 
Kuchlarining 19 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigida 
ko’rsatib o’tilganidek, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga rahna soladigan 
har qanday hatti-harakatlar qarshi Qurolli Kuchlarimizning munosib va samarali 
zarba berish imkoniyati hamda tayyorgarligini tanqidiy baholab borish, zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, boshqaruvning 
informatsion vositalari va harbiy aloqa tizimlarini uyg’unlashtirish, jangovar 
tayyorgarlikni mustahkamlash, harbiy qism va bo’linmalarni modernizatsiya qilish, 
zamonaviy qurol-yarog’ va harbiy texnika, aloqa va individual himoya vositalari 
bilan ta’minlash, professional harbiylarni shakllantirishni ta’minlaydigan uzluksiz 
tizimni yanada takomillashtirish kabi chora-tadbirlar Vatanimiz mustaqilligini 
himoya qilish, musaffo osmonimizni asrab-avaylashning ishonchli kafolati bo’lib 
xizmat qiladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin