Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


III-BOB. IJTIMOIY-SIYoSIY HAYoTNI ERKINLAShTIRISh



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix21.10.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#65690
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
portal.guldu.uz-BITIRUV-MALAKAVIY IShI

III-BOB. IJTIMOIY-SIYoSIY HAYoTNI ERKINLAShTIRISh 
MASALALARI 
3.1. Mustabid tuzum inqirozining sabablari va ularni bartaraf etish
xususiyatlari 


63 
Mamlakatimizda so’nggi 25 yil ichida erishgan yutuq va marralarimizni 
xolis va munosib baholash uchun mustaqillik ostonasida ijtimoiy-siyosiy hayot 
qanday murakkab vaziyatda bo’lganini, bu vaziyatni tubdan yangilangan 
yo’nalishga burib yuborish uchun ulkan donishmandlik va jasorat, insoniylik va 
ezgulik tamoyillariga yo’g’rilgan, ko’pchilikka ibrat va namuna bo’ladigan vazmin 
siyosat talab etilganini esga olishimiz va o’zimizga aniq tasavvur etishimiz 
muhimdir. Mustaqillika arafasida ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitning yanada fojiali 
tus olishi, qaror topgan xo’jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning 
butunlay izdan chiqib ketishiga barham berish, ishsizlikning avj olishiga yo’l 
qo’ymaslik favqulodda muhim zaruratga aylangan edi. 
Mazkur va boshqa eng muhim muammolarning negizi, omillari, mohiyati, 
shuningdek, ularga barham berish borasidagi aniq va istiqbolli yondashuvlarni 
ishlab chiqish mas’uliyati Respublikamiz Prezidenti I.Karimov zimmasiga tushdi 
va bu o’ta murakkab vazifa samarali hal etildi
1

Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, 1989-1991 yillarda: “... markazlashtirilgan 
rejalashtirish va taqsimlash mexanizmi asosida faoliyat ko’rsatgan butun sovet 
tizimiga xos bo’lgan illatlar bilan bir qatorda, respublikamiz iqtisodiyotining 
biryoqlama rivojlanib, faqat xom ashyo etkazib berishga yo’naltirilgani, 
iqtisodiyot, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir ko’rsatgan to’la va 
mutlaq paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib 
qo’ygan edi. Buning oqibatida, ulkan tabiiy, mineral xom ashyo, mehnat va inson 
salohiyatiga ega bo’lishiga qaramasdan, respublikamiz sobiq SSSRda aholi 
turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji buyicha oxirgi o’rinlardan 
birida turar edi..”.
2
Aslida mamlakatimiz salohiyatida juda keng imkoniyatlar 
mavjudligini hayot tajribasi tasdiqlagan edi. 
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011 йил, 440-
бет.
2
Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси иқтисодий- ижтимоий тараққиѐтнинг мустақиллик 
йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга 
мўлжалланган пргнозлари:- Т: “Ўзбекистон” НМИУ. 2011.4-бет 


64 
Bir so’z bilan aytganda, yurtimizda insonning har tomonlama uyg’un kamol 
topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko’pincha 
yashash uchun kerak bo’lgan eng oddiy narsalar ham etishmasligi kabi o’tkir 
muammolar yig’ilgan va nihoyat keng tus olgan edi. Ya’ni, yig’ilgan murakkab 
muammolar xalqasi o’zaro bir-birini taqozo etar va ijtimoiy muhitda ziddiyatlar 
kuchayishiga olib kelar edi. Masalan, hukmron repressiv Sovet davlatining siyosati 
jamiyatda mustabid mafkura kuchining saqlanishiga xizmat qilgan. Bu bilan 
xalqqa homiylik qilish emas, odamlar orasida mutlaq itoatgo’ylikka asoslangan 
qo’rquv va vahima keng tarqalgan natijada ertangi kunga ishonchsizlik 
sharoitining ortishi ichki norizolikni kuchaytirgan. Keng miqyosdagi repressiv 
siyosat oqibatida yurtimizda ozgina uchqundan olov lovillab yonib ketadigan o’ta 
qaltis vaziyat yuzaga kelgan edi. 
Yurtimizdagi mavjud ahvol sobiq Ittifoqdagi o’rtacha darajaga nisbatan 
og’ir va ayanchli ijtimoiy manzarada ham o’z ifodasini topdi. Ayniqsa, 1989 
yilning may oyida Farg’ona viloyatida buzg’unchi kuchlar tomonidan ommaviy 
tartibsizliklar yuzaga kelgani vaziyatni battar chigallashtiradi. 1989 yilning iyuniga 
kelib ommaviy tartibsizliklar nihoyatda avj oldi. Shunday tahlikali sharoitda – 
1989 yil 29 iyun kuni rsepublikamiz etakchisi janjal-to’polonlar alangasi ichida 
qolib ketgan Farg’onada lovillab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan 
shahar va qishloqlar, qahri-g’azabga to’lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi 
va keng tafakkur, mustahkam iroda va e’tiqod sohibi sifatida achchiq haqiqatni 
ko’ziga tik qaraydi va el yurtning barcha dardu tashvishlari haqida ochiq gapiradi. 
Mustabid tuzum muammolari tarkibida: hukmron kommunistik mafkura 
davlati kuchining saqlanishi: keng tarqalgan qo’rquv va vahima “paxta ishi” degan 
tuhmat bilan tazyiq, ta’qib, nohaq qamalishlar; xalq kayfiyatidagi tushkunlik; bir 
millionga yaqin ishsizlikning mavjudligi; aholi 45 foizi (9 million kishi) –ning 
daromadi kun kechirish uchun zarur bo’lgan eng past darajadan (jon boshiga oyiga 
75 so’m) ham pastligi; ijtimoiy infratuzilma muassasalari – maktab va kasalxona 
binolari 60 foizining nobobligi; yurtimizda 1700 ta maktab avariya holatida ekani; 


65 
qurilayotgan maktablar soni esa aholining ko’payish suratini arang qondirishi; 
soliqni saqlash sohasi, kasalliklar, bolalar o’limining o’ta ayanchli ahvoli; 
odamlarning oddiy ichimlik suvi bilan ta’minlanmagani; Amudaryo va Sirdaryo 
quyi oqimlarida yashayotgan 4 millionga yaqin aholi ahvolining nihoyatda 
mushkulligi; Orol muammosidan O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlarining bezovta, 
besaranjomligi; xomashyo etkazib berishga asoslangan bir yoqlama iqtisodiyotning 
qaror topgani; ertangi kunga ishonchsizlikning ortishi va ozgina uchqun chiqsa 
lovillab yonib ketishi mumkin bo’lgan vazyatni ko’rsatadigan o’ta jiddiy 
misollarni keltirish mumkin.
Murakkab muammolar girdobidagi ijtimoiy – siyosiy hayotni isloh qilish o’z 
umrini o’tab bo’lgan eski mustabid tuzumdan voz kechish; jahon tajribasini har 
tomonlama puxta o’rganish; umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash; milliy urf-
odat va an’analarimizni asrab- avaylash va yanada mustahkamlash maqsadida 
mavjud muammolarning kelib chiqish va rivojlanish sabablarini bartaraf etishni 
talab etar edi. 
Og’ir vaziyatda mavjud ahvolni ijobiy tomonga o’zgartirish bo’yicha asosli 
kontseptual yondashuvlar va amaliy fikr- mulohazalar talab etilardi. Shu bois 
dastlab butun e’tibor O’zbekistonning ijtimoiy- siyosiy taqdiri va kelajagini hal 
etishga qaratildi. Bunda yurtboshimizning barcha fikr-mulohazalari ozodlikka 
erishish va hurriyatning yorug’ istiqbollari bo’yicha yondashuvlar ishlab chiqishga 
yo’naltirilgani to’liq anglanadi. 
I.A.Karimov faoliyatidagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat edi: 
1) mavjud ayachli ahvolni tuzatish bo’yicha Markaz rahbariyati oldiga qat’iy 
talablarni printsipial tarzda qayta- qayta qo’yishdan cho’chimaslik; 
2) qanchalik og’ir va noxush bo’lmasin, ochiq gapirish; 
3) hamisha haqiqatning ko’ziga tik qarash; 
4) yurakdan chiqqan samimiylik; 
5) uzoq vaqtlar gazak oldirilgan nuqsonlarning ildizini ochish; 


66 
6) xalqimizni badnom qilishga urungan yovuz kuchlarga qarshi qat’iy kurash 
olib borish; 
7) keng tafakkur, mustahkam iroda va e’tiqod; 
8) odamlarning qalb jarohatlariga amaliy ishlar bilan malham qo’yish; 
9) azmu shijoatlilik, mardlik va donishmandlik; 
10) tartib-intizomni tiklash bo’yicha mas’uliyatni o’z zimmasiga olish; 
11) azob-uqubat va qon to’kilishga sabab bo’ladigan boshboshdoqlik, 
hokimiyatsizlik va adovat bo’lishga yo’l qo’ymaslik; 
12) fojea oqibatlarinin bartaraf etishning aniq amaliy echimlarini ishlab 
chiqish va izchil amalga oshirish; 
13) ko’ngillarda so’ngan umid uchqunlarini uyg’otish; 
14) xalqning tuhmat va malomatlardan egilgan ruhini ko’tarish; 
15) el-yurtimiz dardiga darmon bo’lish; 
16) barcha sog’lom kuchlar hamkorligiga tayanib xalqni jipsldashtirish
uning bunyodkorlik kuch-g’ayratini ro’yobga chiqarish; 
17) qonunga, adolatning kuchiga tayanish; 
18) tinchlik va osoyishtalikni eng katta boylik deb bilish; 
19) islohotlardagi tadrijiylik va bosqichma-bosqichlik; 
20) inson manfaatlarini har qanday sharoitda ham birinchi o’ringa qo’yish. 
Islom Karimov o’z faoliyatida uzoq vaqtlar davomida echilmasdan, gazak 
oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, o’tkir ijtimoiy muammolarning ildizini ochish 
bilan bir qatorda ijtimoiy hayotni isloh etishning puxta o’ylangan yo’llarini asoslab 
bergani, respublikamizni og’ir inqirozdan chiqarish va dadillik bilan istiqlol sari 
boshlashda ulkan muhim ahamiyat kasb etdi. Yurtboshimiz, ayniqsa, xalqning 
ijtimoiy himoyasi, jamiyatda sotsial adolat saqlanishiga o’z faoliyatining birinchi 
kunlaridan boshlab katta ahamiyat beradi. Bunda avvalo katalakdek hovlilarda 
yashayotgan ming-minglab insonlarning o’tkir muammolari hal etildi – ularga uy-
joy uchun tomorqa berildi. Yurtimizdagi 10 millionga yaqin qashshoqlik holatida 
yashayotgan odamlarning ijtimoiy-ahvolini yaxshilash masalasi kun tartibiga 


67 
qo’yildi. Yolg’iz keksalar, nogironlar, kam ta’minlanggan oilalarga yordam 
ko’rsatish tizimi shakllana boshladi. O’qituvchilar, shifokorlar mehnatini qadrlash, 
maktab o’quvchilarini issiq ovqat bilan ta’minlash, yosh oilalarni qo’llab-
quvvatlash borasida amaliy qadamlar qo’yildi. Bularning barchasi hozirgi kunda 
mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan kuchli ijtimoiy tizimning 
dastlabki asoslari ana shu dolg’ali yillarda – mustaqillik arafasida qo’yilganini 
ko’rsatadi. 
1989-1991 yillarda yurtimiz tinchligi, xalqimiz omonligi, inson huquq va 
erkinliklarini ta’minlash borasida ulkan ishlar yurtboshimizning buyuk tarixiy 
xizmatlaridan biri hisoblanadi. 
O’sha paytda siyosiy muholiflarning mamlakatimiz etakchisiga nisbatan 
shoshma-shosharlik bilan bildirgan ta’na va dashnomlari, g’arazli hatti-
harakatlariga siyosiy vazminlik bilan munosabat bildirildi. Islom Karimov bu 
haqda alohida fikrlarni ta’kidlab o’tgan edi: “Men faqat bir narsani – xalqlarning 
boshiga azob-uqubat keltiradigan va qon to’kilishiga sabab bo’ladigan 
boshboshdoqlik, hokimiyatsizlik va adovat bo’lishini istamayman. Demokratiyani 
hamma narsani qilish mumkin deb, o’zboshimchalik bilan talqin etish ana shunga 
olib keladi. Men demokratik jamiyatni, eng avvalo qonunga quloq solish deb 
bilaman”. 
Shu o’rinda jahon adabiyoti xazinasiga o’zining noyob asarlari bilan 
betakror hissa qo’shgan atoqli adib, jamoat arbobi Chingiz aytmatovning 
mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov haqidagi fikrlarni keltirish o’rinlidir. 
“O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan men ilk bor 1990 yilda 
uchrashganman. O’sh fojealari esingdami? Ikki qardosh xalq o’rtasida 
kutilmaganda nifoq paydo bo’lishi, qon to’kilishiga men befarq qarab turolmadim. 
Sessiya paytidayoq Gorbachev bilan uchrashdim-da: “O’shga borishimga ruxsat 
bersangiz. Men u erga borishim kerak. Nima bo’layotganini ko’rib, qo’limdan 
kelgancha odamlarga yordam beraman” dedim. Gorbachev shu zahoti KGB raisi 
Kryuchkovni, mudofaa vaziri Yazovni chaqirib: “Darhol maxsus samolyot 


68 
hozirlansin!” deb buyruq berdi. O’sha kuniyoq Chikalov nomidagi aerodromdan 
bir guruh o’rtoqlar bilan harbiy samolyotda uchib ketdim. Toshkentga qo’nishimiz 
bilanoq men O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi Odil Yoqubov bilan 
telefonda bog’landim. Biz uchrashdik. Tayyoragohning o’zida shoshilinch kengash 
o’tkazdik. 
Vaziyat kunday ravshan edi: ikki qardosh xalq bir-birining yoqasiga 
yopishib turishardi. Qarama-qarshilikni qanday qilib bartaraf etish mumkin? 
Kutilmaganda alanga olib ketgan nizoni qanday yo’sinda to’xtatib bo’ladi? Bizni 
ana shunday muammolar qiynar edi. Har bir soatda yangi xabar etib kelardi, yurak- 
bag’rimiz o’rtanib, amaliy harakatga shoshilar edik. 
“Farg’ona vodiysidagi o’n minglab o’zbeklar O’sh tomonga borishayapti!” 
“Kechagi kundan e’tiboran Oloy qirg’izlari otlariga mindilar!” 
Shunda men O’zbekistondagi har xil jamoat tashkilotlarining rahbariga: 
“Kelinglar, og’a- inilar, seniki noto’g’ri, meniki to’g’ri degan munozarani bas 
qilaylik. Rostini aytsak, hammamiz aybdormiz.Vaziyatni keskinlashtirishdan foyda 
yo’q”, dedim. Barcha mening fikrlarimni bir ovozdan qo’llab- quvvatladi. 
Tez orada mening kelganimdan xabar topgan O’zbekiston Kompartiyasi 
Markaziy qo’mitasining birinchi kotibi Islom Karimov aeroportga etib keldi. Har 
doimgidek muayyan bir masalaga butun diqqat-e’tiborini jamlagan, haraktchan, 
g’ayratli edi. Yakkama-yakka chin dildan gaplashdik. Men: “O’shga kirmoqchi 
bo’layotgan farg’onaliklarni to’xtating,- deb iltimos qildim.- agar ikki olomon bir- 
biri bilan to’qnashib ketsa, keyin ularni to’xtatish ham, tinchitish ham qiyin 
bo’ladi. Juda katta xunrezlik ro’y berishi hech gap emas. Biz ham O’sh viloyatini 
tinchitish uchun qo’limizdan kelgancha harakat qilamiz”. 
Karimov bilan gapimiz bir joydan chiqdi. U mening fikr- mulohazalarimizni 
batamom qo’llab- quvvatladi va samolyot zinapoyasiga qadar kuzatib qo’ydi. 
O’sh viloyatiga borib shart- sharoitlar bilan tanishganimdan so’ng men 
respublika televideniesi orqali O’zbekiston xalqiga murojaat qildim. Bu hodisa 
nimadan boshlangani, agar nizo kuchayib boradigan bo’lsa, oxiri juda yomon 


69 
bo’lishi mumkinligi to’g’risida dilimdagi bor gaplarimni ochiq- oydin aytdim. 
O’sha paytda mening yonimda Odil Yoqubov bilan Pirimqul Qodirov ham o’tirgan 
edilar. Ular ham mening fikrlarimni quvvatlashib, butun o’zbek xalqini bosiqlikka 
chaqirdilar.
Qadimdan qon-qardosh bo’lgan ikki xalq o’rtasida paydo bo’lgan nifoqni 
bartaraf etish borasida o’shanda Islom Karimov ulkan davlat arbobiga munosib 
bo’lgan aql-idrok, donolik namunasini ko’rsatdi. 
Qozog’istonning PEN – klubi navbatdagi majlislardan birini Kustanayda 
o’tkazdi. PEN – klub prezidenti Abdujamil Nurpeisovning taklifiga ko’ra, men 
ham o’sha majlisda qatnashdim. O’zim yaqinda Frankfurtdan qaytgandim. Xullas, 
uyga qaytayotib, yo’l-yo’lakay Toshkentga ham tushib o’tdim. Oqshom chog’i 
Islom Karimov kaminani yo’qlab keldi. Biz Markaziy Osiyo madaniyatining 
hozirgi ahvoli to’g’risida juda uzoq suhbatlashdik. 
Ilgari men bu kishini faqat xo’jalik ishlarining miridan-sirigacha yaxshi 
biladigan tajribali siyosatchi sifatida bilardim. O’sha oqshomdagi suhbatdan so’ng 
amin bo’ldimki, bu zot o’z xalqining, o’z davlatining tarixni teran biladigan, 
madaniyat va san’atning turli tarmoqlari bo’yicha chuqur tasavvurga ega bo’lgan 
tom ma’nodagi davlat arbobi ekan”
1

1
Айтматов Ч., Шохонов М. Қояда қолган кўз ѐшлар. / Ҳокимият ва маънавият ѐки подшоҳлар, хонлар, 
қироллар, президентлар фаолиятига бир назар. – “Жаҳон адабиѐти” журнали, 1997 йил, № 1. 7-56-бетлар. 


70 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin