Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


partiyaning labbaygo’y yugurdaklari tomonidan so’roq- tergovga tutilar, ma’naviy



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix21.10.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#65690
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
portal.guldu.uz-BITIRUV-MALAKAVIY IShI


partiyaning labbaygo’y yugurdaklari tomonidan so’roq- tergovga tutilar, ma’naviy 
jihatdan badnom qilinar, ba’zan esa hatto jismoniy mahv etilar edi. Natijada 
bunday beayov va shafqatsiz bedodliklardan ogoh bo’lib turgan xalq butunlay 
umidsizlikka tushdi. Jamiyatda va partiyaga, na siyosatga, na davlat va uning 
yo’lboshchilariga ishonch qoldi. 
“Hayotga befarq qarash, loqaydlik aksariyat ko’pchilikning yashash tarziga 
aylandi. “Sovet kishisi” o’z soyasidan cho’chib yashaydigan bo’lib qoldi. Chunki 
yuragining tub-tubiga qo’rquv bilan qoziq qilib qoqilgan tobelik, mutelik tuyg’usi 
uni tirik murda holiga solib qo’ygan edi”.
1

 
Shu o’rinda “Inson manfaati” tushunchasiga aniqlik kiritsak. Inson 
manfaatlari iste’mol buyumlariga emas, balki, ushbu buyumlardan to’liqroq 
foydalanishga imkon beruvchi ijtimoiy shart-sharoitlarga, eng avvalo, ehtiyojlarni 
qondiradigan moddiy va ma’naviy ne’matlarga yo’naltirilgandir. 
Manfaatlar su’bektlari bo’yicha shaxsiy, guruhaviy, umumjamiyat 
manfaatlarga, yo’nalishi bo’yicha esa iqtisodiy, ijtimoiy,siyosiy, ma’naviy 
manfaatlarga bo’linadi. 
Inson manfaati to’g’risida so’z borar ekan, bir necha raqamlar ustida 
to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi. Istiqlol arafasida mamlakatimizdan olib chiqib 
ketilayotgan boyliklarning 70 foizini faqat xom ashyo tashkil qilar, chetdan esa 70 
1
Ислом каримов. Биз танлаган йўл- демократик тараққиѐт ва маърифий дунѐ билан ҳамкорлик йўли. 
Асарлар.11- жилд.-Т: “Ўзбекистон”,2003.196-бет. 


47 
foiz tayyor mahsulot olib kelinar edi. Bunda ma’muriy-buyruqbozlik siyosati 
qishloqlarimiz infratuzilmasiga, umuman ijtimoiy hayotga juda katta salbiy ta’sir 
o’tkazdi. 
Mustaqillikka bo’lgan davr qishloq aholisining toza ichimlik suvi va tabiiy 
gaz bilan ta’minlanishi, sog’liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida bir qator 
ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirdi. Masalan, respublikaning tabiiy gaz bilan 
ta’minlanish darajasi bor-yo’g’i 4 foizni tashkil etardi. Surxandaryo viloyatida bu 
ko’rsatkich 3,2 foizni, Qashdaryoda 5,7 foizni, Namanganda 10,5 foizni, 
Andijonda 11 foizni tashkil qilardi. Yoki qishloq aholisining ichimlik suvi bilan 
ta’minlanish darajasi Xorazm viloyatida 13,2 foizni, Buxoro viloyati 15 foizni, 
Qoraqalpog’iston Respublikasida esa bu raqam 21,4 foizni tashkil etardi
1

Umuman, suv va issilik, elektr energiyasi, temir yo’l va avtomobil yo’llari, 
kommunikatsiya tarmoqlari etib bormagan bo’m-bo’sh chekka qishloqlarimiz ham
mavjud edi. Binobarin, aholining moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilmagan 
edi. Agar respublika 1988 yilda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan iste’mol mollari 
oboroti 768 so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich SSSR bo’yicha 1282 
so’mni, Gruziyada 1163 so’mni, Litvada 1609 so’mni, Moldavada 1172 so’mni, 
Turkmanistonda 860 so’mni, Estoniyada esa eng yuqori -1965 so’mni tashkil 
etgan. 
Shu bilan bir qatorda mustabid tuzum davrida xalqimizning haqiqiy tarixi
boy madaniy merosi, urf-odat va an’analari, Navro’z bayrami, Ramazon va Qurbon 
hayitlarini nishonlash, dinga hurmat bilan munosabatda bo’lish ta’qiqlab qo’yilgan 
edi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va boshqa aziz 
avliyolarimiz merosiga nisbatan adolatsizlik hukm surdi. 
Ayrim mahalliy rahbarlar amal pillapoyasidan ko’tarilish ilinjida o’z 
ajdodlari milliy qadriyatlarini rad etishgacha borishdi. Xalqimizning urf-odat va 
an’analari, madaniyati obdan oyoqosti qilindi, ona tilining qo’llanish sohasi sun’iy 
tarzda cheklab qo’yildi. Hatto, shundoq ham milliy an’analardan ancha olisda
1
Тухлиев Н. Ўзбекистон иқтисодиѐти. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 1992. 125-бет. 


48 
bo’lgan ayrim san’at turlari ham kimlargadir maqbul bo’lmay qoldi va ularni 
yangilashga urindilar. Hatto milliy libos ham qoralandi. 
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Bizga zarba bo’lib tushgan eng og’ir tanglik 
iqtisodiy emas, balki ma’naviy tanglikdir. Asrlar mobaynida qaror topgan axloqiy-
ma’naviy qadriyatlarni g’oyaviy qarashlarga qurbon qilish oqibatlarini bartaraf 
etish iqtisodiyotni tartibga keltirishdan ko’ra ancha mashaqqatli bo’ladi. Axir, 
yaqindagina emasmidi, kommunist, ayniqsa, u yuqoriroq lavozimda bo’lsa, o’z 
yaqin kishilari bilan oxirgi marta vidolashish uchun qabristonga ham borolmasdi. 
Dafn marosimida ishtirok etish eng katta ayb sanalib, bunday odamni partiyadan 
o’chirib, ishdan bo’shatishardi. Vijdon azobidan sal bo’lsa-da, qutulish, ayni 
paytda yillar bo’yi mehnat qilib erishgan imtiyozlardan mahrum bo’lmaslik uchun 
odamlar qarindosh-urug’lari, hatto, ota-onasi vafot etganda kasalxonaga yotib 
olishar yoki “shoshilinch komandirovka”ga ketib qolishar edi. Ana shundan keyin 
ham biz, odamlar hech nimaga ishonmay qo’yishgan, ularda hech qanday 
muqaddas narsa yo’q, deb aytishga qanday tilimiz borar edi?”
1

Bir necha o’n yillar mobaynida respublika iqtisodiyoti Markazdan 
boshqariladigan yagona xalq xo’jaligi majmuining tarkibiy qismiga aylangan edi. 
Markaz qabul qilgan ko’pgina qarorlar O’zbekistonning manfaatlaridan yiroq 
bo’lgan. Xullas, chor imperiyasi davridagidek, respublika arzon xom ashyo va 
strategik mineral resruslar etkazib beruvchi, tayyor mahsulot sotiladigan qulay 
bozorga aylanib qolaverdi, ya’ni u xom ashyo bazasi bo’lib keldi. Xom ashyo 
bazasida yashagan xalqning kosasi oqarmadi. 
Prezidentimizning 1990 yildagi nutqida o’sha paytdagi ahvol aniq yoritilgan: 
“O’zbekiston aholisi o’rta hisobda go’sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, 
tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol 
qilmoqda. Oyiga o’rta hisobda 75 so’mdan kamroq yalpi daromad oladigan 
aholining ulushi mamlakatda 12 foizdan sal ko’proq bo’lsa, bizning 
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 175-бет. 


49 
respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqish kishi ijtimoiy ishlab 
chiqarishda o’zining qo’lidan keladigan ishni topa olmayapti. 
Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog’liqni saqlash, xalq ta’limi, 
maktabgacha bolalar muassasalari juda og’ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va 
kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning o’zi kifoya. 
Juda o’tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar ro’yxatini yanada davom ettirish 
mumkin. Buni avvalo shundan ko’rsa bo’ladiki, insonning har tomonlama uyg’un 
kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi bir yoqda tursin, 
ko’pincha yashash uchun kerak bo’lgan eng oddiy narsalar ham etishmayapti”
1

Ittifoqda rahbarlik lavozimini Yu.Andropov egallagan davrda mamlakatda 
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish siyosati qattiqqo’llik bilan olib borildi. 
Ko’p yillar DXQni boshqargan bu shaxs, o’z tajribasidan kelib chiqqan holda, 
mamlakatda tobora chuqurlashayotgan inqiroz sabablarini rahbar kadrlar 
faoliyatiga bog’ladi. KPSS MQning 1983 yil iyundagi plenumining birinchi ish 
kunida KPSS MQning kotibi K.Chernenko qilgan ma’ruzasida ham jamiyatdagi 
poraxo’rlik illatlarining asosiy sabablarini “biron-bir xodimning xatolaridan 
rivojlanishning aniq muammolaridan va qiyinchiliklaridan” qidirish lozimligi 
ta’kidlandi.
2
Bosh kotib Yu.Andropov ma’ruzasida esa ideologiya frontidagi asosiy 
vazifalar belgilab berildi. 
Sobiq Ittifoq rahbarlari Sovet davlatini qamrab olgan inqiroz xatolarini 
mavjud tuzum negizida emas, balki yuzaga kelgan salbiy illatlarda deb, 
O’zbekistonni tajriba-sinov maydoni sifatida tanlab olib, tarixda “Paxta ishi”, 
keyinchalik “O’zbeklar ishi” deb nomlangan siyosiy kompaniyani boshlab, aslida 
butun yurtimiz xalqiga qarshi qatag’onni amalga oshirishga kirishgani 
“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida ko’plab dalillar orqali 
ko’rsatib beriladi. 
SSSR Fanlar akademiyasi olimlari o’tkazgan hisob-kitoblarga ko’ra, asli 
qo’shib yozishlar butun mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning 3 foiziga 
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 175-бет. 
2
“Совет Ўзбекистони” газетаси, 1983 йил 15 июнь. 


50 
teng bo’lgan. Xomashyo etkazish sohasida esa qo’shib yozishlar 5 foizdan 25 
foizgacha bo’lgan
1
. Masalan, 1983 yilda Ozarbayjonda 667 ta sanoat korxonasi va 
qurilish tashkilotida qo’shib yozishga yo’l qo’yilgan. Moldaviyada esa qo’shib 
yozishlar nihoyatda avj olgan
2

1983 yil sentyabrda SSSR Bosh prokurori A.Rekunkov topshirig’iga ko’ra, 
SSSR Prokuraturasining alohida muhim ishlar bo’yicha tergovchisi T.Gdlyan 
boshchiligida mamlakatning turli mintaqalaridan to’plangan 200 kishidan iborat 
tergov guruhi tuzilib, O’zbekistonda faoliyat boshlaydi.
3
Markazdan respublikamizga yuborilgan tekshiruvchilar esa mahalliy shart-
sharoitni hisobga olmay, o’zbek xalqining milliy manfaatlari, madaniyati, qadr-
qimmatini poymol etadi. O’zbekiston SSR KP MQ, Respublika Ministrlar Soveti, 
O’zbekiston SSR Oliy Soveti, O’zbekiston SSR Prokuraturasi, O’zbekiston SSR 
IIV kabi muhim boshqaruv bo’g’inlari shunday kadrlarning qo’liga o’tadi. Ular 
respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirib yuboradi. 
Natijada, “O’zbekiston tergov usullari o’tkaziladigan maydon”ga aylanib qoladi
4

1989 yil 23 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kospartiyasi MQning XIV 
plenumida Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Kospartiyasi MQning 
birinchi kotibi etib saylandi. Ma’lumki, respublikamiz rahbari sifatida I.A.Karimov 
ish boshlagan paytda o’lkamizda uzoq yillar davomida hukm surgan kommunistik 
mafkura va faqat xomashyo etkazib berishga asoslangan bir yoqlama iqtisodiy 
siyosat har bir sohada o’zining halokatli salbiy ta’sirini keng miqyosda ko’rsata 
boshlagan edi. Ammo, O’zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan yangicha 
siyosat asoslari ishlab chiqilib, xalqimizning qadr-qimmatini himoya qilish, milliy 
mustaqillikka erishish sari dadil harakatlar boshlandi. 
I.A.Karimov respublikamiz rahbari etib saylanib, ishga kirishgan kunning 
ertasigayoq, ya’ni 24 iyun kuni O’zbaekiston SSR Ministrlari Sovetida katta majlis 
o’tkazdi va unda nutq so’zladi. Bu nutq mohiyati e’tiboriga ko’ra uning 
1
Немелов Н., Попов В. На переломе экономической перестройки в СССР – М.: Изд.АПН, 1998. С.44 
2
На пороге кризиса: нарастание застойных явлений в партии и обществе. –М.:Изд. Полит.лит., 1990. С.118. 
3
Лиханов Д. Кома: “Оганѐк” журнали, 1989 йил. № 4, 21-б. 
4
“Тошкент ҳақиқати” газетаси, 1990 йил 3 февраль. 


51 
O’zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi ekani bilan ham alohida tarixiy 
ahamiyatga egadir. Ushbu chiqishda uning siyosiy etakchisiga xos barcha 
fazilatlari yaqqol namoyon bo’ladi. 
O’zining keskin tanqidiy va amaliy ruhi bilan ajralib turadigan mazkur 
nutqda repsublika rahbari O’zbekiston vujudga kelgan o’ta murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyat va uning sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir 
xulosaga keladi. “Biz bundan bo’yon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga 
zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi”, deb yangi lavozimga qanday ulug’ maqsad va 
mas’uliyat bilan kirishayotgani, o’z faoliyatida islohotchilik, el-yurtning dardu-
tashvishlari eng oliy mezon bo’lib qolishini ochiq bayon qiladi
1
. 25 iyun kuni esa, 
janjal-to’polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg’onaga yo’l oladi. Lovillab 
yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va qishloqlar, qahr-
g’azabga to’lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. Ular bilan chin dildan, 
hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar 
hech kim eshitmagan ohu-nolalarini tinglab, o’zining yurakdan chiqqan samimiy 
va haqqoniy so’zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi jarohatlarga malham 
qo’ygandek bo’ladi, ko’ngillarda so’ngan umid uchqunlarini uyg’otadi. Tartib-
intizomni tiklash, qon to’kilishining oldini olish bo’yicha butun mas’uliyatni o’z 
zimmasiga olib, aniq-chora-tadbirlar ko’radi. 
Albatta, respublika rahbarlari sifatida Farg’ona voqealarining sabab va 
oqibatlari haqidagi ma’lumotlar bilan o’z kabinetida o’tirib ham tanishishi, kerakli 
qarorlarni qabul qilishi mumkin edi. Ammo o’sha paytdagi aksariyat partiya 
arboblariga xos bo’lgan bunday xonanishinlik, kabinetdan chiqmay ish yuritish 
printsipi unga mutlaqo begona edi. U hayotning qaynoq nafasini bevosita his 
qilish, yaxshi-yomon kunlarda xalq bilan birga bo’lish, el-yurtning dardu-
quvonchiga doimo sherik bo’lishni o’zining hayotiy maslagi, oliy insoniy burchi 
deb biladi
2

1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 8-бет. 
2
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 9-бет. 


52 
O’lkamizdagi vaziyatni chinakamiga o’nglash, yurtdoshlarimizning hayotga 
qarashini, bugungi va ertangi kunga ishonchini mustahkamlash uchun avvalo, 
ularning iqtisodiy, moddiy ahvolini yaxshilash zaruratini chuqur anglagan 
respublikamiz rahbari aholi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan juda katta 
bir masalani – odamlarga tomorqa er berish masalasini kun tartibiga qo’yadi. 
1989 yil 17 avgustda Islom Karimov boshchiligida respublika hukumatining 
Toshkentda bo’lib o’tgan kengaytirilgan yig’ilishida aholiga tomorqa va shaxsiy 
uchastkalar ajratish masalasi muhokama qilinadi va “Qishloqda yashovchi har bir 
oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha 
shart-sharoitlarni yaratib berish haqida” qaror qabul qilinadi. Ushbu tarixiy 
hujjatda qishloqda yashovchi har bir kishiga o’rtacha 25 sotixdan er ajratib berish 
va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko’paytirish ko’zda tutilgan edi. 
Bu boradagi amaliy ishlar natijasi 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan 
ko’proq oilaga qo’shimcha er ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa erlari 
berildi. 
1989 yili Islom Karimovning tashabbusi bilan odamlarga juda katta 
miqdorda uzoq muddatli kredit-qarzlar berildi, uy-joy qurish uchun qurilish 
materiallari, aholining chorvasi uchun dag’al em-xashak ajratildi. 80-yillarning 
o’rtalarida yiliga 3 million kvadrat metr uy-joy qurilgan bo’lsa, 1989 yili yaratilgan 
qulay imkoniyatlar tufayli bu ko’rsatkich 4,9 million kvadrat metrni tashkil etdi. 
Yakka tartibda uy-joy quruvchilarga qarz berish uchun resurslarning umumiy 
hajmi1989 yilga kelib bir yarim barobar kupaytirildi va 187 million so’mga 
etkazildi
1

1
Қуддус Аъзам. Оғир синовлар даври. –Т.: Алишер Навоий номли Ўзбекистон Миллий кутубхонаси 
нашриѐти, 2004. 14-бет. 


53 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin