Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


II-BOB. INSON MANFAATI, HUQUQ VA ERKINLIKLARINI



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix21.10.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#65690
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
portal.guldu.uz-BITIRUV-MALAKAVIY IShI

II-BOB.
INSON MANFAATI, HUQUQ VA ERKINLIKLARINI 
TA’MINLASh 
2.1.Huquqiy mustaqillikni ta’minlashga qaratilgan harakatlar 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarning 
asosiy maqsadi O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik 
jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Bu yuksak maqsadni ro’yobga chiqarishda 
barcha sohalarda, xususan, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar 
katta rol o’ynaydi. O’zbekistonda bugungi kunda sud-huquq tizimida izchil 
amalga oshirilayotgan tub islohotlar, aslida, O’zbekiston hali davlat mustaqilligiga 
erishmasdan oldin I.A.Karimov rahbarligida boshlangan ishlarning davomidir. 
Buni “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi kontseptual fikr 
va g’oyalar tasdiqlaydi. 
Mantiq fanida hukm tushunchalarga tayanadi, deyiladi
1
. O’zbekistonning 
sud-huquq tizimi mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yangi asosda barpo 
etila bordi, deb xulosa chiqarishdan avval o’zak tushuncha (“sud-huquq 
tizimi”)ning mazmunini anglashimiz, uning mohiyatini tushinib olishimiz lozim. 
Shunday ekan, so’zni avvalo “sud-huquq tizimi” tushunchasining ma’no-
mazmunini yoritib berishdan boshlaymiz. “Sud- huquq tizimi” tushunchasi “sud 
tizimi” va “huquq tizimi” tushunchalarining birikmasidan iborat umumiy hosila 
tushunchadir. Demak, “sud tizimi”, “huquq tizimi” tushunchalarining mazmunini 
tushunish orqali “sud-huquq tizimi” tushunchasining mazmunini aniqlab olamiz. 
1
Масалан, қаранг: Хайруллаев М. Мантиқ.- Т: “Ўқитувчи”, 1993.-103- бет; Раҳимов И. Логикадан амалий 
машғулотлар ва методик тавсиялар (университетларнинг гуманитар факультетлари талабалари учун ўқув 
қўлланма),- Т: “Ўқитувчи”, 1988, 53-бет. 


37 
Sud tizimi – bu o’z vakolatlari va oldiga qo’yilgan vazifalar hamda 
maqsadlarga muvofiq tuzilgan sudlar majmuidir
1
. O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 107-moddasining 1-qismiga ko’ra, “O’zbekiston Respublikasida 
sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston 
Respublikasi Oliy xo’jalik sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va 
jinoyat ishlari bo’yicha oliy sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik 
sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyat 
va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha tumanlararo, 
tuman, shahar sudlari, harbiy va xo’jalik sudlaridan iborat”
2
.
Bu moddada O’zbekiston respublikasi sud tizimining mohiyati, tizimining 
tarkibiy tuzilmalari, vakolat muddatlari kabi masalalar ochib berilgan. 
Quyida keltirilgan konstituttsiyaviy norma bugungi kunda amalda bo’lgan 
O’zbekiston sud tizimining tuzilishi to’g’risida yaqqol ma’lumot beradi. 
Biroq bu ma’lumot bizning mavzumiz bo’lgan- tadqiq etilayotgan yillar 
(1989-1991) da O’zbekistonda mavjud bo’lgan sud tizimini aks ettirmaydi. Biz bu 
o’rinda sud tizimi to’g’risida dastlabki va umumiy tasavvurlarni hosil qilish 
fikridan kelib chiqib shunday yo’l tutdik. Tadqiq etilayotgan uch yillikdagi mavjud 
sud 
tizimini 
va 
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov rahbarligida 
mamlakatimizda boshlangan tub islohotlarning o’sha davr sud tizimidagi amaliy 
ifodasi
qanday kechganini quyiroqda yoritishni nazarda tutgan holda, endi e’tiborimizni 
«huquq tizimi» tushunchasi deganda nima tushunilishini aniqlashtirib olishga 
qarataylik. 
1
Костецкий В.А. Конституция Республики Ўзбекистан. Словарь-справочний для учащихся 
общеобразовательных школ, колледжей и лицеев. – Т.: “Билим”, 2003. стр. 107. 
2
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий 
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган (2002 йил 27 январда ўтказилган 
умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида қабул қилинган 2003 йил 24 апрелдаги 
Ўзбекистон Республикасининг Қонунига мувофиқ Конституциясининг XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига 
тузатиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган 
Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93-моддасининг 15-бандига, 
102-моддасининг 2-қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республдикасининг 2008 йил 25 декабрда 
қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг 1-қисмига 
ўзгартириш киритилган) – Т.: “Ўзбекистон”, НМИУ, 2009. 29-бет. 


38 
Huquq tizimi – milliy huquq tuzilishi bo’lib. Jamiyatdagi mavjud huquq, 
normalarining ma’lum qismlarga bo’linishidir
1
.Huquq tizimi turli huquq 
sohalaridan iborat. Ularning har biri o’zining predmetiga va ana shu predmet 
mazmunini tashkil qiluvchi munosabatlarni tartibga solish uslubiga ega. Huquq 
sohalari tuzilishida normalar, institutlar, yordamchi institutlar (sub- institutlar), 
sohaosti huquqlar ajralib, o’z navbatida, sohaning umumiy va maxsus qismlarini 
tashkil qiladi.
2
Huquq tizimi, asosan, ikki guruhga – ommaviy va xususiy huquqqa 
bo’linadi. Ommaviy huquq tarkibiga jamiyat va uning a’zolari, davlat, davlat 
organlari va tashkilotlarining manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan va bir 
tarafning ikkinchi tarafga bo’ysunishiga asoslangan huquq normalaridan tashkil 
topgan huquq sohalari (konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya huquqi, 
soliq huquqi va boshqalar) kiradi. Xususiy huquq tarkibiga taraflari teng huquqqa 
ega bo’lgan munosabatlarni tartibga soluvchi normalaridan tashkil topgan huquq 
sohalari (fuqarolik huquqi, oila huquqi, mehnat huquqi va boshqalar) kiradi. 
Shuning bilan bir qatorda, ommaviy huquq va xususiy huquqqa xos normalardan 
tashkil topgan kompleks (majmuaviy) huquq sohalari (ekologiya huquqi, er 
huquqi, bank huquqi va boshqalar) ham mavjud. 
Demak, sud-huquq-tizimi tushunchasi ostida sud tizimi va huquq tizimi 
tushunchalari mazmunining yig’indisi tushunilmoqda. Sud- huquq tizimining yangi 
asosda barpo etish va isloh qilish mamlakatimizda mustaqillikka erishish 
ostanasidayoq amalga oshirilishi boshlangan yangilanishlarning tarkibiy qismi 
sanaladi. Endi esa bevosita 1989-1991 yillarda O’zbekistonda I.A.Karimov 
rahbarligida sud- huquq tizimini yangi asoslarda barpo etish borasida olib borilgan 
islohotlarning ko’lami yoritish va tahlil etishga o’taylik.
1
Юридик энциклопедия/ Юридик фанлари доктори, проф.У.Тожихоновнинг умумий таҳрири остида.-Т: 
“Шарқ”, 2001.651-бет. 
2
Раҳмонқулов Ҳ. Ҳуқуқ тизими ва унинг соҳалари/ масъул муҳаррир Р.Ж.Рўзиев; Ўзбекистон Республикаси 
фанлар академияси И.Мўминов номидаги Фалсафа ва ҳуқуқ институти/.- Т.Фалсафа ва ҳуқуқ, институти. 
2005.5-бет. 


39 
O’zbekiston 
Respublikasining 
mustaqillikka 
erishish 
arafasida 
mamlakatimiz rahbari I.A.Karimovning jasorati va qat’iyati, aniq va oliy maqsadli 
– xalqimiz mustaqilligi va ozodligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklariga 
rioya etilishiga erishish, sud-huquq tizimini mutlaqo yangi asoslarda yaratish 
borasida olib borgan sa’y-harakatlarini tushunish va to’g’ri baholay olish uchun, 
albatta, o’sha davrda SSSR va O’zbekistonda yuz bergan voqealarga xolisona
baho bermoq darkor. 
Ma’lumki, o’tgan asrning 80-yillari o’rtalariga kelib SSSRda kuchaygan 
tanglik holati mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. KPSSning 
kutilayotgan natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy 
tizimning inqiroziga sabab bo’ldi. 
1
Xalq xo’jaligidagi tanglik holatlarining keskin 
suratda va shitob bilan kuchayib borishi sotsialistik tizimning tayanch negizlariga 
tahdid soluvchi xatarli siyosiy tanglikka o’sib o’tdi. Butun jamiyatda keskin, tub 
o’zgarishlar qilish zarurati paydo bo’ldi. Kirib qolingan boshi berk ko’chadan 
chiqib ketish yo’llari izlandi. Nihoyat, 1985 yilning bahorida KPSS Markaziy 
Qo’mitasining aprel plenumi sovet jamiyatini qayta qurish, uning barcha 
sohalarida tub yangilanishlar va o’zgarishlar yasash yo’lini e’lon qildi. Qayta 
qurish sovet jamiyatini rivojlantirishning ob’ektiv ehtiyoji sifatida baholandi. 
Qayta qurish sotsialistik jamiyat rivojining chuqur jarayonlaridan o’sib chiqqan 
zarurat sifatida ta’riflandi. Qayta qurishning tarkibiy qismi jamiyat hayotini 
demokratlashtirish ekani belgilandi. 
Lekin bularning barchasi quruq ritorika va deklaratsiya bo’lib, hech qanday 
amaliy natija bermadi. Aksincha, ular sovet jamiyatining tub asoslari adolatsizlik 
negiziga qurilganligini rivojlanishga noqobil ekanini oshkor etib qo’ydi. Agarki, 
sovet sud-huquq tizimini oladigan bo’lsak, u insonni himoya qiluvchi organ emas, 
aksincha, mustabid tuzum qo’lidagi insonlar va xalqlarni ezish quroli, repressiv 
mashinaga aylanib qolgan edi. Uning bunday g’ayriinsoniy mohiyati, ayniqsa, 80-
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи. К.2.Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги// Тузувчилар: 
М.Жўраев.Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ: Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев(раис) ва бошқ,/.-Т: “Шарқ”, 
2000.624-бет. 


40 
yillarning ikkinchi yarmida O’zbekiston va uning xalqiga nisbatan avj oldirilgan 
qatag’on kompaniyalari davrida yaqqol namoyon bo’ldi. O’zbekistonni paxtani 
terish va qayta ishlashdagi sun’iy ravishda o’ylab topilgan “o’g’irlik”, “qo’shib 
yozish” holatlarini tergov qilish bilan markaziy prokratura va ichki ishlar organlari 
maxsus shug’ullandi. “Paxta ishi” eng shov-shuvli ish sifatida butun Ittifoqqa 
namoyish qilindi
1
. Bir qator Rossiya gazetalarining zo’r berishi tufayli “paxta ishi” 
“o’zbeklar ishi”ga aylantirildi
2
. O’zbekistonga va o’zbek xalqiga nisbatan qilingan 
bu adolatsizlik xalq ommasining sovetlar rejimiga nisbatan nafratini oshirdi, 
munosabatini o’zgartirdi
3
.
Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda o’zlikni anglash, til, madaniyat, tarix 
va kelajakka teran nazar solish, inson huquq va erkinliklarini har narsadan ustun 
qo’yishga bo’lgan intilish kuchayib bordi. Xususan, O’zbekistonda keng 
munozaralarga sabab bo’lgan muammolardan biri o’zbek tiliga davlat tili 
maqomini berish masalasi bo’ldi. Bu muammo yuzasidan boshlangan harakat 
qudratli tus oldi, unda ziyolilar, talabalar va yoshlar faol ishtirok etdi. I.A.Karimov 
boshchiligidagi yangi rahbariyat bu masalani amaliy hal qilishga jasorat bilan 
kirishdi. Natijada o’n birinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining o’n 
birinchi sessiyasida 1989 yil 21 oktyabrda “O’zbekiston SSRning Davlat tili 
haqida”gi Qonuni qabul qilindi
4
. Qonunning 1-moddasining 1-qismida 
1
“Аввало республикамиз раҳбарлигига И.А.Каримов келиб, у киши томонидан суд ва судьяларнинг қўллаб-
қувватланганлиги натижасида Ўзбекистон Республикаси Олий суди “Пахта ишлари”га ҳуқуқий баҳо берди. 
Минглаб ҳамюртларимиз оилалари бағрига қайтди”: Мингбоев У. Суд-фуқаролар ҳимоячиси. – Т.: ДИТАФ, 
2001. 20-бет. 
2
“Пахта иши”, “Ўзбеклар иши” сингари ишлар асосида ноҳақ қамалиб, озодликдан маҳрум этилган шахслар 
кейинчалик шахсан Президент И.А.Каримов ташаббуси билан суд қарорлари асосида оқландилар. “Агар 
Президентимизнинг ташаббуслари бўлмаганда, ўша пайтларда на Олий суд, на прокуратура бу ишларни 
(“Пахта иши”, “ўзбеклар иши” сингари ишларни – таъкид Алиқул Раҳмоновники) қайта кўришга журъат 
қила олмас эдилар”: Мингбоев У. Суд – фуқаролар ҳимоячиси. –Т.: ДИТАФ, 2001. 80-81-бетлар. 
3
Ўзбекистоннинг янги тарихи.К.2. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида // Тузувчилар: М.Жўраев, 
Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. –Т.: “Шарқ”, 2000. 660-
бет. 
4
Ўзбекитсон Республикасининг “Давлат тили ҳақида”ги Қонунига ўзгартиришлар ва қўшимчалар киритиш 
тўғрисидаги 1995 йилнинг 21 декабрида қабул қилинган Ўзбекистон Республикасининг Қонуни асосида 
“Давлат тили ҳақида”ги Қонуннинг янги таҳрири тасдиқланди. 


41 
“O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”
1
, deb 
yozib qo’yildi. Shunday qilib, o’zbek tili davlat tili maqomini oldi. 
Davlat hokimiyatining bo’linish printsipining jamiyatda amalda ro’yobga 
chiqarilishi, ya’ni hokimiyatlar bo’linishining amalga oshirilishi har qanday 
davlatning demokratik xususiyatini belgilaydigan omillardan biridir. Davlat 
hokimiyatining bo’linish printsipi davlat hokimiyati organlarining muvozanati va 
tengligini ta’minlaydi. Mazkur printsipning oqilona ro’yobga chiqarilishi orqali 
davlatda biror organ yoki shaxs tomonidan diktatura
2
o’rnatilishining oldi olinadi, 
davlat boshqaruvi amalga oshirilishining ideal muvozanati ta’minlanadi, davlat 
organlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zamin tayyorlanadi. 
“O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning 4-moddasining 1-
qismini keltiramiz: “O’zbekiston SSRda yashovchi davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari rahbarlari o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini 
etarli darajada bilishlari shart”
3
. Qonunning 5-moddasi (1-qism)da quyidagi 
huquqiy norma mustahkamlab qo’yildi: “O’zbekiston SSR davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlari faoliyatida s’ezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferentsiya, 
majlis va kengashlar respublikaning davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi 
ta’minlanadi”
4
. Qonunda keltirilgan ana shu moddalar (ularning qismlari)da 
O’zbekistonda davlat hokimiyati organlari o’z faoliyatini davlat tilida yuritishlari 
lozimligi ko’rsatilgan. Shu o’rinda davlat hokimiyati va uning bo’linishi printsipi 
to’g’risida qisqacha ma’lumot berishni ko’zlab, kichik bir chekinish qilamiz. Kezi 
kelganda ta’kidlamoq lozimki, davlatda hokimiyatning mavjud bo’lishi davlatning 
asosiy belgilaridan biri sanaladi. Davlatdagi mavjud hokimiyat (davlat hokimiyati) 
esa ma’lum printsip asosida taqsimlanadi, bo’linadi. Bu “davlat hokimiyatining 
1
Қонуннинг матни бўйича қаранг: Она тили – Давлат тили: (Ўқув қўлланма-мажмуа) Ўзбекистон 
Республикасининг “Давлат тили ҳақида”ги Қонунига оид ҳужжатлар (Тузувчилар: Н.Жумахўжа, 
Р.Жомонов. –Т.: “Адолат”, 2004. 80-бет. (Давлат миллат рамзлари). 
2
“Диктарута” сўзи лотинча dictatura сўзидан олинган бўлиб, “чекланмаган ҳокимият” маъносини билдиради. 
Қаранг: Ҳуқуқшуносликка оид ўзлашма терминлар. Тузувчилар: Бектемиров Ҳ., Холмедов Ҳ., Содиқов С. – 
Т.: “Адолат”, 1999. 27-бет. 
3
: Она тили – Давлат тили: (Ўқув қўлланма-мажмуа) Ўзбекистон Республикасининг “Давлат тили ҳақида”ги 
Қонунига оид ҳужжатлар (Тузувчилар: Н.Жумахўжа, Р.Жомонов. –Т.: “Адолат”, 2004. 6-бет. 
4
Ўша ўқув қўлланма – мажмуа, 7-бет. 


42 
bo’linish printsipi” deb ataladi. Mazkur printsipga ko’ra, davlat hokimiyati bir-biri 
bilan chambarchas bog’langan va ayni vaqtda ma’lum mustaqillikka ega bo’lgan 
quyidagi uch shaxobchaga bo’linadi: qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi 
hokimiyat va sud hokimiyati. Ana shu uch hokimiyat birgalikda davlat 
hokimiyatini tashkil etadi. 
Davlat hokimiyatining bo’linish printsipi davlat hokimiyati organlarining 
kelishib, bir-birini nazorat qilib va o’zaro uyg’unlikda ishlashiga imkon yaratadi. 
Shuning uchun hokimiyatning bo’linish printsipining qaror topishi demokratik 
davlatga xos jihatdir. 
To’qqizinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari 
oltinchi sessiyasida 1978 yil 19 aprelda O’zbekiston SSRning Konstitutsiyasi 
(Asosiy Qonuni) qabul qilingan
1
. Garchi, O’zbekiston SSR Markazga qaram 
respublikalardan biri bo’lgan va mustaqil davlat bo’lmagan bo’lsa-da, garchi 
O’zbekiston SSRning Konstitutsiyasida davlat hokimiyatining bo’linish printsipiga 
muvofiq davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va 
sud hokimiyatidan iborat ekani ochiq-oydin normativ asosda belgilab qo’yilmagan 
bo’lsa-da, O’zbekiston SSRda qonunlar chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari 
mavjud bo’lgan. “O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning tegishli 
moddalariga muvofiq, davlat hokimiyati organlari o’z faoliyatini endilikda davlat 
tilida, ya’ni o’zbek tilida olib boradigan bo’lishdi. Qonuning 6-moddasiga asosan, 
O’zbekiston SSR oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qonun, qaror 
va boshqa hujjatlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari 
respublika davlat tilida tayyorlanadigan, qabul qilinadigan va e’lon etiladigan 
bo’ldi. 
“O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasida 
O’zbekistonda mustaqillikka erishish ostonasida sud tizimining yangicha asoslarda 
barpo etila boshlanganini ko’rsatuvchi dalillardan biri, bu tizimda boshlangan tub 
1
Ўзбекистон ССР Конституциясининг матни бўйича қаранг: Конституция (Основной Закон) Узбекской 
Советской Социалистической Республики. –Т.: “Узбекистан”, 1984. 


43 
amaliy yangilanishlarning debochasi bo’lgani shubhasiz. Keling, Qonunning 10-
moddasi bilan yaqindan tanishaylik: 
“O’zbekiston SSRda sudlov o’zbek, qoraqalpoq tillarida yoki o’sha joydagi 
ko’pchilik aholi tilida olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni sudda 
qatnashuvchi kishilar bilmagan taqdirda bu kishilar uchun tarjimon orqali ishga oid 
materiallar bilan to’la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda 
ona tilida so’zlash huquqi ta’minlanadi. 
O’zbekiston SSRda davlat hakamligi mahkamalarida korxonalar, tashkilotlar 
va muassasalar o’rtasidagi xo’jalik nizolarini ko’rib chiqish, hal qilishda o’zbek tili 
qo’llanadi. Zarurat bo’lganda xo’jalik nizolari millatlararo muomila tilida ham 
qarab chiqilishi mumkin. O’zbekiston SSr va boshqa respublikalar korxonalari, 
tashqilotlari va muassasalari o’rtasidagi xo’jalik nizolarini ko’rib chiqish, hal 
qilishda ham millatlararo muomala tili qo’llanadi”. 
“Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishini barcha birdek 
xursandchilik va mamnunlik bilan kutib oldi. Ma’lumki, bu qonun qabul qilingan 
vaqtda hali SSSR mavjud va mustabid tuzum o’z umrini o’tab bo’lmagan edi. 
Mustabid tuzum jon talvasasida so’nggi nafaslarini olardi. Xalqimizning o’zbek 
tiliga davlat tili maqomini berish borasidagi jo’shqin harakatini mustaqillik 
yo’lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholash mumkin. 
“Til haqidagi qonun uchun harakat dastlab O’zkompartiya Markaziy 
qo’mitasi deb atalmish idora tomonidan qarshiliklarga uchradi. Ne baxtki, bu 
rahbariyat o’zgarib, respublikaimzning bugungi Prezidenti Islom Karimov rahbar 
bo’lgach, bu harakatga munosabat o’zgardi va ushbu qonun qabul qilindi. Shu 
o’rinda davlat rahbarlarining tom ma’nodagi jasoratlarini ham ta’kidlash kerak. Bu 
ham tarixiy voqealar silsilasiga kiradi”
1

“O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi 
o’zbek xalqining o’zligini anglashining o’sishi va respublikada millatlaro 
1
Тоҳир Малик. Ўнинчи довон. // “Ҳуқуқ – Право - Law” илмий-назарий юридик журнали, № 4 (8), 1999, 38-
39-бетлар. 


44 
hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’ldi, “davlat 
mustaqilligi yo’lidagi birinchi muvaffaqiyatimiz, birinchi g’alabamiz bo’ldi”
1


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin