Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix21.10.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#65690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
portal.guldu.uz-BITIRUV-MALAKAVIY IShI

 
 
 
 
 
 
KIRISh 



Mavzuning dolzarbligi. Dunyodagi xalqlar va millatlarning ozodlik 
yo’lidagi kurashlar tarixi shundan dalolat beradiki, jamiyat hayotidagi tub 
burilishlar davrida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o’zi buyuk yo’lboshchilarni 
maydonga chiqaradi. Hindiston tarixida Maxatma Gandi, Amerika Qo’shma 
Shtatlari tarixida Jorj Vashington, Frantsiya tarixida Sharl de-Goll, Turkiya 
tarixida Mustafo Kamol Otaturk ana shunday tarixiy missiyani o’z zimmasiga olib, 
ona xalqining milliy-ozodlik kurashiga boshchilik qilganini yaxshi bilamiz. 
Bizning yurtimiz tarixida ham ana shunday ulug’ yo’lboshchilar tarixiy 
vaziyat taqozosi bilan maydonga chiqib, xalqimizni yovuz bosqinchilar zulmidan 
ozod etgan, uning sha’ni va g’ururi, insoniy huquqlarini qayta tiklagan. Bu haqda 
gapirganda, Sohibqiron Amir Temur bobomiz o’n to’rtinchi asrda Turkiston 
zaminini mo’g’ullar zulmidan ozod etib, ana shunday buyuk missiyani ado 
etganini hamisha g’urur-iftixor bilan esga olamiz. XX asrning 90-yillariga kelib 
esa Prezidentimiz Islom Karimov ana shunday o’ta og’ir va mas’uliyatli vazifani 
o’z zimmasiga oldi. Buni “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” 
kitobidagi har bir nutq va ma’ruza, tarixiy hujjat tasdiqlaydi. 
Kitobdagi birinchi material - 1989 yil 24 iyunda, respublika rahbari sifatida 
ish boshlaganining ikkinchi kuni O’zbekiston Ministrlar Sovetida bo’lib o’tgan 
Farg’ona vodiysi oblastlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish 
masalalariga bag’ishlangan kengashda so’zlagan nutqidayoq Islom Karimovdagi 
haqiqiy yo’lboshchilarga xos fazilatlar yorqin namoyon bo’ladi. Avvalo, yangi 
rahbar boshqalar kabi yonib turgan o’tkir masalalarga, respublikadagi o’ta tang 
ahvolga beparvo qarolmaydi. Chunki uning qalbi, yuragi xalq dardi bilan, 
O’zbekiston dardi bilan yonadi. Uning respublikaning yangi rahbari sifatida aytgan 
quyidagi dastlabki so’zlari shunchaki so’z emas, balki qat’iy talab bo’lib 
yangraydi. U faqat va faqat respublika manfaatini, mavjud ahvolni ijobiy tomonga 
o’zgartirishni rahbar faoliyatidagi bosh mezon deb biladi va boshqalardan ham 
shuni talab qiladi: “Ishga bo’lgan, o’zimizga topshirilgan vazifaga nisbatan 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin