5
olsakkina ishlarimiz yo’lga tushib ketadi. Aks holda, vaziyatni izdan
chiqarishga intiladigan kuchlar yo meni chetga surib qo’yadi yoki juda ko’p
rahbarlarni o’zgartirishga to’g’ri keladi”
1
.
Xolbuki Islom Karimovga qadar respublikamizni
boshqargan rahbarlar
faoliyatida o’z xalqining emas, balki faqat mustabid Markazning irodasi,
uning
manfaatlari bosh mezon bo’lib kelgan edi. Shuning uchun ham ular o’zicha
mustaqil hech qanday ish qilolmas, boshqalardan ham ishni talab qilishga ularda
qat’iyat etishmas edi.
Boshqa bir o’rinda bunday holatning sabablari shunday bayon qilinadi:
“Bo’shbayov,
siyosiy irodadan mahrum, o’z xalqining or-nomusi va qadr-
qimmatini himoya qilishga qodir bo’lmagan kishilarning O’zbekiston kompartiyasi
va respublika rahbariyatiga kelib qolishi avvalo shunga yordam berdi. Ularning
aksariyati o’zlarining omon qolishlarini o’ylab,
huquq muhofazasi organlari,
jumladan, Gdlyan va Ivanov guruhi yo’l qo’ygan qonunsizlik va qonun
buzilishlarini payqamaslikka obdan urindilar”
2
.
Ana shunday rahbarlarning bo’sh-bayovligidan foydalanib,
sobiq Markaz,
O’zbekistonning o’zida ko’plab malakali va salohiyatli kadrlar bo’lishiga
qaramasdan, SSSRning turli mintaqalaridan yurtimizga ishni bilmaydigan, faqat bu
erdagi imkoniyatlardan foydalanib, davru davron surishni o’ylaydigan odamlarni
yubora boshladi. Ular xalqimiz o’rtasida “desantchi”lar deb nom oldi. “Boshqa
mintaqalardan yuborilgan kadrlarning ba’zilari
respublika ehtiyojlari va
kulfatlariga hamdard bo’lish u yoqda tursin, balki partiya,
sovet va huquqni
muhofaza etish organlari va boshqa organlarda o’zlarining rahbar lavozimlariga
tayinlanishlarini o’zboshimcha qilish uchun berilgan yorliq, deb bildilar.
Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o’lkaning o’ziga
xos noyob
xususiyatlarini bilmagan va bilishni ham istamagan bu odamlar respublika hayotini
bosib-yanchib qing’ir o’zanga solishga kirishdilar.
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011 йил, 33-
бет.
2
Ислом Каримов.Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.Т: “Ўзбекистон”НМИУ.2011 йил, 175-бет.
6
Xalqning ko’p asrlik an’analari, madaniyati, urf-odatlari va ma’naviy
qadriyatlarini mensimaslik elni juda ranjitdi.
Xalqning urf-odatlari, an’analari, madaniyati
obdan oyoq osti qilindi, ona
tilining qo’llanish sohasi sun’iy tarzda cheklab qo’yildi. Hatto, shundoq ham milliy
an’analardan ancha olisda bo’lgan ayrim san’at turlari ham kimlargadir ma’qul
bo’lmay qoldi va ularni yangilashga urindilar. Hatto milliy libos ham
qoralandi.Kezi kelganda odamlar milliy an’analar bo’yicha to’y qilish, qarindosh-
urug’larni dafn etishga ham cho’chib qolgan edilar”
1
.
Dostları ilə paylaş: