78
janoza o’qish, marhumlarni so’nggi yo’lga kuzatish va boshqa odatlar taqiqlandi.
O’rta Osiyo xalqlarining qadimiy, islomgacha mavjud bo’lgan milliy-an’anaviy
bayrami “Navro’z” ta’qib ostiga olindi. Go’yo Navro’zni
umumxalq bayrami
sifatida nishonlash boshlanganidan bo’yon respublikada “dinga ishonuvchilar soni
ko’paygan” emish. Kommunistik aqidaparastlar Navro’zni ta’qiqlab, uning o’rniga
“Navbahor” bayramini o’ylab topdi. Lekin o’zbek xalqi yuqoridan “tushirilgan”
yangi bayramni qabul qilmadi.
Urushdan keyingi murakkab va o’ta ziddiyatli yillarda xalqimiz o’ligini,
qadimiy milliy madaniyati va qadriyatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Lekin bu
oson kechmadi. Bu yo’lda o’ziga xos kurashlar va yo’qotishlar sodir bo’ldi.
Kommunistik mafkura mahalliy xalqning milliy g’ururini sindirishga urindi.
Xalqni milliy madaniyatdan, milliy an’analardan chalg’itish uchun “kommunizm”
va “rivojlangan sotsializm” kabi xayoliy aqidalarni o’ylab topdi. Ularni xalq
ommasi ongiga singdirish uchun barcha choralar, vosita va usullardan foydalandi.
Lekin o’zbek xalqi bularning barchasiga bardosh berdi.
Prezident o’z asarida mustaqillik arafasidagi madaniyatning ahvolini afsus
bilan shunday tasvirlaydi: “Madaniyatning
moddiy bazasiga nazar solsak, uyalib
erga kirib ketgudek bo’lamiz. Hamonki, jamiyat madaniyatga hayotning boshqa
sohalariga nisbatan
sariq chaqa sarflayotgan ekan, vujudidan yuksak ichki
madaniyat nurdek taralib turgan odamni tarbiyalashi mumkinmi?
Bugun bosib o’tgan yo’limizga o’z-o’zini tanqid ruhida nazar tashlab, shuni
ro’yi-rost tan olishimiz kerakki, biz madaniyat
muammolariga kechirib
bo’lmaydigan tarzda kam e’tibor bergan ekanmiz. Nutqlar va ma’ruzalarda
jamiyatning ma’naviy taraqqiyotida madaniyatning tutgan o’rni haqida juda
balandparvoz gaplarni ko’p aytdik. Lekin amalda, ya’ni
teatr va kinoteatrlarda
qurish yuzasidan aniq vazifalarni hal etishda,ulug’ ajdodlarimizdan meros bo’lib
qolgan noyob me’moriy obidalarni ta’mir etishda, kitob nashr etishni yaxshilashda,
xalq san’atini rivojlantirishda, taassufki, biz o’zimizning jarangdor chaqiriqlarimiz
va shiorlarimizni amalga oshirish yuzasidan oz ish qildik.
79
Nimaga mo’ljallangani notayin bo’lgan inshootlar va ma’muriy binolar
qurilishiga million-million so’m mablag’larni
sarflab yuboraverib, xalqning
ma’naviy va jismoniy kamoloti uchun juda zarur bo’lgan klublar, kutubxonalar,
sport inshootlari qurilishiga mablag’ni ayadik”
1
.
Dostları ilə paylaş: