X U L O S A
Atoqli nemis olimi Karl Yaspers o’z vaqtida “Buyuk shaxslar boshqalarning
erkinligi va ozodligi uchun o’zining majburiyatini chuqur his qiladi”
1
, deb
ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, tarixiy davr va ijtimoiy vaziyatning o’zi ulkan faziyatlarga ega
bo’lgan buyuk shaxsni maydonga chiqaradi. Buyuk shaxs esa, tasodif emas. U o’z
xalqining maqsadlariga, orzu-umidlariga, intilishlariga, sevinchu istiroblariga,
baxtli va sitamli onlarining guvohi bo’lib, yaxlit jamiyat ma’naviy ruhiy sharoitda
shakllanadi, rivojlanadi, kamolotga etadi.
1
Гобозов И.А. Сациальная философия. МГУ. М.: 2007. стр. 187.
88
Prezident Islom Karimov ham ayni O’zbekistonda mavjud bo’lgan ijtimoiy-
siyosiy vaziyat oqimida shakllandi, totalitar rejimning butun mohiyatini o’zbek
xalqining tarixiy qadr-qimmatini chuqur angladi. Natijada millat sha’nini tiklash,
orzu-umidi bilan yashadi va shakllandi.
Umuman olganda, buyuk shaxs zamonaviy bilimlar saviyasini egallagan, har
qanday sharoitda tez va to’g’ri qarorga kela oladigan kuchli, g’ayratli, qat’iyatli,
ayni paytda, javobgarlikni chuqur his qila oladigan inson sifatida o’zini namoyon
qila oladi. Atrofdagilarning manfaatlarini o’z hayotidan ko’ra balandroq qo’ya
oladi. O’zi qabul qilgan qarorlarni va rejalarni amalga oshirish uchun har qanday
xavf xatarni zimmasiga oldi.
Buyuk shaxs, eng avvalo, milliy qadriyatlarni qadrlay oladi, hurmat qila
biladi va ayni paytda, o’ziga nisbatan hurmatni ham talab qiladi. Aniq xulosaga
ega bo’lmagan inson ijtimoiy hayotda aniq o’ringa ega bo’lmaydi. Bunday
odamlar uchun ijtimoiy mohiyatga ega bo’lish, ijtimoiy qadriyatga aylanish haqida
gapirish o’rinsiz. Voqea-hodisalarga o’z munosabatini bildira olmaydigan,
boshqalar fikri bilan yashaydigan, vaziyatga qarab ish tutadigan, o’ta yumshoq va
noshud inson shaxs bo’lib etisha olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday
shaxs o’z qiyofasiga, o’z xulosasiga, har qanday vaziyatdan chiqa olish iqtidoriga
ega bo’ladi.
Shaxsning butun qadriyatini belgilaydigan omillardan yana biri bu bevosita
o’zining har bir fikri va hatti-harakati uchun javobgarlikni chuqur his qilish va
tushunishdadir. Ayni ana shu fazilat shaxsning jamiyatdagi o’rnini, mavqeini,
obro’-e’tiborini belgilaydi. Javobgarlik hissi, dahldorlik tuyg’usi, millat va jamiyat
oldidagi ulkan majburiyatni chuqur his qilish va eng muhimi ushbu javobgarlik va
majburiyatni ijtimoiy hayotning real voqeligiga aylantirish shaxsning butun
qadriyatini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi.
O’zbekistonning yangi rahbari – Islom Abdug’anievich Karimov qizil
imperiya va kommunistik partiyaning istiqboli yo’qligini, tajovuz va g’oyaviy-
mafkuraviy zo’ravonlikka asoslangan “Harbiy kommunizm” uzoqqa bormasligini
89
sobiq Ittifoq hududida mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ancha keskinlashganini
o’z safdoshlari va elkadoshlaridan ancha oldin chuqur tushundi. Bunday murakkab
vaziyatdan tahlikaga tushgan kommunistik mafkura hohlaydimi-yo’qmi, o’z
g’oyalarini qisman o’zgartirish, ish uslubining yangi shakllarini izlab topishi,
qisqasi,imperiyachilik siyosatini va mavjud tuzumni saqlab qolish uchun qandaydir
o’zgarish qilishi kerak edi. Ana shu harakatlarning mahsuli sifatida Gorbachevcha
“qayta qurish” siyosati dunyoga keldi.
Bir qarashda qayta qurishning siyosati sovet ittifoqida demokratik
jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning haq-huquqlari va erkinliklarini
kengaytirish borasida ma’lum darajada ijobiy siljishlarga olib keldi. Biroq, bu asl
manzaraning tashqi ko’rinishi edi, xolos. Aslida esa qayta qurish siyosati o’zining
ko’zlagan maqsadiga, kutilgan natijasiga erisha olmadi.
M.Gorbachev boshchiligidagi sovet hukumati rahbariyati nomigagina
erkinlikka yo’l berib, inson huquqlari xususida ko’pirtirib gapirsada, mohiyatan
totalitar tuzum va ma’muriy-buyruqbozlik rejimini saqlab qolishdan manfaatdor
edi. Zotan, ular hech qachon SSSRning tarqalib ketishini nazarda tutmagan va buni
kutmagan ham edi.
Jarayonlar bu darajada tezlashdiki, oxir oqibatda nafaqat M.Gorbachevni
balki butun Siyosiy Byuroni, partiya Markaziy Qo’mitasini, hukumatni talvasaga
solib qo’ydi. Natijada ma’muriy organlar kuchidan foydalanish yo’li tanlandi.
Turli shaharlarda, mintaqalarda, SSSRning faol va demografik jihatdan murakkab
bo’lgan, geosiyosiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan nuqtalarida
beqarorlikni vujudga keltirish orqali mamlakat aholisini chalg’itish yo’liga o’tildi.
Umuman olganda, Islom Karimov respublika rahbarligiga saylanganidanoq
Markaz bilan o’ziga xos “munosabat”da bo’ldi. Ochiqroq aytganda, uning o’ta
qat’iyatliligi, o’z fikriga va xulosasiga egaligi hamda o’z yo’liga sobitligi “ulug’
og’a”larga unchalik ham yoqmasdi. Ikkinchidan, millat manfaatiga ko’proq yon
bosgani, respublika ichki hayotidagi vaziyatga chuqurroq kirib borgani sayin KPSS
Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosida ham, SSSR Oliy Kengashi va Ittifoq
90
idoralarida ham unga nisbatan munosabat keskinlasha boshladi. Ayniqsa,
yurtimizni abgor qilib Markazga “qochib” borgan bir guruh “sobiqlar” bunday
“qulay” fursatdan foydalanib qolish uchun turli-tuman hiylayu nayranglarni ishga
solishdi. Qator markaziy nashrlarda O’zbekiston va uning rahbariyatiga nisbatan
ig’vogarliklar uyushtirishdi. Bunday og’ir, ziddiyatli bir sharoitda ishlash davlat
rahbaridan alohida asab, nihoyatda vazminlik, po’latdek mustahkam iroda talab
etadi.
Ana shunday paytda I.Karimov raqiblarga hurmat bilan qarash, ularning
fikrini diqqat bilan eshitish, zarur bo’lsa ulardan ijobiy xulosalar chiqarish, xalq va
mamlakat manfaati uchun har qanday ig’vogarliklar, tazyiqlaru zo’ravonliklar,
qolaversa maqtovlaru xushomadgo’yliklarga bir xilda munosabatda bo’lish, faqat
aql-idrokka tayanib ish tutish namunasini ko’rsatdi.
Prezident Islom Karimov – el-yurt uchun fidoyi, buyuk azmu shijoat,
mustahkam iroda egasi. U ozgina adolatsizlikka ham chiday olmaydigan, haq va
haqiqatni butun vujudi bilan himoya qiladigan siyosatchi. Uning ana shunday
fazilati ayniqsa Respublika rahbarligiga saylanganidan so’ng yana ham yorqinroq
ko’zga tashlana boshladi. Chunonchi, Farg’ona voqealari yuz bergan bir paytda
deputatlardan qonli to’qnashuv sabablarini respublika Oliy Kengashi sessiyasida
keng muhokama qilishni so’radi. SSSR Oliy Kengashidan bu fojialar asosini
chuqur o’rganish va o’z vaqtida siyosiy baho berishni talab qildi. Uning bevosita
tashabbusi bilan fashizmga qarshi urush yillarida vatanidan quvib chiqarilgan qator
xalqlarga o’z yurtiga qaytishga yordam berish to’g’risida dekloratsiya qabul qilindi
va SSSR Oliy Kengashiga taqdim etildi. Aytish mumkinki, o’z vaqtida katta
siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan bunday hujjat faqat O’zbekistonda qabul
qilindi va uning rahbariyati hamda xalqi hoxish-irodasining ifodasi sifatida butun
SSSRda e’lon qilindi.
Shunday qilib, davlat rahbari hayoti uchun xatarli, ammo millat va yurt
istiqboli uchun shukuhli bo’lgan dastlabki, zalvorli qadamlar qo’yildi.
Yurtimizning xalq dushmani sifatida qoralangan milliy merosimiz va
91
qadriyatlarimizni asl farzandlaridan tortib buyuk allomalarimiz hayoti va ijodini
o’rganish, man etilgan ulug’ tariximiz, milliy merosimiz va qadriyatlarimizni –
barcha-barchasini tiklash uchun sharoit tug’ildi. Halqimiz uchun borgan sari
o’zligini anglashga, o’zligini tiklashga, tarixiy qadriyatlarini o’z vaqtida
baholashga zamin yaratildi. Xo’sh bularning hammasiga qanday qilib erishildi?
Bunday imkoniyat o’z-o’zidan yuazaga keldimi? Yo’q albatta!
Dostları ilə paylaş: |