54
harakat qilishimiz shart”, degan edi
1
. Bu o’rinda
gap ayrim harbiy qismlarda
intizomning bo’shashib ketgani, ustavga xilof munosabatlar mavjudligi,
yigitlarning mayib bo’lib qaytishi va halok bo’lishiga yo’l qo’ymaslik haqida
bormoqda. Biz ro’yirost aytishimiz kerakki, bunga aslo yo’l qo’ya olmaymiz. O’z
farzandlarimizni ularga nisbatan noxush hatti-harakatlardan
va belgilangan
qonunlarning buzilishidan muhofaza qilish uchun barcha ishlarni qilamiz, deb
ta’kidlaydi muallif.
So’ngra O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining tashabbusi bilan
O’zbekiston SSR Oliy Soveti Ittifoq organlariga yigitlarimizning xizmatini o’tash
tartibini o’zgartirish to’g’risida bir qancha takliflar kiritgani,
bu masalalar hal
etilayotgani, chunonchi qurilish qismlariga chaqirilgan yigitlar Turkiston harbiy
okrugi xududida xizmatni o’tashlari to’g’risida masala hal etilgani haqida axborot
berib, bu boradagi amaliy ishlarga to’xtaladi.
2
Ana shunday chiqishlardan keyin bu sohadagi ahvol o’zgarib, chaqiruv
komissiyalariga Oliy sovet va mahalliy sovetlarning
deputatlari jalb etiladigan
bo’ldi. O’zbekistondan chaqirilgan yigitlarning barcha jangovar qismlarda harbiy
xizmatni o’tash shart-sharoitlari respublika jamoatchiligi tomonidan qat’iy nazorat
ostiga olindi.
Milliy armiyamizni shakllantirish yo’lidagi dastlabki dadil harakatlar haqida
so’z borganda biz uchun mardlik, azmu shijoat. Vatanga sadoqat timsoli bo’lgan
buyuk Amir Temur bobomizning muborak nomini milliy
qadriyatlarimiz ayovsiz
toptalgan o’sha tahlikali davrda Yurtboshimiz jasorat bilan tilga olib, bu ulug’
zotga o’z hurmatini bildirganini eslashimiz, albatta, o’rinlidir. Quyidagi so’zlar bu
jihatdan ayniqsa e’tiborlidir.
“Qaysi bir kitobda g’oyat ibratli rivoyatni o’qigan
Dostları ilə paylaş: