24-mavzu. Pul muomalasi va inflyatsiya
25-mavzu. Moliya tizimi va moliyaviy siyosat
26-mavzu. Jamiyatning kredit tizimi va pul-kredit siyosati
27-mavzu. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli
28-mavzu. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati
V bo’lim. IQTISODIYOT NAZARIYASINING XALQARO ASPEKTLARI
29-mavzu. Jahon iqtisodiyoti va uning evolyutsiyasi
30-mavzu. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va uning asosiy shakllari
Asosiy tushunchalarning izohli lug’ati (glossariy) Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti laureatlari
I bo’lim. IQTISODIYOTNING UMUMIY ASOSLARI
1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va tahlil uslubi
Asosiy tushunchalar
1. Normativ iqtisodiyot
2. Pozitiv iqtisodiyot
3. Mikroiqtisodiyot
4. Makroiqtisodiyot
5. Iqtisodiy qonunlar
6. Iqtisodiy kategoriya
|
7. Gipoteza
8. Ilmiy abstraktsiya
9. Induktsiya
10. Deduktsiya
11. Funktsional tahlil
12. Iqtisodiy fikrlash
|
a) Xarajatlar va olinadigan natijani taqqoslash asosida ratsional qaror qabul qilish;
b) Iqtisodiy jarayonlarni baholab, iqtisodiyotda qanday tadbirlar belgilash yoki qanday iktisodiy siyosat yuritish kerakligini, iqtisodiy rivojlanish maqsadini ko’rsatishga asoslangan yo’nalish;
v) Ishonchli nazariya bo’lishi uchun tajribada sinash va nazariy jixatdan asoslab berish lozim bo’lgan, muayyan hodisani yuz berishi sabablarini izohlash uchun ilgari surilgan ilmiy taxmin;
g) Iqtisodiy hodisa jarayonlar o’rtasidagi muhim bog’lanish, iqtisodiy zaruriyatni taqozo etuvchi, sabab-oqibat, sifat va miqdor bog’lanishlari bo’lib, individ va institutlarni xatti-harakati, tanlash sabablari va motivlarini umumlashtirgan Holda xarakterlab berilishidir;
d) Nazariy iqtisodiyotning birinchidan, iqtisodiy alohidalashgan birliklari (firma, korxona, uy xo’jaligi), ikkinchidan alohida olingan bozor, aniq mahsulot narxlari, sotuvchi va xaridorlarni samarali tanlov tamoyillarini shakllanishini o’rganuvchi bo’lim;
e) Faktlar, dalillar yordamida tadqiqot olib borib, ular tahlili asosida iqtisodiy faoliyat jarayonida o’zlarini qanday tutishlari, iste’mol tanlovini ilmiy asoslashga harakat qiladi;
yo) Nazariy iqtisodiyotning iqtisodiyotga bir butun tizim sifatida yondashib, iqtisodiy siyosatning maqsadini shakllantiradi, uni realizatsiya qilish uchun zarur chora-tadbirlar belgilashni tadqiq qiluvchi bo’limi;
j) Jamiyat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlarini ifodalovchi iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir;
z) Iqtisodiy Hodisalarning eng barqaror bog’lanishini olib, masalaning mohiyatiga putur etkazmaydigan ikkinchi darajali faktlarni ajratib olib, ularni yo’q deb faraz qilinadi yoki o’zgarmaydi deb olib tadqiq etilishi;
i) Empirik bilimdan abstraktsiyaga o’tish, xususiy xulosadan umumiy xulosa chiqarish metodi;
y) Funktsional bog’lanish, ya’ni bir miqdorning o’zgarishiga qarab boshqa miqdorning o’zgarishi o’rtasidagi bog’lanish asosida iqtisodiyotni tahlil etish;
k) Nazariyadan amaliyotga, umumiy xulosadan xususiy xulosa chiqarishga, ilgari surilgan gipotezani real iqtisodiy faktlar yordamida tekshirishga, tadqiq qilishga asoslangan metod.
Dostları ilə paylaş: |