Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə47/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

2000 y.

2001 y.

2002 y.

2003 y.

Liverpul birjasida paxta tolasining o’rtacha narxi t/dollar

1389

1058

1014

1410

Dollarning so’mga nisabatan o’rtacha kursi

140

272

506

975

Paxta tolasining o’rtacha narxi t/so’m

194460

287776

513084

1374750

Paxta xom ashyosining o’rtacha sotish bahosi (davlat xarid narxlari) t/so’m

56000

86000

137000

209000

Paxta tolasini (paxta xom ashyosidan 30% tola chiqishni hisobga olgan holda) davlat xarid narxlari bo’yicha bahosi t/so’m

184800

283000

452100

698700

Jahon narxlaridan farqi t/so’m

9660

4000

60484

685050

Jadval, muallif tomonidan qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, birja ma’lumotlari asosida abstraktsiya usulini qo’llab hisoblangan.

Jadvalda qaysi narxlar jahon narxlari, qaysi birlari davlat xarid narxlari, milliy narxlar ko’rsating. Paxta tolasiga jahon narxlaridan paxta xom ashyosi(30% tola olinadi desak) xarid narxlari farqini, 2000 yilga nisbatan narxlar qanday o’zgarganini hisoblang. Narxlar haqida o’z fikringizni bayon qiling. Jadvalni keyingi yil ma’lumotlari bilan to’ldira olasizmi?.


9. «Sof» monopolist o’z tovari narxini cheksiz oshirishi mumkin, chunki u tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi. Uning tovariga talab mutloq


noelastik, uning egri chizig’i vertikal shaklda. Siz bu fikrga qo’shilasizmi?
11. Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Tushunchalar ichida guruhga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlang va uni ro’yxatdan chiqaring. Sababini izohlang.
Tushunchalar: o’lchov, hisob-kitob qilish, iqtisodiyotni tartibga solish, daromad va resurslarni taqsimlash, demping narxlari, ijtimoiy himoya qilish, axborot berish.
T/N
1. Sotuvchilar o’z tovarlarini bozorda alohida guruhlarga bo’lib sotishni yaxshi ko’rishadi. Masalan, kartoshka sotayotgan sotuvchi ularni, yirik, o’rtacha, kichik guruhlarga bo’lib, muvofik ravishda xar xil narxlar: yirik, silliq kartoshkalarning kilosiga 450 so’m, o’rtachalariga 320 so’m, maydalariga 190 sum narx belgilashadi. Buni narx diskriminatsiyasiga misol qilib ko’rsatsa bo’ladi
2. Agar tovarning bozor bahosi doimiy ekan, u holda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ortishi firmaning foydasi miqdoriga ta’sir qilmaydi.
3. Agar mahsulot narxi o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan past bo’lsa, firma ishlab chiqarishni nolga qadar qisqartirish orqali foydasini maksimallashtiradi.
3. Raqobatlashuvchi firma uchun mahsulot bahosi me’yoriy daromadga teng
4. Har qanday narx diskriminatsiyasi noqonuniy
5. Jamiyatning tabiiy monopoliyalar hukmronligidan sof yo’qotishlar barham topadi, qachonki tartibga solinuvchi baho ma’lum talab darajasida o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlariga teng qilib belgilansa
6. Marshallning fikricha oldi-sotdi qilgunga qadar tovarning go’yoki ikki narxi mavjud bo’ladi
7. Oligopoliya sharoitida raqobat ustun darajada narxdan foydalanmay (narxsiz) olib boriladi
8. Yakka monopolist ham o’zi hohlagancha tovariga narx qo’ya olmaydi
9. Oligopoliya sharoitida raqobat asosan narx yordamida olib boriladi
10. Monopsonist uchun taklif narxi ikki xil: a) kamayib boruvchi, b) o’sib boruvchi bo’lishi mumkin
11. Xarajatlarda uncha ko’p bo’lmagan yoki o’rtacha o’zgarishlarda nima sababdan oligopolistik bahoni va ishlab chiqarish hajmini o’zgartirmaslik zarurligini «siniq» egri chizig’i modeli tushuntirib beradi.


Testlar

8. O’zbekistonda narxlarni erkinlashtirish


a) uch bosqichda: (1992 yil boshidan, 1993 yil, 1994 yil oktyabr-noyabr);
b) ikki bosqichda (1992-1993, 1993-1994 yillarda);
v) to’rt bosqichda (1992-1993, 1993-1994, 1994-1995);
g) besh bosqichda (1991-1992, 1992-1993, 1993-1994, 1994-1995);
d) ikki bosqichda (1992-1995, 1995 dan Hozirgacha) amalga oshirildi.



Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin