‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 ‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

0 ‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari
imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy 
omillaridan biri, bu ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot va 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdir.
Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini 
joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish 
zaruriyati paydo bo'ldi? Birinchidan, o'qituvchini o‘quv 
jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlami egallash 
manbalaridan biriga aylanib qolayotganligini ta’kidlash mumkin.
Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan 
bosqichida axborotlaming keskin ortib borayotganligi va ulardan 
o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, 
shuningdek, o‘quvchilami kasbiy faoliyatga mukammai tajyorlash 
talablari ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalami joriy etishni 
taqozo etmoqda.
Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri — 
axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’lim 
jarayonini tizimli integratsiyalash va uni boshqarish hisoblanadi. 
Islohotlar jarayonida bosh vazifa qilib, o4quv jarayonini tashkil 
etish, uning mazmunini tubdan yangilash, kompyuterlashgan 
muhitda 
o'
qituvchilaming pedagogik faoliyati va o‘qu vchilaming 
bilim olish jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi.
469


Zamonaviy axborot texnologiyalarmmg ta’limni intensivlash- 
tirish va optimallashtirish imkoniyatlari masofaviy malaka 
oshirishni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning 
uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalari o‘qituvchi kadrlari malakasini oshirishdan 
asosiy maqsad o‘qituvchilarda zamonaviy axborot texnologiyalari 
imkoniyatlaridan foydalanib bilim, ko‘nikma va malakalarini 
hamda pedagogik mahoratlarini shakllantirishdir.
Bugungi kunda pedagogik ta’lim samaradorligini о shir ish bilan 
bevosita aloqador bo‘lgan bir qator, hozirgacha yechimi topilmagan 
muammolar mavjud. Bu muammolar ta’lim sohasini axborot- 
lashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida o‘qituvchi 
kadrlar tayyorlash, o‘qituvchilaming zamonaviy axborot-kom- 
munikatsiya texnologiyalardan foydalanish malakasining yetarli 
emasligi bilan bog‘liq.
Bu muammolaming muhim qirralaridan biri sifatida o‘qituv- 
chilaming o‘zlarida ta’limni zamonaviy axborot texnologiyalari 
bilan jihozlashga bo'lgan munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Shu 
narsani ta’kidlash joizki, axborotlashtirish sharoitida o‘qituv- 
chining pedagogik mahorati hozirgi zamon talablari darajasida 
yanada oshadi.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy komp­
yuter va telekommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlan- 
moqda. Bu o‘z navbatida o'qituvchilaming o‘z melmat faoliyat- 
lariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. 0 ‘quv jarayonida 
yangi texnologiyalami joriy etilishi, o‘qituvchini texnik vositalar 
tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini o‘z- 
gartiradi, o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra kasbga aylan- 
tiradi.
Kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalarmmg jadal 
sur’atda rivojlanishi endilikda hozirgi zamon o‘qituvchisining 
pedagogik mahorati naqadar serqirra ekanligini namoyon etmoqda. 
Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchidan:


Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin