‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 ‘qituvchinmg kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

0 ‘qituvchinmg kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar
bilimini nazorat qilishi
0 ‘quvchilar bilimini baholashning kompyuter tizimi va 
o‘zlashtirish monitoringini tashkil etish uchun awalo, zamonaviy 
ta’lim tizimida o£qitishning sifatini tashxis qilishga, ya’ni uning 
hoiatini 
aniqlamay 
turib, 
undagi 
jarayonlami 
samarali 
boshqarishga, ta’limda ma’lum bir maqsadga erishishning iloji 
yo‘qligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. O'quvchilaming 
yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli mezonlar 
va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga zamonaviy 
axborot texnologiyalarini qo‘llash, ulaming qo‘yilgan didsiktik 
talablarga haqiqatan mosligini nazorat qilish mumkin.
467


Bunda pedagogik tashxis, o‘quvchilaming bilim, ko'nikma va 
malakalarini shakllantirish darajasini aniqlashni, nazorat qilishni, 
baholashni, yig‘ish va statistik ma" lumotlarning tahlili hamda 
kelgusida bu jarayon rivojini bashorat qilishni o‘z ichiga oladi. 
Metodik adabiyotlarda o‘quvchilar o‘ zlashtirishlarining tashxisi, 
ular tomonidan erishilgan yutuqlaming darajasi sifatida qayd etish 
ekanligiga e’tibomi qaratsak, unda pedagogik tashxisning maqsadi, 
ta’lim jarayoni borishining tahlili va uni baholashni o ‘z vaqtida 
aniqlanishidan iborat bo‘ladi.
Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday baholash, 
faqat 
o‘quvchining o‘zIashtirish darajasini belgilash bilan chegaralanib 
qolmay, o‘qish jarayonini rag‘batlantirishda muhim pedagogik 
vosita va ijobiy motiv uyg‘otish bilan o ‘quvchi shaxsiga kuchli 
ta’sir etadi. Shu xilda o‘quvchini obyektiv baholash asosida unda 
adekvat ravishda o‘z-o‘zini baholash imkoniyati tug'iladi va o‘z 
muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabatning shakllanishi qayd 
etiladi. Shu nuqtayi nazardan o‘quvchi bilim, ko‘nikma va mala­
kalarini baholash, ayniqsa, bilimlarini nazorat qilishning kompyu- 
terlashtirilgan tizimi, zamonaviy axborot-pedagogik tizimlarida, 
ular da bilimni nazorat qilishni tashxisiy ahamiyati va haqqo- 
niyligini samarali bajarish maqsadida tinmay izlanishlar va tako­
millashtirish ishlarini olib borish taqozo qilinadi. Mazkur masa- 
laning yechimi o‘qitishning maqsadga muvofiq va haqqoniy b o ii- 
shida, iloji boricha aniq va asoslangan usul sifatida qayd qilingan.
Kompyuter texnologiyalari asosidagi o'quvchilar bilimini 
nazorat qilish faqat mutaxassis o ‘qituvchilar tomonidan emas, balki 
pedagogik jarayon ishtirokchilari tomonidan ham amalga 
oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday texnologiyalami moni­
toring tizimidajoriy qilishda pedagogik jarayon ishtirokchilarining 
axborotga, bilimga bo‘lgan ehtiyoj va ishtiyoqlarini faollashtirishga 
erishish zarur.
0 ‘quvchilar bilimi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish 
kompyuter tizimining asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va 
ttiuvaffaqiyatlami aniqlash, uni takomillashtirish yo'llarini 
ko‘rsatish, shu asosda o‘quvchilarga samarali ijodiy faoliyat 
ko‘rsatish uchun sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi
468


navbatda, o ‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish 
sifati bilan, ya’ni o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va 
malakalami egallash darajasi bilan bog‘liq. Ikkinchi tomondan, 
kompyuter nazoratining asosiy maqsadini aniqlashtirish, o‘zaro, 
shuningdek, o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha yondashuvlami 
amalga oshirish hamda o‘zaro va o£z-o‘zini nazorat qilishga 
bo‘lgan ehtiyojning shakllanishi bilan bog‘liq. Uchinchidan esa, bu 
maqsad o‘quvchilarda bajarilgan ish uchun javobgarlikning 
namoyon bo‘lishi kabi shaxsning ijobiy sifati arini tarbiyalashga 
qaratilgan bo‘ladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin