Экологик экспертиза
Жамият манфаатларини кўзлаб атроф-муҳитни муҳофаза қилиш талабларига
мувофиқ хўжалик ва бошқа объектларнинг фаолиятини бошқаришнинг муҳим томони
ҳамда ягона экологик сиѐсатни юргизиш йўли Давлат экологик экспертизаси ҳисобланади.
Экологик экспертиза жамият ташкилотлари ва давлат муассасалари янги қурилма
объектлари, ишлаб турган хўжалик ва бошқа объектларни қайта қуриш назардан баҳолаш
учун фаолият кўрсатади. Давлат экологик экспертизаси республикадаги маълум бўлган
эксперт органлари тизимида алоҳида ўрин эгаллайди. У объектларни комплекс тарзда
баҳолайди, яъни экологик, ижтимоий-иқтисодий томонларидан баҳолаш билан бирга
унинг фаолиятини ўзгариш оқибатлари нималарга олиб келиши, шунингдек давлат
экологик экспертизаси ―табиат - жамият‖ тизимидаги барча ўзаро боғланишлар ва
зиддиятларни ҳар томонлама таҳлил қилади.
7. Мустақил ишлаш тартиби.
1-тажриба. Тегишли адабиѐтлардан биосфера тузилмасининг таркибий қисмлари
ўрганилиб, тавсифланади. Альбомга биосферанинг умумий тузилмасининг
схемаси чизилади.
2-тажриба. Тегишли адабиѐтлардан биосферанинг тирик моддаси ва унинг функциялари
хақидаги маълумотлар альбомга жадвал қилиб чизилади.
3-тажриба. Биосферада моддаларнинг айланишини адабиѐтлар асосида ўрганилиб,
схематик равишда моддаларнинг айланиш фазалари альбомга чизилади.
8. Кутиладиган натижалар.
Ўқитувчи:
13.
Мавзу
бўйича
мақсадни
тушунтириш.
14.
Талабаларда қизиқиш уйғотиш.
15.
Янги тахнологик усулларни қўллаш.
Талаба:
16.
Талабаларни мавзу бўйича тўла
маълумот олиши.
17.
Талабалар
билимини
шакллантириш.
18.
Талабаларни қизиқиш билан
қабул қилиши.
381
Ekologiya fanidan
Glossariy
Abiogenez –Yerda hayotning noorganik moddalar asta-sekin murakkablasha borishi va biopolimerlar
(nuklein oqsillari va boshqa) hosil bolish yo`li bilan paydo bo`lganligi to`g`risidagi nazariya. XX asr
o`rtalarida oqsilsimon va boshqa organik moddalarning abiogen yo`l bilan sintez qilinishi A. gipotezasini
tasdiqlaydi.
Muxitning abiotik omillari- organizmga ta`sir etuvchi jonsiz tabiat omillari, ular organizmning
Yashash sharoitini belgilaydilar. M.a.o kimyoviy (atmosfera havosi va uning tarkibidagi gazlar
aralashmasi, suv.suv osti yotqiziqlari va tuproqdagi kimyoviy birikmalar) va fizikaviy (havo va suvning
harorati, bosimi, shamollar, radiatsiya va h.k.z.) omillsr guruxlariga bo`linadi. Organizmlar o`zlarining
evolyutsion taraqqiyoti jarayonida bu omillarining ta`sirini o`tkazadi (mas., oziqlanish va nasaf olish
bilan atmosferadagi O2 va CO2 nisbatini saqlab turish). Organizmlarning biosferada tarqalish
imkoniyatlari asosan abiotik muhitning cheklovchi omillariga bog`liq ( qar. kengroq- Omil)
Abiosfera- litosferaning hozirgi kunda ham, ilgarigi vaqtda ham hech qachon tirik ogranizmlar yoki
biogen moddalar ta`sirida bo`lmagan qavati.
Absorbent- absorbsiya jarayonida turli absorbatlarni yutib olvchi modda. Qar.- Absorbat,
Absorbsiya.
Absorbsiya- 1) suyuqliklar yordamida zararli gazlar aralashmasini tozalash usuli. A.absorberlarda
amalgam oshiriladi. Bunda zararli gazlar aralashmasi pastdan yuqoriga, absorbent (yutuvchi suyuqlik)
esa unga qarshi yuqoridan pastga yo`naltiriladi. Gazsimon aralashmalarni ammiak, vodorod xloridi va
ftorididan tozalashda absorbent sifatida suvdan va ishqorli eritmalardan tsianli birikmalarda tozalashda
temir kuporosi eritmasidan, tashlama nitrozgazlaridan tozalashda ammoniy sulfati eritmasidan,
aromatic uglevodorodlardan tozalashda quyushqoq moylardan foydalsniladi va h.k.z.; 2) yorug`lik,
radioto`lqinlar va tovushning biror moddaga yutilishi. Qar.- Zararli tashlamalarnitozalash.
Avtogenez- idealistik qarashlarning umumiy nomi bo`lib ,ularga ko`ra organic dunyoning
evolyutsiyasi jarayoni tashqi muhit omillarining ta`siriga bog`liq bo`lmay,balkim qandaydir ichki
nomoddiy omillsr orqali boshqariladi va tartibga solib turiladi. Taqqos. – Ektogenez.
Avtoregulyatsiya (tabiatda)- tabiatda o`z-o`zini tartibga solib turish. Tabiatdagi barcha ekotizimlar
doimiy o`zaro ta`sirda bo`lganligidan ularda dinamik muvozanat saqlanadi (mas., u yoki bu turdagi
organizmlar soning avtoregulyatsiyasi).
Avtotropizm – tashqi omil ta`sirida yerga yotib qolgan o`simlik organlarining bu omil ta`siri
to`xtagach yana to`g`rilanishi (mas., yotib qolgan boshoqlilarning ko`tarilishi).
Avtotroflar –quyosh energiyasidan foydalanib noorganik birikmalardan organik moddalar hosil
qiluvchi organizmlar. A. larga fotosintez jarayoni kechadigan barcha organizmlar (quruqlik va suvdagi
yashil o`simliklar, yashil suvo`tlari, fototrof baktеriyalar va boshqa) kiradi. Yеr yuzidagi (sh.j.okеan va
dеngizlardagi) A.organizmlar yiliga 190 mlrd t organik moddalar to`playdilar, shundan taxminan 10 mlrd
tonnasi gеtеrotrof organizmlar tomonidan ozuqa sifatida qabul qilinadi.
Agro...- murakkab so`zning old qismi bo`lib,mazmuniga ko`ra inson tomonidan turli ekinlarni ekish
(o`tkazish) bilan o`zgartirilib yuborilgan yеr maydonini anglatadi.
Agrobiogеotsеnoz- qishloq xo`jalik maxsulotlari olish maqsadida yaratilgan sun`iy ekotizm bo`lib u
ekolgik jixatdan chidamsiz bo`ladi va faqatgina insonning aralashuvi bilan o`zini uzoq vaqt saqlab
qolishi mumkin.
Agrotsеnoz – qishloq xo`jalik maxsulotlari olish maqsadida inson tomonidan yaratilgan va doimiy
parvarishlab turiladigan, ekologik jixatdan ancha bеqaror, ammo yuqori biologik maxsuldorlikka ega
bo`lgan biotik birlashmalar (o`simlik va xayvonlar) majmuasi.
Agrofitotsеnoz – inson tomonidan ma'lum turlarni urug`idan yoki qalamchadan o`stirish bilan
yaratiladigan ўsimliklar qoplami. A.tarkibiga o`sha joyda o`sayotgan barcha madaniy va yovvoyi
o`simliklar kiradi.
Adaptatsiya – 1)organizmlarning evolyutsion rivojlanish jarayoni davomida ularning abiotik muxit
omillariga moslashishi va boshqa organizmlar bilan erkin raqobat qilaolish xususiyati. Ushbu jarayonda
ularda muxit omillari ta'siriga nisbatan fiziologik, morfologik va xulq-atvor moslashishlari paydo bo`ladi;
382
2)konchilik sanoati ishlab chiqarishida qo`llaniladigan atama bo`lib, bunda u yoki bu kondan foydalanish
ishini tashkil qilishda ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan barcha omillar o`sha joyning maxalliy
sharoitiga moslanadi (mas.,ishlab chiqarishga maqbul tеxnologiyani qabul qilish, mashina va
mеxanizmlarni tanlash va moslashtirish, ishchilarning mеxnat xavfsizligini ta'minlash va boshq..). 3)
atama tilshunoslikda xorijiy tildagi matnni o`rganishni yangi o`rganayotganlar uchun osonlashtiruvchi
ma'nosida qabul qilinadi (mas., ikkita parchaning o`zaro adartatsiyasi).
Advеntivlik – turning ma'lum bir joyga boshqa joylardan yoki guruxlardan kеlib qolishi.
O`zbеkiston sharoitida advеntiv turlar qatoriga xayvonlardan gambuziya, ondatra, nutriya va boshqalarni,
o`simliklardan bambuk, aеlanta, kungaboqar, soya, tarvuz, kaliforniya tеragi va boshqalarni kiritish
mumkin.
Absorbsiya – eritma yoki gaz tarkibidagi moddalarning qattiq yoki suyuq moddalar sirtiga
yuttirilishi. Ba'zi qattiq jismlarning gazsimon va suyuq moddalar tarkibidagi ifloslovchi somponеntlarni
yoki eritmalar tarkibidagi qimmatli maxsulotlarni ajratib olish va o`z sirtida to`plash xususiyatiga
asoslangan tozalash (ajratib olish) usuli bo`lib, u maxsus qurilmalarda- adsorbеrlarda amalga oshiriladi.
Bunda ifloslangan gazsimon va suyuq xoldagi moddalar yoki tarkibida qimmatli maxsulot saqlagan
eritma qattiq g`ovak jismlar (adsorbеntlar) orqali o`tkazilganda adsorbеntlar sirtida kuchlanish maydoni
xosil bo`lib, ulardagi iflosliklarni (yoki kеrakli maxsulotni ) o`ziga tortib oladi. Adorbеnt sifatida
aktivlashgan glinozyom (silikogеl), aktivlashgan alyuminiy oksidi (alyumogеl), sintеtik sеolitlar
(molеkulyar elaklar) va ionitlardan foydalaniladi. Gazlarni organik bug`lardan , qo`lansa xidlardan va
boshqalardan tozalash uchun ayniqsa aktivlashtirilgan ko`mir kўproq ishlatiladi. Qar.- Zararli
tashlamalarni tozalash.
Azonallik- 1) mintaqaviylikning buzulishi. A.odatda inson omili ta'sirida vujudga kеladi. Masalan,
O`rta Osiyo shaxarlarida shimoliy mintaqalarda o`suvchi ninibargli daraxtlarning o`stirilishi.; 2) muxitni
tashkil qiluvchi komponеntlarning o`zaro lokal ta'sirda bo`lishi.
Akaritsidlar- kanalarga qarshi kurashda qo`llaniladigan kimyoviy vositalar (mas., mеtafos,
mеtilnitrofos va sh.o`.).
Akvatoriya- atrofi tabiiy, sun'iy yoki boshqa shartli chеgaralar bilan o`rab olingan suvlik maydon.
A. O`z ichiga suvning tubigacha bo`lgan suv qatlamlarini , suv xavzasi litosfеrasini va suv satxiga tеgib
turgan xavo bo`shlig`ini oladi.
Akklimatizatsiya- 1) organizmlar majmuasini inson uchun foydali bo`lgan turlar bilan boyitish
maqsadida bunday turlarning yangi joylarga ko`chirib kiritish chora-tadbiri; 2) organizmlarni sun'iy
ravishda yangi yashash sharoitiga ko`chirganda ularning o`zgargan yangi sharoitga moslashib yashab
kеtishi.
Akkumulyatsiya – biror narsaning to`planib qolishi. Masalan, organizmlarda ifloslovchi
moddalarning akkumulyatsiyasi – tashqi muxitda siyrak uchrovchi kimyoviy moddalarning
organizmlarda to`planishi.Dengiz hayvonlari gavdasi P, Si va Zn ning konsentrasiyasi suvdagidan ko`ra
ming marta, S,Fe va Cu niki esa o`n marta ortiq bo`ladi.
Allelogoniya- jamoada organizmlarning o`zaro bevosita munosabatlari bo`lib, bu munosabatlarda
modda va energiya biridan ikkinchisiga o`tib turadi. Masalan, yirtqich va o`lcha parazit va xo`jayin
munosabatlari.
Allelopatiya- har xil turga mansub birgalikda yashovchi organizmlarning ajratadigan mahsulotlari
vositasida o`zaro ta`sir ko`rsatishi. Masalan, chumolilar uyasida ular bilan birga qo`ng`izlar yashaydi(
bunday qo`ng`izlar 5 tur). Bunda chumolilar ularni muhofaza qiladi va o`z ovqatiga sherik qiladi,
qo`ng`izlar va o`zidan chumolilar uchun sevimli bo`lgan xushbo`y suyuqlik ajratib beradi.
Allogamiya- bir gulning boshqa o`simlik guli changidan changlanishi( chetan changlanish).
Allopatriya- 1) sistematik jihatidan o`zaro yaqin hayvonlarning turli tarqalish areallarida bir xil
ekologik nishani egallashi, ya`ni geografik vikariatlik hodisasi. Masalan, quvushshoxlilar avlodiga
mansub har xil turdagi ohularning turli ta`biiy zonalardagi cho`larda hayot kechirishi; 2) evolyutsiya
jarayonida turli shakl( tur) dagi hayvonlarning paydo bo`lishi. Masalan, Galapagoss arxipelagidagi turli
orollarda vyuroklarning har xil turlari kelib chiqgan.
Alloxoriya- o`simliklar va zamburug`larning mevasi, urug`I va sporalarining turli tashqi omillar:
shamol (anemoxoriya), hayvonlar(zooxoriya), suv( gidroxoriya), insonlar(antropoxoriya) yordamida
tarqalishi.
Amensalizm- biotik munosabatlarning bir xil shakli bo`lib, bunda birgalikdagi yashash tarsi birga
yashovchi ikki turning biriga salbiy ta`sir ko`rsatadi, ammo ularning ikkinchisi bunday yashashdan na
383
zarar va na foyda ko`rmaydi. O`zaro munosabatlarning bunday shakli odatda o`simliklarda uchraydi.
Masalan, daraxt ostida o`sayotgan yorug`liksevar o`tchil o`simliklar daraxt shoxlarining soya solishidan
zarar ko`radilar, ammo bunday birga yashash daraxt uchun na zarar na foyda keltirmaydi.
Amfibiontlar- ikki xil muhitda: suvda va quruqlikda yashashga moslashgan organizmlar.
Anabolizm- organizmlarning ovqat hazm qilish bilan bog`liq biokimyoviy jarayonlar majmuasi.
Bunda organizmning gavdasi tashkil topadi. Qar.- Meta-bolizm.
Anagenez- organizmlarning tashqi sharoitga moslashishi jarayonida ularning tuzulishi va faoliyat
ko`rsatishining takomillashuvi. A. barcha filogenetik tarmoqlarning kelajakdagi evolyutsion
taraqqiyotiga yo`l ochib beradi.
Bazofil organizmlar (< gr. basis — asos, poydevor + phileo — sevadigan) — 1) ekol. ishqorli
substratda normal rivojlanuvchi organizmlar (mas., urobakteriyalar, cho'l va sahrolarda o'suvchi
ko'pchilik o'simlik turlari); 2) tib. leykotsitlarning donador turlari.
Bakterial tanlab eritish — kerakli metallarni ulaming boyitmalaridan yoki
tabiiy tog' jinslaridan suvli muhitda bakteriyalar ishtirokida fSnlab eritish.
Bakteriyalar (gr. bakteria - tayoq-cha) — mayda to'qimali mikroorganizmlar. Ularning juda
maydalari (0,2 um atrofida), odatda, parazitlar bo'lib, juda yiriklari (10 um dan katta) —
sianobakteriyalar (yoki ularga boshqacha qilib, ko'kyashil suvo'tlari, ham deyiladi) esa konchilik
sanoatida keng qo'llaniladi. B. dan hozirgi davrda oziq-ovqat sanoati, konchilik sanoati, oqava suvlami
biologik tozalash va xalq xo'jaligi boshqa sohalarning biotexnologik jarayonlarida keng
lushadi.
Tozalanadigan gaz (bug") ma'lum tezlik bilan yuborilganda barboter teshikchalari ustida gaz oqimi,
uning tepasida esa pufakchalar qavati hosil bo'lib, bu pufakchalar yuqoriroqda ko'pik qatlamini hosil
qiladi. Ko'pik qatlamining qalinligi sirt — faol moddalar aralashmasiga yoki qalqib yurgan qattiq
zarralarga bog'liq bo'ladi. Ko'pik qatlamining betida pufakchalar yorilib suyuqlikni sachratib turadi.
Barboterdan o'tkazilgan gaz tarkibidagi zararli moddalar undagi suyuqlikka yutilib qoladi. B.
mexanizmi hali to'liq ishlab chiqilmagan.
Bakteriofaglar ( bakteriyalarni yeydigan viruslar. «B.» atamasi fanga kanadalik bakteriolog Erell Feliks d' (1873-
1949) tomonidan 1917-yilda kiritilgan.
Batial (< gr. bathys — chuqur) — Dunyo okeanining suv sathidan 200-500 m dan 1000-
1500 m gacha bo'lgan chuqurlikdagi ekologik zona. B. okeanning suvi sayoz va chuqursuvli
abissal zonalari o'rtasidagi oraliq holatni egallaydi va u o'zida hayotning nisbatan siyrak bo'lishi
bilan xarakterlanadi.
Batibiontlar (< g
. bathys — chuqur + biontos - yashovchi) — ehuqur suvlarda yashovchi
organizmlar. Ekologik xavfsizlik — 1) ekologik xarakterga ega bo'lgan tabiiy yoki texnogen
tusdagi halokatlarning oldini olishni kafolatlash; 2) hozirgi kunda mavjud bo'lgan yoki yuzaga
kelishi. taxmin qilinayotgan ekologik vaziyatning aholi sog'ligini saqlash maqsadlariga moslik
darajasi; 3) Yer yuzidagi ekologik balansni shunday darajada ta'minlaydigan holat, hodisa va
harakatlar komplekslariki, bunday sharoitga inson organizmi jiddiy zarar ko'rmasdan
moslashaolishi mumkin.
Biogen elementlar (< gr. bios -hayot + genesis - kelib chiqish + lot. elementum - modda) —
organizmlar tarkibiga kiruvchi, ulaming hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan kimyoviy elementlar.
Garchi organizmlar tarkibida atrof muhitdagi B.e. ning 63 turi uchrasada, ulardan faqatgina 20 turi
organizm uchun zarur bo'lib hisoblanadi (ular orasida eng muhimlari O
2
, C, H
2
, N, Ca, K, P, Mg, S,
Cl, Na hispblanadi).
Bioindikatorlar (< gr. bioticos — tirik + lot. indico - ko'rsatuvchi) — bir turga yoki
hamjamoaga mansub individlar gurahi bo'lib, ulaming holatiga ko'ra o'sha joyning muhitida zararli
moddalar yoki yerosti boyliklari borligi aniqlanadi (mas., ma'lum bir yerda shuvoqning
Artemisia turanica, A. terraealbae turlari yaxshi o'sib rivojlanishi o'sha joy tuprog'ida oltin
borligini, qarag'ay bujurida uran moddasining to'planishi o'sha joy tuprog'ida uran borligini
ko'rsatadi, lishaynik va ba'zi ninabargli daraxtlarning yaxshi o'sib rivojlanishi o'sha joydagi muhit
havosining tozaligini ko'rsatadi h.k.z.). B. ning muhim xususiyati — muhitning ekologik holatini
kuzatish imkonini berishdir. Qar. — Organizm - indikator.
Biom( majmua
so'zini
anglatuvchi
qo'shimchama'lum
geografiklandshaft zonasidagi turli guruhlarga kiravchi organizmlar va ularaing yashash muhiti
majmuasi (mas., tundra biomi, qurg'oqchil zonalar biomi va h.k.z.)
384
Biomassa ( < gr. bioticos - tirik + lot. massa - bo'lak, kesak (fizik kattalik) — yashash
maydoni (yer yuzi) yoki hajmi (tuproq, have yoki suvlik) birligida tur, populyatsiya va jamoa
individlarining quraq yoki ho'l holdagi utnumiy vazni (kg/ha, g/m
2
, g/m
3
va shunga o'xshash o'lehov
birliklarida
ifodalanadi)
385
Dem (< gr. demos - xalq) — popu-lyatsiyaning soni, individlar zichligi, yoshi va
jinsiy tarkibi to'g'risidagi statistik ma'lumotlar to'plami.
Demekologiya (< gr. demos (lot. pop u l u s ) - x a l q , a h o l i ) — ekologiyaning
populyatsiya ichidagi individlarning o'zaro va ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini
o'rganadigan bo'limi.
Dendrobiontlar (< gr.dendron -daraxt + biontos - yashovchi) — daraxtda yashovchi
organizmlar.
Depopulyatsiya (< de...+ lot. populus — xalq) — muayyan maydonda hayvonlar (va
sh.j. insonlar) sonining kamayishi.
Depressiya (lot. depressio — tushkun-lik, pastlik, pasayish, chuqurlik)— 1) yer
yuzining dengiz sathidan past bo'lgan joylari; 2) chuqurlik, past relyefli yassi
tovoqsimon joy; 3) tushkunlikka tushish, ko'ngil cho'kish, kasodga uchrash
hodisalari (mas., tushkun kayfiyatga tushish, iqtisodiy tanglikdan xalq xo'jaligi
sohasida yuzaga kelgan turg'unlik (yoki pasayib ketish) bilan kasodga uchrash va boshq.)
Desikantlar(< lot. desiccare -quritish) — o'simliklami to'lig'incha quritib
yuboruvchi kimyoviy moddalar. D. odatda o'simliklarning hosilini yig'ib olish
arafasida (mas., paxta terishga kirishish oldidan) ulaming poya va barglarini quritish
asosida hosilning pishishini tezlatish uchun ishlatiladi. D. sifatida ko'pincha mishyak
kislotasi, natriy, magniy va kalsiy xloratlaridan foydalaniladi.
Deflorant(< de...+ lot. fioris - gul) — o'simliklar hosil berishining oldini olish
maqsadida ularning gulini quritib to'kish ughun foydala-niladigan kimyoviy
modda.
Dtflyatsiya (< lot. - deflare - uchirib ketish) — tuproqning shamol eroziyasi. Dunyoning
barcha sahro zonalariga, sh.j. O'zbekiston Respublikasining g'arbiy qismiga D. xavf
solib turadi. (sinonim— Shamol uchirishi).
Defoliant (< de...+ lot. folium -barg) — o'simliklarning bargini quritib
to'kadigan kimyoviy modda (mas., g'o'zaning bargini to'kib ko'sakning pishishini
tezlatish va terimda mexanizatsiyani qo'llashni osonlashtirish uchun foyda-
laniladigan moddalar).
Dibiontlar(< gr. di (dis) - ikki marta + biontos — yashovchi) — ikki xil muhitda
(mas., suv va quruqlik muhitida - baqa) yoki xo'jayinlarda (ba'zi parazitlar) yashovchi
organizmlar.
Ekologik divergentsiya (< lot. divergo - og'aman, chetga chiqaman) — 1) ichki
yoki tashqi omillar ta'siri natijasida organizmlar bir uyushmasi-n i n g i k k i g a b o i i n i b
k e t i s h i ; 2) ajdoddan avlodga beriladigan morfo-fiziologik irsiy belgilaming yangi
avlodlarda o'zgarib ketishi.
Ekologik takrorlanish (< ekologik +'* fr. double - ikki hissa, takrorlash) — *$. bir
trofik guruhga kiruvchi? populyatsiya tuflarining ekotizimdagi I modda va energiya
oqimida bir-birini * funksional almashtirish xususiyati. *• Bunday xususiyat
ekologik' barqarorlikni ta'minlashning muhim mexanizmi- bo'lib hisoblanadi.
Ekologik takrorlanish hodisasida yo'qolgan tur o'mini unga yaqin tur egallaydi yoki
uning o'mini unga ekologik jihatdan o'xshash bo'lgan boshqa turlar to'ldiradi
(mas., tuyoqlilarni kemiruvchilar, yirtqich-larni parazitlar almashtirishi mumkin).
Ekologik takrorlanish hodisasidan texnik qurilmalarning ishonchliligini ta'minlashda
foyda-lanish mumkin.
Elektromagnitdan
ifloslanish
— muhit elektromagnit xususiyatlarining
o'zgarishidan (elektr uzatgich simlaridagi kuchlanish, radio va televideniye uzatgichlari,
ba'zi sanoat qurilmalari ta'sirida) kelib chiqadigan fizikaviy ifloslanish shakllaridan biri.
Keyingi paytlarda Quyosh sirtida yuz berayotgan tabiiy portlashlar ham yer yuzida
elektromagnitdan ifloslanishni oshir-moqda. E.i. muhit holatini yomon-lashtirib, tirik
organizmlarning nozik biologik tuzilmalariga salbiy ta'sir ko'rsatadi, yurak va asab tizimlarini
yomonlashtiradi hamda kishilarda arterial qon bosimini ko'taradi.
Evolyutsiyaning tezlashish qonuni. (< lot. evoluto — rivojlanish) — geo- , logik
davrlar o'tishi bilan yangi
}
shakllarning paydo bo'lishi tezlashib,
;
yuqori darajadagi
386
organizmlaming, hukm surish davri tuban organismlamikiga nisbatan qisqarib., boradi
(mas., qushlar tunning hukm surish davri o'rtacha 2 mln yil :bo'lsa, sut
emizuvchilarniki
0,7-0,8
mln
yilga
teng)
Ekologik konstantalik qonuni (< gr. oikos - uy, vatan + lot. constans -
o'zgarmas) — tirik moddaning biror joyda kamayishi uning boshqa joyda ko'payishiga olib
keladi, ya'ni biror ekologik nisha ham uzoq muddatga bo'shab qolmaydi
(Vemadskiy,1978), chunki ulardagi sharoitga moslashaolgan organizmlar asta-sekin
tarqalib, ularni doimo egallab turadilar.
Dostları ilə paylaş: |