Ekologik xavf-xatar zonasi — yer yuzi yoki suvlikning shunday qismiki, bunda
doimo inson faoliyati xavfli ekologik vaziyatlami keltirib chiqarish ehtimoli bo'ladi (mas.,
suv , tagidan neftni qazib olish jarayonida, uran va boshqa radioaktiv element-larning
konlaridan foydalanishda va h.k.z.).
Ekotizmlar ierarxiyasi (< gr. hieros- muqaddas + arche - hukmronlik) —
tuzilishi
turli darajadagi ekotizim larning o'zaro tunksional tobelik tartibi. Bu tartibni
quyidagicha tasavvur qilish mumkin: biogeotsenoz - biogeotsenotik
kompleks - landshaft - Yer yuzi.
Evrigigrobiontlar (< gr. euiys -keng + hygros — namlik + biontos -yashaydigan ) —
muhit namligining kuchli o'zgarib turishiga chidamli organizmlar.
Evrigalinlar (< gr. eurys - keng + halinos - sho'r) — muhitning sho'rligi yoki kimyoviy
tarkibi kuchli o'zgarib turishiga chidayoladigan organizmlar. Ularga dengiz litoralida yashovchi
ko'pgina haybonlarni kiritish mumkin (mas., tuxum qo'yish uchun dengizdan daryoga o'tuvchi
losos va yarim o'tuvchi baliqlar).
Evrifotlar (< gr. euiys - keng + photos - yorug'lik) — muhitning turlicha yorug'lik
rejimiga moslashib normal yashayoladigan organizmlar.
Faunistik kadastr (< lot. Fauna (hay-vonot olami + kadastru...) — biror-bir
hududning
faunasi
va
hayvonot
dunyosi
to'g'risidagi
ma'lumotlar
to'plami.
Foydalanish me'yori — tabiiy re-surslarni (qazilma boyliklar, o'rmonlar, quruqlik va
dengiz hayvonlari, mevalar, zamburug'lar va h.k.z.) ulardan o'z-o'zini tiklashiga imkon
bergan holda foydalanishning belgilangan miqdori. F.m. — bu tabiiy resurslardan
fovdalanishga son va sifat jihatdan qo'yilgan chegara bo'lib, u: 1) ekotizimlarning faoliyat
ko'rsatishini va tarkibini (ularning yosh va jinsiy tarkibi, tuzilishi, o'zaro ichki
munosabatlari va h.k.z.ni) buzilishdan saqlaydi; 2) qayta tiklanmaydigan resurslarni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan asoslangan holda birin-ketin xarajat qilishni ta'minlaydi.
Fakultativ parazitlar (< gr. parasitos - tekinxo'r + fr. fakultativ -zarur
bo'lmagan) — xo'jayin organizmi bilan unchalik mustahkam bog'lanmagan, undan
oziqlanmasdan ham yashayoladigan organizmlar (mas., baliqlar jabrasida parazitlik qiluvchi
minogalar). F.p. ko'pincha kasallangan yoki zaiflashib qolgan, parazitga qarshi turaolmaydigan
xo'jayinlardan foydalanadi.
Fotofillar (< gr. photos - yorug' lik + philos - sevadigan) — yorug' liksevar
organizmlar.
Fotofoblar (< gr. photos — yorug'lik + phobos - qo'rquv) — yorugMikni
yoqtirmaydigan organizmlar.
Freatofitlar (< gr. phreatos — quduq + phyton - o'simlik) — chuqur joylashgan yer
osti suvlari hisobiga yashovchi o'simliklar. F. ga tipik misol qilib yantoq, yulg'un va sahro
hamda chalasahroda o'suvchi ba'zi o'simliklami keltirish mumkin.
Fumigant (< lot. fumigare -tutatmoq, tutun qilmoq) — ekinzorlarni,
molxonalami, ombor-xonalar va maishiy binolami zararkunanda va parazitlardan tutatib
dezinteksiya qilishda qo'llaniladigan zaharli yoki cho'chituvchi kimyoviy moddalarning
umumiy nomi.
Fungitsidlar (< lot. fungus - zambu-rug' + caedere - o'ldirmoq) — yog'och
qurilmalarni emiruvchi va o'simliklami kasallantiruvchi zambu-rug'larga qarshi kurashda
qo'llaniladigan kimyoviy moddalar.
Floristik rayonlashtirish — Yer yuzini, xususan, o'simliklarning endemik
turlari tarkibiga hamda floraning shakllanish va rivojlanish tarixiga ko'ra alohida regionlarga
bo'lish.
387
Flotatsiya (ingl. flo(a)tation — qalqib chiqish) — 1) ekol. oqava suvlar orqali havo
o'tkazib tozalash usuli. Bunda havo pufekchalari suv tarkibidagi sirtfaol moddalarni
(SFM), neft, moy va boshqa iflosliklami ilintirib olib, suvning betiga tortib chiqaradi va
suvdan oson ajratib olinadigan ko'piksimon qatlam hosil qiladi; 2) metallurg. maydalangan
ho'l foydali qazilma rudasini boyitish usuli. Bu usul mineral zarrachalarining ikki xil
fazadan birining sirtiga tanlab yopishishiga asoslangan bo'lib, konsentratga sirt-faol
moddalar (SFM) qo'shib pulpa hosil qilish bilan amalga oshiriladi. F. jarayoni uch
variantda bo'lishi mumkin: a) ko pikli flotatsiya — bunda gidrofob (suvni yoqtirmaydigan)
mineral zarralar pulpaga yuborilgan havo pufaklariga yopishib ko'pik hosil qiladi va suv
betiga ko'tariladi; b) pardali flotatsiya — bunda suv oqimiga tushgan mineral zarralar suv
yuzasiga chiqib, o'ziga xos parda hosil qiladi; c) yog'li flotatsiya — bunda mineral
zarralar pulpadagi yog
1
tomchilariga yopishib, ular bilan birga yuqoriga qalqib chiqadi.
Fotoperiodizm (< gr. photos - yorug'lik + periodos - aylanib turish, navbatlashish) —
organizmlarning kun va tun uzunligiga, ya'ni yorug'lik bilan qorong'ulikning daviiy
ravishda almashib turishiga t al abi . F. ning m exanizmi ekologiyada to'liq o'rganilmagan.
Fitomelioratsiya (< gr. phyton -o'simlik + lot. melioratio -yaxshilash) —
o'simliklar tabiiy uyushmalarini saqlab qolish yoki o'simliklarni ekib o'stirish yo'li bilan
tabiiy muhitning holatini yaxshi-lashga qaratilgan kompleks tadbirlar.
Fitonsidlar (< gr, phyton — o'simlik + lot. caedero - o'ldirmoq) — o'simliklardan
ko'pincha gazsimon holatda ajraladigan boshqa organizmlarga (ayniqsa bakteriyalar,
zamburag'lar va boshq.), sh.j. kasallik qo'zg'atuvchi mikro-organizmlarga, halokatli
ta'sir ko'rsatuvchi kimyovi y faol mahsul otlar. F. O'rta Osi yo sharoitida ko'plab
o'suvchi chinor va ninabargli daraxtlardan ayniqsa ko'p ajraladi.
Gazoanalizatorlar (< gr. analysis -ajralish) — havo muhitida yoki tashlama gazlar
aralashmasi tarkibida mavjud bo'lgan turli gazlami va ularning miqdorini aniqlashda
foydalaniladigan asboblar. Individual, ko'chma va statsionar G. farqlanadi. Individual
G. ga «Palladiy», «PGA» va «Elan» ning, ko'chma G. ga — «Infralit», «Kaskad»,
«MAG», «Politest», «Tazal» va «Xobbit» ning, statsionar G. ga — «Dikon», «Meran»,
«Mindal» va boshqalarning turli modifikatsiyalari kiradi. G. yordamida uglerod oksidlari,
azot oksidlari, oltingugurt angidridi, ammiak, uglevodorodlar va boshqa zararli
aralashmalar aniqlanadi. Gazni tozalash -— sanoat va ener-getika korxonalaridan
atmosferaga tashlanadigan gazlar tarkibidagi qattiq, suyuq va gazsimon holatdagi
iflosliklami tutib qolish texnologiyasi yoki tadbirlari kompleksi.
Galobiontlar (< gr. hals - tuz + biontos - yashovchi) — sho'r suvlarda hayot
kechimvchilar.
Generatsiya (< lot. genero - tug'a-man, bunyod qilaman) — o'tgan bo'-g'indan
bevosita pay do bo'lgan barcha avlodlar. Ba'zi organizmlar (sodda hayvonlar) tez
ko'paysa, boshqalari (hasharotlar, sichqon-simonlar, tovushqon) yilida bir necha bor,
uchinchilari (tuyoqlilar, yirtqichlar) yilida atigi bir marta va to'rtinchilari (kitlar, filial") bir
necha yilda bir marta avlod beradi.
Galokserofitlar (< gr. xeros - quruq + phyton - o'simlik) — tuzga va quruqlikka
chidamli o'simliklar.
Galofillar (< gr. hals - tuz + phileo — sevaman) — sho'rligi yuqori darajada
bo'lgan muhitni xush ko'ruvchi organizmlar (tuzsevarlar). Masalan, cho'lda yashovchi ba'zi
qoratanqo'ng'izlarning lichinkasi.
Genetika (< lot. geneticos -tug'ilish, pay do bo'lish bilan bog'liq) — tirik
organizmlarning irsiyat va o'zgaruvchanligi hamda ularni boshqarish to'g'risidagi fan. «G.»
atamasini fanga birinchi marta 1906 y. ingliz genetigi Uilyam Betson (1861-1926) kiritgan.
G. fanining kelib chiqishi va rivojlanishida avstriya tabiatshunosi Grigor Mendelning
(1822-1884) turli no'xat navlarini chatishtirish ustida olib borgan tajribalari, hamda golland
botanigi va genetigi De Friz Xugo (1848-1935) ning mutatsiya naza-riyasi katta rol o'ynadi.
Genotip (< gr. genes - tug'iladigan, tug'ma + typos - nishona, belgi) — individ barcha
irsiy belgilarining majmuasi.
388
Gerbitsidlar (< lot. herba - o't-o'lan + caedere - o'ldirmoq) — keraksiz o'simliklarni
tanlab o'ldirmoq uchun foydalaniladigan kimyoviy zaharli moddalar. G. yuqori konsentratsiyada
insort va hayvonlar hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Gerpetobiontlar (< gr. heipeton -sudralib yuruvchi + biontos -yashovchi) — yer
yuzasidagi o'simlik yoki boshqa organik qoldiqlar orasida (sudralib yurib) yashovchi
hayvon turlari.
Geterogalinlik (< gr. geteros - boshqa, turli xil + halinos - sho'rlik) — tirik
organizmlarning muhitning turli darajadagi sho'rligiga chidab yashayolish qobiliyati.
Atama ko'pincha gidrobiontlarga nisbatan qo'llaniladi.
Hayotiy shakl — bir xil muhitda yashash uchun o'zaro o'xshash morfoekologik
moslanishlarga ega bo'lgan o'si mlik va hayvon gumhlari. Bir H.sh. ga sistematik
jihatdan bir-biridan uzoq bo'lgan har xil turlar kirishi mumkin. «H.sh.» atamasini birinchi
bo'lib o'sim-liklarga nisbatan 1905, 1907-y llarda daniyalik ekolog va geobotanik
organismlarning o'zgarishi va_ moslashishini o'rganish imkonini beradi
. Hayot tarzi — tur individlarining muhitning biotik va abiotik omillariga munosabati
xillari bo'lib, bu muno-sabatlar o'sha turning evolyutsiyasi jarayonida uning muhit omillaiiga
o'ziga xos moslashish xususiyatlari bilan belgilanadi.
Havaskorlik ovi — hayvonlarni dam olish, ko'ngil ochish, ulardan o'lja suvenir
olish yoki ovchining o'zi va uning oilasi iste'mol qiladigan mahsulot olish maqsadida
ovlash. Bunday ov ovchi iqtisodiy hayotining asosi bo'laolmaydi.
Hayvonot dunyosi — biror-bir majmua tarkibiga kiruvchi hayvon individlari
birlashmasi (mas., to'qayzoriaming H.d., qumli choining H.d. va h.k.z.). H.d. nafaqat
turlar tarkibi bilan, balki individlar soni yoki yosh va jins jihatidan tarkibiy tuzilishi,
hayvonlar guruhlarining tipologik xususiyatlari (mas., suv hayvonlari,botqoqlik hayvonlari,
cho'l hayvonlari, tog' hayvonlari; saprofaglar, yirtqichlar, parazitlar) bilan xarakterlanadi.
Hayvonlar ko'chishi — bir-biridan uzoqda joylashgan, tabiiy sharoiti o'zaro keskin
farq qiluvchi yashash joylari orasida hayvonlarning ma'lum qonuniyatlar asosida ko'chib
yurishi. H.k. muhit ekologik omillarining o'zgarishidan yoki hayvonlar rivojlanishning
turli davrlarida u yoki bu omilga nisbatan talabi o'zgarishidan kelib chiqadi. H.k. davriy
(mavsumiy) yoki muhit sharoitining yomonlashuvi (qurg'oqchilik, yong'in chiqishi, suv
bosishi va h.k.z.) natijasida nodavriy bo'lishi mumkin. Nodavriy ko'chishlar odatda ommaviy
halokat bilan tugaydi. Suv hayvonlarining ko'chishining qo'yidagi turlari ma'lum:
anadrom ko 'chish — dengizda ya-shovchi hayvonlarning ko'payish davrida daryolarga
chiqishi (ba'zi osetrasimonlar va losos baliqiar);
katadrom ko 'chish — daryoda ya-shovchi hayvonlarning ko'payish uchun dengizga
ko'chishi (daryo ilonbalig'i).
Hayvonlar jamoasi — ma'lum bir maydonni egallagan, turidan qat'iy nazar, barcha
hayvonlar majmuasi. Bu majmuaga bir yoki birnecha turdagi hayvonlar kirishi mumkin.
Havoni tozalash — havo tarkibidagi yot (zararli) aralashmalarni fiziko-kimyoviy
usullarni qo'lash yo'li bilan ajratib olib, havoning sifat tarkibini uning tabiiy holdagi
darajasiga keltirish (qar. — Atmosfera havosi). Sanoat rivoj-langan hududlarda ishlab chiqarish
tashlamalaridan H.t. turli usullarni qo'llash bilan, shuningdek turli xildagi
changgaztutgichlardan foydalanish bilan bajariladi. H.t. tushunchasi nisbiy xarakterga ega
bo'lib, uni hechqachon mutloq tozalab bo'lmaydi. Qar. -Zararli tashlamalarni tozalash.
Himoyalovchi rang (shakl) —
muhit tusiga (ko'rinishiga) mos bo'lib, hayvonlami nazarga ilinishdan saqlovchi rarigi
(shakli). H.r.(sh.) passiv himoya vositasi organismlar.
Hamjiхatlikda yashash prinsipi —
bu prinsip quruqlikda yashovchi hay-vonlaming raqobat asosida bir-birini siqib chiqarish
to'g'risidagi Gauzeolib borayotgan amaliy faoliyati.
Hayotning mutloq uzunligi —
individning tug'ilgan vaqtidan boshlab to uning tabiiy o'limigacha bo'lgan hayot davri.
Hayotning o'rtacha uzunligi — individlarning o'rtacha yashash yoshi. U
ma'lum yoshgacha yashayo'lgan individlar umumiy yoshini o'lganlar so niga bo'lish
bilan keltirib chiqariladi (mas., 5 tasi 20 yoshgacha, 10 tasi 18 yoshgacha va yana 10 tasi
389
15 yoshgacha yashadi: 5 x 20 =100; 1 0 x 1 8 = 180; 10 x 15 . = 150; 430 : 25 =17,2.
Demak, H.o'.u.= 17,2 yil). Odatda tur hayotining uzunligi va hayotning ekologik
uzunligidan kam
Indikator (lot. indikator -ko'rsatkich) — fizik hodisa, kimyoviy modda yoki
organizm bo'lib, u o'zining soni ko'pligi yoki rivojlanish holatining yaxshligi bilan atrof
muhitning holatini yoki undagi o'zgarishlami ko'rsatadi. Biologik indikator {biologik + lot.
indikator - ko'rsatkich) — 1) o'zlari-ning mavjudligi yoki rivojlanish holati bilan muhitdagi
o'zgarishlami ko'rsatadigan tirik organizmlar guruhi; 2) muhitning xususiyatlarini, unda
o'zining mavjudligi bilan qazilma boyliklar borligini ko'rsatadigan tur yoki organizmlar
uyushmasi (mas., ba'zi turdagi shuvoqlaming (Artemisiya turanika, A. terrae — albae)
gurkirab rivojlanishi o'sha yer tuprog'ida oltin borligidan, qarag'ay bujurida uran
moddasining bo'lishi o'sha joy tuprog'ida uran borligidan darak beradi). Qar. — Tur -
indikator.
Ifloslanishni ko'rsatuvchi indikator (< lot. indikator - ko'rsatgich) — atrof muhitda
ifloslovchi modda-lar pay do bo'lganligidan, to'plangan-ligidan, sifat yoki son tarkibi
o'zgarganligidan darak beruvchi vosita.
Insektariy (< lot. insektum -hasharot) — hasharotlarni ko'pay-tirish va
ularni kuzatish uchun foydalaniladigan bino.
Insektofungitsid (< lot. insektum -hasharot + fungus - zamburug' +caedere -
o'ldirmoq) — bir vaqtning o'zida ham hasharotlarni (insektitsid) va ham
z00000000000000000000000000000000amburug' larni (fYigitsid) qiradigan kimyoviy
modda.
Intrazonallik (< lot. intra - da, ichida + gr. zone - mintaqa) — ba'zi tabiiy hosilalar
bir xildagi turining (mas., tuproq va o'simliklar turining) bir vaqtning o'zida bir necha
geografik zonalarda uchrash xususiyatlari.
Introduksiya (< lot. introduktio -kiritish) — 1) biror turdagi individning o'z
arealidan chetga maqsadli yoki tasodifiy chiqarilishi; 2) begona tur individining mahalliy
tabiiy komplekslar tarkibiga muvaffaqiyatli kiritilishi.
Ixtiofauna (< gr. ichthus - baliq + lot. Fauna (hayvonot olami) — biror-bir suv havzasida
yashovchi, shuningdek, yer tarixining ma'lum bir bo'lagida yashab o'tgan baliqlar va to'garak
og'izlilar turlarining majmui.
Idioadaptatsiya (< gr. idios -alohida + keying! lot. adaptatio -moslashish) —
organizmlarning ma'lum bir turdagi hayot kechirish tarziga nisbatan xususiy mosla-nishlari
(mas., ovqatning xili va uni izlab topishga ko'ra qushlar tum-shug'i tuzilishining turlicha
shakl-larda bo'lishi, o'simliklar urug'ining turli yo'llar bilan tarqalishga mos-lanishlari va
h.k.z.). «I.» atamasini fanga birinchi marta 1925-y. rus olimi, evolyutsion ta'limot asoschi-
laridan bin Aleksey Nikolaevich Severtsov (1866-1936) kiritgan.
Inbriding (< ingl. in - da, ichida + breeding - ko'payish) — yaqinqonli chatishish, ya'ni
ajdodi umumiy bo'lgan organizmlaming o'zaro chatishishi. I. natijasida organism-larda
mutatsiya kelib chiqish ehtimoli kuchayadi. I. darajasi ayniqsa o'sim-liklaming o'z-o'zidan
changla-nishida yoki bir turga mansub hayvonlarning o'zaro davomli chatishishida yuqori
bo'ladi. Inson-laming qarindosh-umg'lar orasidagi nikohlari genetik jihatdan noma'qul bo'lib,
u naslning buzilishiga olib keladi.
Invaziya (lot. invazio - bosqinchlik, hujum qilish) — 1) organizmga para-zitlar yuqishi;
2) biror-bir turdagi tirik organizmning o'ziga xos bo'lmagan joyga kirib olishi; 3) tabiiy
uyushmaga yangi turning kelib qo'shilishi.
Kommoner qonuni — to'rt qismdan iborat: 1) barchasi o'zaro bog'liq (tabiatda biror
hodisa yakka holda ro'y bermaydi, birining o'zgarishi boshqasani ham o'zgartirishga
olib keladi). Bu - «Ekologik korrelya-я tsiya qonuni» ga mos —i keladi. Qar. — Ekologik
korrelyatsiya &-qonuni; 2) barchasi qaergadir yo'qolib ketadi. Ekotizim muhitning
moddiy, energetik va axborot resurslari oqimi hisobiga rivojlanadi. Bunda bir xil
resurslar yo'qolib, boshqa resursga aylanib turadi va shu asnoda boshqa organizmlar
uchun yashash sharoiti yaratiladi. Masalan, Quyoshdan yer yuziga yetib kelayotgan
energiya resursi tuproqda va o'simliklar tanasida o'zgarib boshqa xil energiyaga
aylanadi va o'simliklarning yashashi uchun imkoniyat yaratadi (bunga «Parazit -
390
xo'jayin» va «Yirtqich — o'lja» munosabatlarini ham misol qilish mumkin).
Bundan shuxulosa chiqadiki, mutloq chiqindisiz texnologiya bo'lishi mumkin
emas. Toshko'mir, neft, tabiiy gaz, kislorod va boshqa shunga o'xshash hosilalar
Kayromonlar (< gr. kairos - foyda + >hormao - qo'zg'ataman, harakatgai keltiraman) —
organizmlardan muhitga >jralib boshqa organizmlarga o'ziga xos ta'sir ko'rsatadigan
moddalar. IUlarning ba'zilari foydali, boshqalari :.zararli va hatto xavfli bo'lishi mumkin.
Masalan, yirtqichlarni yoki parazitlami ■■o'ziga jalb qiladigan suyuq ajratmalar. *K.
populyatsiya darajasida foydali,)
chunki ular undagi individlar sonini,; tartibga solib, kerakli darajada^ kamaytirishga xizmat
qiladi.
Kalsefillar (lot. calcis - ohak + gr. * philos - sevadigan) — ishqorli muhitni ya'ni
ohaktoshli tuproqni xush ko'ru/chi o'simliklar (mas., evropa tilog'ochi). Bu o'simliklar
og'ir metallar — temir, marganes va alyuminiyning erkin holdagi ionlari ta'siridan nordon
tuproqlarda yaxshi o'smasmasliklari mumkin, ammo ishqorli tuproqlarda mavjud bo'lgan
bunday og'ir metallarning ionlari ularga ta'sir qilmaydi.
Kalsefoblar (lot. calcis- ohak + gr. phobos - qo'rquv) — ohaktoshli tuproqlarni
yoqtirrmaydigan o'simliklar (mas., torf moxlari). Ular nordon tuproqlarda og'ir metallarning
ionlarini bog' lash
xususiyatiga egadirlar.
Kannibalizm (< fr. cannibale — odam-xo'r) — o'z turiga mansub individni, ba'zan o'z
bolalarini yeyish. Bu hodisa 1300 tur hayvonlarda kuzatilgan (mas., oq laylak, yapaloqqushlar
va boshqa-larda bola boqishda ovqat kamayib qolgan hollarda o'sish va rivojla-nishdan
orqada qolgan bolasini o'ldirib, go'shtini boshqa bolalariga yediradi).
Kanserogen (< lot. kancer - rak + gr. genos - kelib chiqish) — xavfli o'sma-larni keltirib
chiqarish va rivojlantirish xususiyatiga ega bo'lgan fizikaviy agent (mas., avtomobildan
chiqadigan gazlar tarkibidagi benz-(a)-piren va qo'rg'oshin bug'i).
Karantin (< it. guaranta giorni - qirq kun) — quyidagi holatlarning oldini olishga
qaratilgan chora-tadbirlar:
1)
yuqumli kasalliklaming tarqalishi;
2)
biror yerga istalmagan turlarning kirib qolishi.
Ba'zan vaqtinchalik K.hollari ham uchraydi — biror-bir joydagi hayvonlar
podasiga yangi individni keltirib qo'shib yuboriladigan bo'lsa, u dastavval bir necha
kun maxsus joyda nazorat ostida alohida saqlanadi.
Klassifikatsiya (< lot. classis - daraja,'
:
sinf + facere — qilmoq) — subyektni, individni,
predmet va hodisalarni har qanday turdagi o'zaro o'xshash bo'lgan' belgilariga ko'ra shartli
ravishda guruhlarga bo'lish.
Klimaks ( gr. klimax - pillapoya) — 1) lib. insonda jinsi y bezlar faoliyatining
so'nish davri; 2) bot. o'simliklarning o'simlik qoplami almashinish qonuniyatlariga mos
ravishda almashinib bo'lib, oxirgi, nisbatan turg'un holatni olishi (mas., yosh o'rmon
nihoUarining voyaga yetib yetuk o'rmonni baipo qilishi).
Klimat (< gr. klima (klimatos) — qiya (qadimgi greklar iqlimdagi o'zgarishlarni yer
yuziga bevosita tushayotgan quyosh nurlarining qiyalik darajasi bilan bog'laganlar), ma'lum
joy iqlimining ko'pyillik statistik rejimi ma'lumotlari.
LabiUik (< lot. labilis - beqaror o'zgaruvchan) — organizmning muhit sharoitlariga
yuqori darajada moslasha-n olmasligi (beqarorligi).
Landshaft (nem. Landshaft (joyning umumiy ko'rinishi, manzara) — yer yuzining
ma'lum joyini egallagan tabiiy geografik kompleks bo'lib, uning kattaligi maydon jihatdan
turlicha bo'ladi va undagi barcha tabiiy komplekslar o'zaro murakkab ta'sir jarayonida bir-
biriga moslashib olgan bo'ladi.
Larvitsid (< lot. larva - lichinka + caedere - o'ldirmoq) — hasharot-laming
lichinkalarini qirishda foydala-niladigan modda.
Letal (lot. letalis - o'ldiradigan) — o'ldiradigan (mas., o'lim bilan tugash, zahaming
o'ldiruvchi dozasi).
391
Limnologiya (< gr. limne - ko'l +logos — fan) — ko'llar va ularning
biotsenozlarini o'rganuvchi kompleks fan sohasi.
Dostları ilə paylaş: |