Limnobiontlar (< gr. limne - ko'l +biontos - yashovchi) — ko'l, hovuz va
botqoqliklarda yashovchi organizmlar.
Limnofillar (< gr. limne - ko'l + philos - yoqtiruvchi) — oqmaydigan suv h a v z a l a r i :
k o 'l , ho v uz v a botqoqliklardagi ochiq suvlami yoqtiruvchi organismlar (mas., baqalar,
karp balig'i, bobr, qunduz va boshq.).
Limnofitlar (< gr. limne — ko'l + phyton - o'simlik) •— suvi oqmaydigan s uv
havz al ari (ko'l , aovuz , botqoqliklar) da o'suvchi o'simliklar.
Litobiosfera (hayot + spaira - shar, muhit) yer
qobig'ining tirik organizmlar uchraydigan yuqori qatlami, biosferaning bir qismi. Qar..-
Biosfera.
Litosfera (uning chuqurligi Yer mantiyasining yuqori qismigacha etib boradi. L. ning qalinligi
quruqlikda 30-60 km ga, okean tagida esa 5-10 km ga yetadi.
Magnitosfera (jismlarning magnit xusu-siyatlari namoyon bo'ladigan zona.
Makroiqliin (< gr. makros - katta + klima...) — geografik jihatdan yirik bo'lgan may
donning iqlimi (geografik rayondan tortib butun bir Sayyoraga-cha).
Makroorganizmlar (< gr. makros -katta + lot. organizmus (tirik jon) — kattaligi 500
um dan yirik bo'lgan organizmlar.
Makrofauna (< gr. makros - katta + lot. Fauna (hayvonot olami) — kattaligi 10
mm dan yirik bo'lgan hayvonlar.
Makrofitlar (< gr. makros - katta + phyton - o'simlik) — yuksak o'sim-liklardan
(naychalilardan), ularga o'rnashib olgan tuban o'simliklar va suzu
T
'chi suvo'tlaridan
iborat makroorganizmlar majmuasi. Sinonim — Maki-oflora.
Makrofitofaglar (< gr. makros - katta + phyton - o'simlik + phagos -yeyuvchi)
makrofitlar bilan oziqla-nuvchi makrokonsumentlar.
MakrofltoflHar (< gr. makros - katta + phyton - o'simlik + philos -sevuvchi) —
yirik o'simliklar bilan birga, yoki ularning ichida yashashni yoqtiradigan organizmlar.
Makroevolyutsiya (< gr. makros -большой + lot. evoluto - rivojlanish) — turdan
ko'ra yuqoriroq pog'onadagi (urug\ oila, turkum) taksonlarning shakllanishiga olib
keladigan evolyu-tsiya jarayoni. «M.» atamasini fanga 1927-y. rus genetigi Yuriy Aleksan-
drovich Filipchenko (1882-1930) kirit-gan.
Megabiosfera (< gr. megalu - katta +bios - hayot + spaira - shar, muhit) —atmosfera,
barcha gidrosfera va lito-sferaning tirik organizmlar yashaydigan yoki bir vaqtlar
yashagan qismlari. Panbiosfera va metabio-sferaning qo'hilmasi.
Megapolis (< gr. megalu - большой+ polis - shahar) — aholisining soni1 mln dan
oshadigan yirik shahar aglo-meratsiyasi.
Nektonlar (< gr. nektos - suzuvchi) — muskul kuchi bilan uzoq masofalarga
suzaoladigan pelagial organizmlar (ularning mayda qisqichbaqasimonlar-dan tortib yirik
kitsimonlargacha bo'l-gan vakillari mavjud).
Nematotsid (< gr. nematos - ip + caedere - o'ldirmoq) — yumaloq chu-
volchanglarni qirishda foydalani-ladigan kimyoviy modda. Neoantroplar (< gr. neos —
yangi + anthropos — odam) — hozirgi zamon zehnli odamlarining (Homo sapiens)
umumlashtirilgan nomi. Eng qadimgi N. ning mutloq yoshi 50-60 ming yil. N. ehtimol bir
paytlar O'rta Osiyo va Osiyo oldi hududlari, shuningdek shimoliy-sharqiy Afrikada yashagan
paleoantroplarning rivojlangan forma-laridan kelib chiqqanlar.
392
Neogen davri (< gr. neos - yangi + genos - tug'ilish, yosh) — kaynazoy-ning
ikkinchi davri. Paleogendan antropogengacha davom etadi. Boshlanishi bundan taxminan
25 mln yil, tugashi esa 1,8 mln yil oldin bo'lib, 23 mln yildan ko'proq hukm surgan. Bu
davrda Alp, Karpat, Bolqon, Kavkaz, Himolay va boshqa tog'lar hosil bo'lgan,
quruqlikning maydoni jiddiy kengaygan, Antarktidani muz egallagan. Bu davrda odamsimon
maymunlar ravnaq topgan.
Neontologlya (< gr. neos - yangi + logos - fan) — hozirgi zamon organik dunyosini
o'rganuvchi biologiya fanlari kompleksi. Ekologiya fani N. ning bir qismi hisoblanadi.
Noosfera («fikrlovchi qobiq», aql-zakovat doirasi, biosfera rivojining yuqori bosqichi bo'lib, u
insoniyatning pay do bo'lishi va rivojlanishi davomida kelib chiqdi. N. da yer yuzi
jarayonlarining rivojida asosiy omil aql-zakovatli inson faoliyati hisoblanadi. «N.» atamasini
fanga 1927-y. fransuz olimlari Lerua Eduar (1870-1954) va Teyyar de Sharden P'yer (1881-
1955) kiritgan va uni keyinchalik rus olimi V.I. Vemadskiy rivojlantirgan
Nitrofikatsiya, nitrifikatsiya (tarkibida azot saqlagan modda-laming o'zgarib, yuksak o'simliklar olaoladigan darajaga
aylanish jarayoni (mas., tuproqdagi ammiak aerob nitroz bakteriyalar yordamida oksidlanib,
azotli kislotani hosil qiladi va u o'z navbatida nitrat bakteriyalari yordamida azot kislotasiga
aylanadi).
Neogen davri (< gr. neos - yangi + genos - tug'ilish, yosh) — kaynazoy-ning
ikkinchi davri. Paleogendan antropogengacha davom etadi. Boshlanishi bundan taxminan
25 mln yil, tugashi esa 1,8 mln yil oldin bo'lib, 23 mln yildan ko'proq hukm surgan. Bu
davrda Alp, Karpat, Bolqon, Kavkaz, Himolay va boshqa tog'lar hosil bo'lgan,
quruqlikning maydoni jiddiy kengaygan, Antarktidani muz egallagan. Bu davrda odamsimon
maymunlar ravnaq topgan.
Neontologlya (< gr. neos - yangi + logos - fan) — hozirgi zamon organik dunyosini
o'rganuvchi biologiya fanlari kompleksi. Ekologiya fani N. ning bir qismi hisoblanadi.
Nurlanishning biologik ta'siri — Yerning biosfei-asiga elektromagnit, hamda kelib
chiqish manbasi yer va . yerdan tashqarida bo'lgan boshqa nurlanishlarning doimiy ta'sir etib
turishidan organizmlarda sodir bo'ladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik o'zgarishlar
kelib chiqishi. Eng kuchli nurlanish manbai Quyosh bo'lib, undan yer yuzasining har
gektariga yiliga o'rtacha 9 mlrd k/kal energiya у etib keladi.
Noosfera qonuni (gr. noos — aql-zakovat, spaira - shar, muhit) — insoniyat
sivilizatsiyasi rivojining hozirgi darajasida biosferaning aql-zakovat qobig'ga aylanishi
muqar-rarligi holati bo'lib, bunda tabiatning rivojlanishida insonning idroki mu-him rol
o'ynaydi. Qonunni V.I. Ver-na-lskiy (1863-1945) asoslagan.
Oqava suvlar — sanoat va tutmushda ishlatilib, ulardan qaytib chiqadigan suvlar.
Ular odatda suv havzalariga tashlanishdan (yoki qayta foydalanishdan) oldin maxsus suv
tozalash inshootlarida belgilangan me'yorda tozalashdan o'tkaziladi.
Optimum qonuni (< lot. optimus -eng yaxshi) — muayyan bir ekologik omilning
organizmga ko'rsatadigan yoqimli ta'sir kuchining chegarasi. O'sha omilning aynan shu
darajadagi ta'siridan organizm o'zini yaxshi his qiladi. Uning ta'sir darajasi
belgilangan chegaradan qanchalik ko'p chiqsa (kamaysa yoki ko'paysa),
organizmga ta'siri shunchalik salbiy boiaboradi. Bu yerda dono xalqimizning «asal
ham me'yorida asal» degan iborasini eslash o'rinli. Qar. - Pessimum.
Osoyishtalik zonasi — kishilarning dam olishi va ularning fizio -terapevtik
davolanishlariga sharoit yaratish maqsadida texnogen ta'sirning rejimi jiddiy kamaytirilgan
hudud.
Optimal landshaft (< lot. optimus -eng yaxshi + (nem. Landshaft (joyning umumiy
ko'rinishi, manzara) — tabi-atdan foydalanishning ma'lum shakliga mos keluychi (mas., dam
olishga) yoki aholining ma'lum guruhlari (mas., dashtdagi ko'chmanchilar, tog'liklar) ning
ehtiyojlariga mos keluvchi landshaft.
Og'ir metallar — yuqori atom og'ir-ligiga ega boigan (simob, qo'rg'oshin, rux va
boshq.) va biosferada tarqalishi (sh.j. tuzlar holida) tirik organizmlami zaharlanishga olib
keladigan metallar. Dunyo okeaniga yiliga 450 t atrofida simob va 20-301 qo'rg'oshin
qo'shiladi (oxirgisining miqdori havodan tusha-digan umumiy miqdor).
393
Oazis (< gr. oasis (Misrdagi Oasia shahri nomidan) — 1) jazirama issiq sahro va
chalasahro zonasidagi sug'orib ekiladigan hudud. Yer sug'orilganligi munosabati bilan bu
hududda daraxtlar o'sadi, dehqonchilik qilinadi, insonning hayot muhiti atrofdagi
o'zlashtirilmagan (sahro va chalasahro) hududlarga ko'ra qulay bo'ladi; 2) quraqlikning
Antarktida qoyali sohillaridagi muzdan bo'sha-gan, sovuq va quruq iqlimli, sho'rlangan
toshloq sahrolarga ega bo'lgan qismi.
Obligatlar (< lot. obligatus - majbu-riy, zaruriy) — majburiy, doirniy uch-raydigan
organizmlar. Masalan, O. parazitlar — xo'jayinning gavdasi ichida yoki uning sirtida
doimiy yashovchi parazit organizmlar bo'lib, ular xo'jayinsiz yashayolmaydilar. Qar. -
Obligat parazitlar.
Ovitsid (ovotsid) (< lot. ovum - tuxum + caedere - o'ldirmoq) — hasharot-larning
tuxumini yo'qotishda foydalani-ladigan kimyoviy modda.
Ozon «tuynugi» (gr. ozon-hidli) —-birinchi marta o'tgan asrning 80-yillarida
kuzatilgan. Hozirgi vaqtgacha ozonosferaning katta maydonida ozon-ning miqdori
oldingisidan yarmigacha kamayib qolgan va shu boisdan O.«t». tez-tez paydo bo'lib turibdi.
Hozirgi kunda bu tuynuklar Antarktida ustida 14 mln km
2
dan ko'proq maydonni egallagan
bo'lib," ular har yili 4 foiz atrofida kengayib bormoqda (Arktika ustida bundan kamroq).
O.«t». ning paydo bo'lish sabablari hozircha unchlik aniq emas. Taxmin qilinishicha, u
tabiiy (havodagi inversion jarayonlar, quyosh aktivligining oshishi) va antrpogen (havoga
freonlarning chiqarilishi, atmosfera kislorodining kamayishi) omillar ta'sirida. paydo bo'ladi.
Oligotsenoz (< gr. oligos — kam miqdorda + koinos - umumiy) — atigi bir necha
o'simlik turlaridangina iborat bo'lgan birlashma.
Oligosaproblar (< gr. oligos - kam miqdorda + sapros — chirik) — toza yoki kamroq
ifloslangan
suvda
yashovchi
organizmlar
(suvning
tozaligini
ko'rsatuvchi
bioindikatorlar). O. ga ba'zi suvo'tlari, bir kunlik chivin va ninachi lichinkalari, baliqlardan
sterlyad, golyan, xonbaliq va avliyobaliqlar kiradi.
Paneykumen tur — hozirgi paytda Yer yuzidagi egallanishi mumkin bo'lgan barcha
ekologik nishalarni egallab, keng tarqalgan tur (mas., inson).
Parazitning paraziti (o'ta parazit) —
parazitlik qiluvchi boshqa parazitar organizmlarda yashovchi parazit. Masalan,
chivinlarning ichagida, bitning oshqozonida, burganing ko'krak qismida yashovchi
bakteriyalar va bir hujayrali zamburuglar.
Pioner organizm (< lot. organizmus (tirik jon) + fr. pionnier - birinchi bo'lib) —
muqaddam biror tirik jon yashamagan joyda birinchi bo'lib paydo bo'lgan organizm.
Paleozoy (< gr. palaios - qadimgi + zoe - hayot) — fanerozoyning prote-rozoy iiian
mezozoy oralig'idagi bundan taxminan 230-570 mln. yil oldingi birinchi erasi. 340 mln. yil
atrofida hukm surgan. Kembriy, ordovik, silur, devon, karbon va perm davrlarini o'z ichiga
oladi. P. - aktiv tog' paydo bo'lish va dengizlarning chekinish erasidir. Unda baliq-simonlar
va baliqlar paydo bo'lgan, o'simlik va hayvonlarning bir qismi quruqlikka chiqib
yashayboshlagan.
Paleoantroplar (< gr. palaios —^ qadimgi + anthropos - odam) —-' ' inson
evolyutsiyasining ikkinchi bosqichida yashagan qadimgi qazilma odamlarning umumlash-
tirilgan nomi. P. arxantroplardan keyin va neantroplardan oldin yashagan oraliq shakl.
Ulaming mutloq yoshi 250-40000 yil. P. garchi zamonaviy odamlarning o'tmishdoshi
hisoblansalarda, ammo ularning barchasi ham zamonaviy odamning kelib chiqishida ishtirok
etavermagan. P. ning ijtimoiy tuzumi «qadimiy insonlar to'dasi» boiib, ular asosan yirik
hayvonlarni ovlash bilan shug'ullanganlar.
Paleogen davri (< gr. palaios -qadimgi + genos - tug'ilish, yosh) — kaynazoyning
bo'r va neogen davrlari o'rtasidagi bundan 25-60 mln yillar ilgari hukm surgan birinchi
davri. Uning mutloq yoshi 42 mln yil atrofida. Bu davr, jumladan, Karpat, Qrim, Alp, Pomir,
Himolay va Kavkazda togMar hosil bo'lish jarayoni bilan xarakterlanadi
Paleontologiya (paleobiologiya)
394
(< gr. palaios - qadimgi + logos - fan) — oldingi geologik davrlarda yashagan o'simlik va
hayvonlami, ulaming qazilma qoldiqlari va hayot faoliyati belgilaringa asosan o'rganadigan
fan (ba'zan «neontologiya» ham deyiladi). U paleobotanika va paleozoologiyaga bo'linadi. «P.»
atamasini 1822 у fransuz zoologi Ami Man Blenvil (1777 -1850) taklifetdi.
Panbiosfera (< gr. pan — hammasi + bios - hayot + spaira - shar, muhit) — tirik
organizmlar doimiy yoki vaqtincha yashaydigan atmosfera qavatlari, gidrosferaning
barchasi va litosferaning bir qismi. P. — bu parabiosferaning yig'indisi bo'lib, u biosfera
va gipobiosferadan tarkib topgan.
Pandemiya (gr. pandemia - barcha xalq) — butun dunyoga yoki uning katta qismiga
tarqalgan epidemiya.
Pantofaglar (< gr. pantos - barchasi, turli xil + phagos — yeydigan) — ham maxo'r
organizmlar. Qar. - Evrifag-lar.
Qisqarib borayotgan tur — hozirchalik tabiatda yetarli darajada keng tarqalgan va
soni ham yuqori bo'lgan, ammo tarqalish areali, populyatsiyalar xilma-xilligi va soni tabiiy
va (yoki) sun'iy (antropogen) omillar ta'sirida sekin-asta qisqarib borayotgan tur.
Qiyaiiklarni muhofazalovchi o'rmon — qiyalik yonbag'irlarini suv eroziyasidan
muhofazalovchi tabiiy yoki sun'iy yaratilgan daraxtzor.
Qo'shimcha oziqlantirish— 1) yil-ning noqulay davrida hayvonlaming yashab
qolaolishini ta'minlash yoki ulaming yuqori mahsuldorligi talabiga maydonning tabiiy
sig'imi javob beraolmay qol ganida qo'shimcha ozuqa berish bilan ularning ozuqa
sharoitini yaxshilash; 2) o'simliklar vegetatsiyasi davrida ularga organik va mineral o'g'itlar
berish.
Qayta tiklanuvchan resurslar (< qayta tiklanuvchan + fr. ressources — vositalar,
zahiralar) — biosferadagi moddalar aylanishiga ishtirok etadigan, qayta tiklanish qobiliyatiga
ega bo'lgan tabiiy resurslar. Q. t. r. ga tuproq, o'simlik va hayvonot olami misol bo'ladi.
Agrotexnik tadbirlarning belgilangan muddat va meyorda o'tkazilishi tuproqda kimyoviy
elementlaming cheksiz aylanib turishiga va tuproq unumdorligining saqlanib turishiga imkon
yaratadi. O'simlik va hayvonot dunyosi resurslaridan to'g'ri foydalanganda ular doimo
o'z-o'zini qayta tiklab turadi va hech qachon kamayib qolmaydi.
Qayta tiklanmaydigan resurslar
(< qayta tiklanmaydigan + fr. ressour ces — vositalar, zahiralar) — qayta tiklanishi
ularning sarflanish tezligidan ming va million martalab sekin kechadigan tabiiy resurslar
(mas., yer osti boyliklari).
Qishki uyqu — bosh miya po'stlog'i va po'stloq ostida tormozlanish bo'lib, u
modda almashinuvi sekinlashuvi bilan boradi. Q.u. hayvonlarga yilning noqulay
davrlariga chidash imkonini beradi. Uning «Uyquga ketish» dan farqi, Q.u. da organizm
funksiyalarining tormozlanishi unchalik chuqur bo'lmay, ba'zida uyg'onib ketish (mas.,
ayiqlarda va bo'rsiqlarda) hollari kuzftiladi. U shuningdek qisqa muddatli (olmaxonda) yoki
bo'linib turadigan (burunduqda) bo'ladi.
Quyosh aktivligi — Quyosh betida doimiy ravishda hosil bo'lib turadigan alohida
narsalar va hodisalar (quyosh dog'lari, tabiiy portlashlar). Ular ta'sirida Quyoshning
korpusku-lyar nur taratishi kuchayib, yerda kechayotgan jarayonlarga ta'sir etadi.
Qisqarib borayotgan tur — hozirchalik tabiatda yetarli darajada keng tarqalgan va
soni ham yuqori bo'lgan, ammo tarqalish areali, populyatsiyalar xilma-xilligi va soni tabiiy
va (yoki) sun'iy (antropogen) omillar ta'sirida sekin-asta qisqarib borayotgan tur.
Qurg oqchilik — iqlimning uzoq muddat (ko'pkunlik, ko'poylik, ko'p-yillik) quruq
kelishi natijasida tuproq namliginining juda kamayib ketishi va atmosfera namligining
pasayishi. Q. organizmlaming rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi — ekin-larining hosili
kamayadi, o'tloqlar-ning mahsuldorligi pasayadi, mollar halok bo'ladi, tuproqda cho'llanish
jarayoni paydo bo'ladi.
Qazilma boyliklarni xaritalash —
turli xildagi qazilma boyliklar namoyon bo'lgan joylarning kontur-larini xaritaga kiritish.
«Qizil kitob» — kamyob va qirilib bitish xavfiga tushgan hayvon, o'simlik va
zamburag' turlarining izohli ro'yxati; tur va kenja turlarning o'tmishdsagi va
hozirgi tarqalish joylari, soni va soni qisqarishining sabablari, ko'payish
395
xususiyatlari, bajarilgan va bajarilishi lozim bo'lgan muhofaza tadbirlari qisqa mazmunda
keltirilgan ro'yxat. Xalqaro (tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqining Q.k.), milliy
va lokal Q.k. lar mavjud. Q.k. har besh yilda qayta nashr etilishi zarur. O'zbekistonning
ikki tomlik (umurtqali hayvonlar va o'simliklar bo'yicha) Q.k. birinchi bor 1983-y.
nashr etildi, keyinchalik esa o'simliklar bo'yicha 2001-y., hayvonlar bo'yicha 2003-y. qayta
nashr etildi. O'zbekiston Q.k. ning hayvonlar bo'yicha birinchi nashriga 63 tur
umurtqalilar (sut emizuvchilar-22, qushlar- 31, sudralib yuruvchilar - 5 va baliqlar - 5
tur), ikkinchi nashriga esa 182 tur umurtqali va umurtqasizlar (sut
emizuvchilar - 23 tur, qushlar - 48 tur, sudralib yuruvchilar - 16 tur, baliqlar -17 tur, halqali
chuvolchanglar - 3 tur, mollyuskalar - 14 tur va bo'g'imoyoq-lilar - 61 tur) kiritildi.
Hayvonlarga bagMshlangan Q.k. ning uchinchi nashri 2006 y. bosilib chiqdi.
Rekreatsion o'rmon (< o'rmon + lot. rekreatio - qayta tiklash) — dam olish uchun
foydalaniladigan yoki sana-toriya-kurort sihatgohlari joylashti-riladigan tabiiy yoki sun'iy
daraxtzor.
Rekreatsion bosim (< lot. rekreatio — qayta tiklash + bosim) — dam oluvchi
odamlarning (turizm, o'rmonda mevalar terish, ov qilish, baliq tutish), ulaming transport
vositalari, chodirlari va dala hovli qurilishlarining tabiiy komplekslarga bevosita ko'rsatadigan
ta'siri darajasi. Bu ko'rsatkich muayyan vaqt birligida maydonga nisbatan yoki
rekreatsion obyektga nisbatan dam oluvchilarning soni yoki sonkuni hisobida belgilanadi.
Raqobat bilan siqib chiqarish p rin s ip i (l ot. concurro -to'qnashaman) —
bunga ko'ra muhitning ekologik sharoitlariga nisbatan talabi bir xil bo'l-gan qumqlikda
yashovchi ikkita tur bir joyda yashayolmaydi. Ularning yashab qolishi uchun yo maydon
bitta bo'lmasligi (turli biotoplarda yashashi), yoki aktivlik vaqti bir xil bo'lmasligi (kunduzi
yoki tunda aktiv hayot kechirishi), ya'ni ularning ekologik nishasi ajralib ketishi zarur. Prinsip
rus mikrobiologi Georgiy Fransevich Gauze (1910-1986) tomonidan asoslangan.
Radioaktiv ifloslanish (< lot. radiare nurlantirish + aktivus - harakatchan) tashqi
muhitda radiatsion fonning me'yordan oshib ketishi. R.i. yadro qurolini portlatish (sh.j.
sinov maqsadida), AES lar va atom kemalarining avariyalaridan, radioaktiv moddalar bilan
ishlashda qo'llaniladigan asbob-uskuna va jihozlaming ishdan chiqib qolishidan hosil bo'ladi.
U shuningdek radioaktiv elementlarni qayta ishlash texnologiyasining buzilishi, radioaktiv
chiqindilarni noto'g'ri ko'mish hollarida ham sodir bo'ladi.
Radioaktivlik (< lot. radiare — nurlantirish + activus - harakatchan) — ba'zi kimyoviy
elementlar beqaror izotoplarining o'z-o'zidan parcha-lanish jarayonida tirik organizmlar
uchun zararli bo'lgan nurlaming ajralib chiqishi.
Radiobiologiya (< lot. radiare -nurlantirish + gr. bios — hayot) — ionlashgan
nurlanishning tirik organizmlarga ta'siri va undan himoyalanish usullarini o'rganuvchi fan
sohasi.
Ruderal o'simliklar (< lot. ruderis -shag'a 1, axlat + о 'simliklar) — axlat-xonalar
ustida, yo'llarning axlat bosgan joylarida va sh.o'. yerlarda o'suychi o'simliklar (mas.,
qariqiz, bangidevona).
Readaptatsiya (< lot. re... (qaytari-lish, takrorlanish) + keyingilot. adaptatio —
moslashish) — ilgari o'zi moslashib yashagan muhit sharoitlarining yangilanganligiga
qayta moslashish (shu region yoki muhitda uzoq vaqt yo'qolib ketib, qayta paydo bo'lishi
natijasida).
Reakklimatizatsiya (< lot. re...(qay-tarilish, takrorlanish) + ad -... ga + rp. klima - og'
ish) — 1) biror turdagi jonivorni ilgari yashab, keyinchalik yo'qolib ketgan joyiga sun'iy
ravishda qaytarish; 2) organizmning oldin moslashib olib yashagan sharoitiga qayta
moslashish jarayoni.
Regeneratsiya (< lot. regeneratio -tiklash, yangilash) — 1) organizmning uzilib
tushgan yoki shikastlangan organlari va to'qimalarini qayta tiklanishi. Hayvonlar va
odamda reperativ R. (uzilib tushgan organlar mas., kaltakesakning uzilib tushgan dumi o'mida
boshqasining o'sib chiqishi), va fiziologik R. (mas., inson organizmida qon hujayralarining
yangilanib turishi va boshq.) hodisalari kuzatiladi. Gavda tuzilishi bo'yicha tuban
hayvonlarda R. hodisasi odatda kuchli rivojlangan (mas., yomg'ir chuvolchangining yaxlit
gavdasi uning kichik bir bo'lagidan qaytib tiklanaoladi).
Dostları ilə paylaş: |