XULOSA………………………………………………………………………... 42 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………. 45 GLOSSARY…………………………………………………………………… 47 KIRISH Fanni o‘rganishning dolzarbligi.Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini qurish pirovard maqsadimiz.
Bunday yuksak maqsadga mustaqillikni qo‘!ga kiritish orqaligina erishish mumkin. Mustaqillik azaldan insoniyatning orzu-umidlari, armon va iztiroblarini o'zida mujassam etadi. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U qalbida o'zini hamisha har jihatdan erkin his qilishga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi.Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharinmg barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashning shaklan turlicha, mohiyatan o‘xshash boigan hurriyatga intilish hodisalarini ko'p ko‘rgan.
Mustaqillik nima? Istiqlol nimalarga asoslanadi va uning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
Eng avvalo shuni aytish kerakki, mustaqillik tenglik sari yo i qo'vilgan birinchi qadamdir.Chunki tenglik bo'lmagan joyda kimdir kimgadir tobe bo'ladi.Mutelik bir joyda hukmronlik, o'zgalar hisobiga yashashi kabi illatlar paydo bo'ladi."Tenglik" so'zining qudrati shundaki, u odamlarning o'zaro m unosabatlaridan tartib, mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me'yor-mezonga soladi, turli kamsitishlarga chek qo'yadi.
Istiqlol - o'zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o'zaro munosabatlarida ham, jahon davlatlari o'rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, ana shu umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik - jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o'z taqdiri bilan bog'liq bo'lgan istiqlol haqida o'ylashdir. Istiqlol - erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Mustaqil yashashga, mustaqil fikrlashga, o'z taqdirini o'zi belgilashga, o'z hayotini o'zi izga soiishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi, bu dunyoning shiddatli muammolar bo'roni qarshisida dovdirab qolmaydi.Ana shunday haqiqatni davlat mustaqilligiga qiyoslash mumkin.
Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u taqozo etadigan to'siqlar va zo'ravonliklami inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg'or tajribalari asosida o'z ravnaqining o'ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o'zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatdan yuqori bo'lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir.Shuning uchun ham istiqlolning ana shu hayot tajribasidan o'tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo'lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, ong va tafakkumi charxlab boradigan voqeilikdir.
Mustaqillik - tabiatdan ongii yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlaming kuchayishini taqoza etadigan hodisadir. Bu ayniqsa sobiq-ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mustaqil respublikalar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki 130 yillik mustamlakachilik yillarida turli sohalarda, turli shakllarda yuz bergan qatag'onlar, ta'qib etishlar, otib tashlashlar xalq nihiyatini sindirdi. Odamlar mislsiz qirg'inlar natijasida bir umr tahlika va qo'rquv bilan yashadi. Ana shu xadikisrashlar millat hayotini zaharladi.Turmush lazzatini, yashash zavqini zaqqumga aylantirdi.
Mustaqillik ana shunday iztiroblar.qon yutushlar iskanjasida qolgan xalqimiz qalbiga nur, umudlariga qanot. dardlariga malham bo'lib keldi. Mustaqillikning m anaviy-ijtim oiy m azm uni, uning beqiyos mohiyati ana shunda. Mazkur xulosalardan kelib chiqib Prezident 1 .A.Karimov: "Mustaqil o'zbek davlati xalqimizning tarixiy yutug‘idir. Xalq yuz villar mobaynida ozodlikni orzu qilgan.O'zbekiston chinakam rnustaqillikni ko'lga kiritib.gullab yashnashi va farovonlikka erishishi. taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda rmmosib o'rinni egallashi - biz ko'zlayotgan oliy maqsadimizdir".!
O'zbekistonning tanlagan yo'li bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik odil, fuqarolik jamiyatini qurish bosh strategik vazifa deb belgilandi.
Ushbu oliy maqsadga erishish murakkab jarayondirki buni anglab yetish uchun xalqimizdan yuksak nianaviylikni, chuqur bilimni va jasoratli mehnatni talab etadi.
Albatta bu vazifa nazariy jihatdan har taraflama puxta ishlangan bo'lishi kerak.
Demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini qurish uchun eng awalo uning nazariy asoslarini chuqur o'rganish va ijtimoiy hayotda bo'layotgan iqtisodiy siyosiy va boshqa jarayonlami anglab olish va tahlil etish mahoratini egallash kerak. Erishilgan yutuq va natijalarni, aniqlangan kamchiliklarni, dunvo voqeliklarining o'zgamvchaiiligi, milliy manfaatlarimizning mutlaq ustunligi shartini hisobga olgan holda jamiyatimizning rivojlanishini yangi, o'zgargan sharoitlarda ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalaming mazmun va mohivatini anglash darkor. Demak, bu barcha jamiyat a'zolaridan chuqur nazariy bilimdonlikni talab etadi.
O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini qurish ni bir butun holda har tomomonlama nazariy va amaliv jihatdan mohiyatini ochib berishga qaratilgan fandir.
Fanning asosiy maqsadi Prezident 1.Karimov asarlarida ilgari surilgan ilmiy ta'limotlar hamda mustaqillik yillarida qabul qilingan qonunlar, me'yoriy hujjatlar, Prezident farmonlari, Vazirlar tnahkamasi qarorlari, Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag'ishlangan majlislaming hujjatlari, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o'tish masalalariga bag'ishlab nashr etilgan jamiyatshunos olimlarimizning kitoblari, monografiyalari, risolalari bilan talabalami yaqindan tanishitirish hamda ishlab chiqilgan nazariy xulosalami amaliy hayotga to'g'ri qo'llashga o'rgatishdan, o'quvchilami har tomonlama kamolotga erishishlarida yordam berishdan iborat.
Fan bo'yicha o’quv adabiyotlarinig qiyosiy tahlili.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, ushbu fan bo'yicha Rossiya Federatsiyasi va MDHning boshqa davlatlarida daislik, o'quv qo'llanmalar yaratilmagan. O'zbekistonda bu fan bo'yicha Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasida professor I.Eigashev tomonidan 2005 yilda darslik yaratUgan. Ammo, hozirgi kunda bu darslik ma'ium darajada davr talablanni to'liq qamrab ololmavdi.Shuni e’tiborga olgan holda biz tavsiya qilayotgan ushbu qo'llanma bu boradagi kemtikni to'ldirishga bir oz bo'lsada yordam berislii mumkin.
Jamiyat doimo ravon yo'ldan, qarshiliklarsiz rivojlanmasdan, balki yutuq va kamchiJiklardan iboratligi, to'siqlami bartaraf etish orqali bosqichma-bosqicb taraqqiy etadigan murakkab jarayon ekanligini talabalar ongiga singdirishni ushbu fan navbatdagi vazifa deb biladi. Toki yosh mutafakkirlar o'tish davri o'zgarishlari, yangilanish va islohotlar davri 6 ekanligini, har bir istohot, u qaysi sohada bo'lishidan qat'iyy nazar, jamiyatning tabiiv rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi muqarrarligini, shusababdan, islohottar jarayonida ko'zlangan natijalardan tashqari. kutilmagan, favqulodda holatlar ham vujudga kelishi tabiiyligim, ana shunday holatlarni bartaraf etish, jamiyat oldida yangi maqsad va vazifalar qo'yish barobarida islohotlami yanada chuqurlashtirish, ularni jamiyat taraqqiyotining yangi darajasi bilan muvofiqlashtirish davr talabi ekanligini tushunib yetishlari kerak.
0 ‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani yangi o'quv dasturi doirasiga qaratilgan masalalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayotimizning ko'p qirralarini qamrab olgan bo'lib demokratik liuquqiy davlat fuqarolik jamiyatini qurish haqida keng ma’lumotlarni beradi.
Talabalar ushbu fanni o'zlashtirish jarayonida O'zbekiston zaminida adolatli jamiyat to'g'risidagi dastlabki qarashlar, uning manbalari va rivojlanishi haqidagi, O'zbekiston demokratik jamiyat qurishning o'ziga xos xususiyatlari, o'tish davrining barcha mamlakatlar uchun umumiy qonuniyat ekanligi, I.Karimov tomonidan O'zbekistonning "Evolyutsion tadrijiylik" asosida demokratik jamiyatga o'tishga doir nazariy kontseptual metodologiyasining mohiyatini, demokratik jamiyat qurishning milliy va umumbashariy tamoyillari, demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishning nazariy va amaliy asoslarini puxta o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Hech shubha yo'q, O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanida ilgari surilgan nazariy xulosalar, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayotida ro'v berayotgan chuqur o'zgarishlami aks ettirish ma'lumotlar talaba va o'quvchilarning siyosiy faolligi va huquqiy rnadaniyatini oshirishga, o'zining yangilanayotgan jamiyatimizdagi o'rnini yaxshiroq anglab olishiga yordam beradi.
Mualliflar ushbu o'quv qo'llanmani tayyoriash jarayonida Prezidentimiz asarlari, nia’ruzaiaridan Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, Prezident fannonlari, Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlariga bag'ishlangan majlislari hujjatlari, qarorlaridan har bir bobga tegishli ravishda foydalandilar, Shuningdek, mamlakatimiz jamiyatshunos olimlari tomonidan demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini qurishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniymanaviy sohalarini aks ettirishga bag'ishlab yozgan kitoblari, monografiyalari, matbuot sahifalari va jumallarida chop ettirilgan maqolalari manba sifatida xizmat qildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi "O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fanini o'qitishning dolzarb muammolariga bag'ishlangan maxsus kurs tomonidan o'qilgan ma'ruzalar. ma'ruza matnlaridan ham foydalanildi.