2.3. DUNYOVIY DAVLAT VA M ILLIY DAVLATCHILIK TUSHUNCHAJLARI O'zbekiston o'z suverenitetini qo'lga kiritgandan keyin, erkin fuqarolik dunyoviy jamiyat qurish yo'lini tanladi.
Dunyoviy taraqqiyot bu qanday yo'l?Dunyoviylik degan tushuncha nimani anglatadi?
Dunyoviy davlatni mohiyatini yechib beruvchi bir qancha moddalar, Konstitiitsiyada o'z ifodasini topgan. Jumladan "Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan.... Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi" (61 -modda)."Diniy ruhdagi siyosiy partiyalaming hamda jamoat birlashmalarining tuziiishi va faoliyati ta’kidlandi" (57-modda)."Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatalishi mumkin emas" (12-modda). Dunyoviylik tushunchasini mohiyatini ochib beradigan ta'rif bo'lmasada, dunyoviy demokratik davlatlar tajribasidan kelib chiqib shunday izohlash mumkin: "dunyoviylik" tushunchasi u diniylikni ham daxriylikni ham inkor etmaydi, ulaming har ikkalasini obyektiv ijtimoiy hodisa sifatida e'tirof etadigan jamiyatga nisbatan ishlatiladigan tushunchalar degan xulosaga kelish mumkin.
Dunyoviy davlat qurish pirovard umummilliy maqsad darajasiga ko'tarilgan mamlakatlarda din har qanday boshqa obyektiv hayotiy hodisa kabi, muhim ijtimoiymadaniy omil sifatida e'tirof ctiladi. Dunyoviy taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatlarda dinga munosabat demokratiya, erkin fikrlar xilma-xilligiga asoslangan bo'lib, ularda din hayotda ijtimoiy-madaniy va manaviy-ruhiy muhit rang-barangligini ta’minlovchi xilma-xil tarixiy qadriyatlarga bir vaqtda amal qilish huquqini berishga asoslangan holda qurilgan. O'zbekistonda barpo etilayotgan demokratik dunyoviy davlat ham shu negizga qurilgan.O'zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq barcha fuqarolar millatidan, diniy e'tiqodidan qat'iyy nazar vijdon erkinligi kafolatlangan.
O'zbekistonda islom dinidan tashqari boshqa dinlar jumladan: pravoslavlar, yahudiylar, baptistlar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, bahontlar, krishnaitlar, buddiatlar singari bir necha din va mashablar mavjud. Ana shunday xilma-xillikdan va haqiqiy demokratik tamoyillardan kelib chiqib O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega" degan qoida kiritilgan. (31 -modda)
Dunyoviy davlat quyidagi tamoyillarga tayanadi:
Inson huquqlari va davlat suvereniteti g'oyalariga asoslanadi;
Demokratiya va ijtimoiy adolatni e'tirof etadi;
Xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari ustinligi tan oladi;
Fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta'minlash maqsadi;
lnsonparvar demokratik huquqiy davlat ЬафО etishni ko'zlaydi;
0 ‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanadi;
O 'zbekistonda davlat va jam iyat qurilishining huquqiy asoslari uning Konstitutsiyada belgilab qo‘yiladi va unga tayanib ish olib borishni anglatadi.
Yuqorida aytilgan holatlardan, Konstitutsion maqomlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin. Birinchidan, jamiyatda insonparvarlik ruhini shakllantirishda, yuksak madaniyat va manaviyat quroli, beqiyos axloqiy tarbiyasi, insonlami kamtarlik, kamsuqumlikka, halollik, poklikka undashi kabi qadriyatlarni barcha milliy qadriyatlar qatorida teng huquqli qadriyat sifatida tan olganligi bo‘lsa; ikkinchidan, dindan g'arazlik yo'lida foydalanish, diniy omillardan foydalanib siyosatga, davlat ishlariga aralashishni, hokimiyatga intilish, kabi holatlami qat’iyyan man etishidir.