1.2. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish fanining qonun va kategоriyalari O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub 1 I islohotlami amalga oshirish, ulami qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizmni vujudga keltirish vazifasi turar edi.
Ma'lumki har bir davlat o'z taraqqiyot yo’lini belgilar ekan, o'ziga xos xususiyatlarini, xalq turmush tarzini hisobga oluvchi o‘z yo'liga qat’iyy va izchil amal qilish kcrak.
Buning uchun, biz qanday davlat, qanday jamiyat, qanday tuzum barpo etayotganligimizni, uning siyosiy, ijtimoiy va manaviy asoslari nimalardan iborat degan savolga javob berishim iz kerak. M a'lumki m am lakatim izda amalga oshirilayotgan yangilanish va taraqqiyot siyosatining strategik maqsadi - huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. U milliy istiqlol g‘oyasining ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat bo'lgan bosh g'oyasida o'z ifodasini topgan.
"O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fani orqali mamlakatimizning siyosiy va davlat qurilishi ning o'ziga xos xususiyatlarini bilib olish mumkin bo'ladi.
"O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fani demokratik davlat fuqarolik jamiyatini qurishning mexanizmi, vositalari hamda amaliyotini o'rganishda muayyan qonunlarga tayanadi hamda amal qiladi. Fanning qonunivatlariga O'zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyatining shakllanishi, bunyod etilishi va amal qilishi bilan bog'liq qonuniyatlar kiradi. Bu o'rinda и umumiy qonuniyatlarga tayanadi va xususiy alohidalikni hisobga oladi.
Masalan, O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning o'ziga xos bo'lishi qonuni:
Demokratik jamiyat qurishda milliy xususiyatlarni hisobga olish qonuni;
Demokratik jamiyat qurishning milliy-manaviy qadriyatlar bilan bog'likligi;
O'ziga xos xususiyatlarni O'zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan aloqadorligi qonuni;
O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning umumbashariy qonuniyatlari.
Fan amal qiladigan qonunlar ko'lami turli xil bo'lib mamlakat ichki hayoti, umumbashariy demokratik taraqqiyot bilan xalqaro tizmlar bilan bevosita daxildordir. Jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish, jamiyatda demokratiya, fikr va vijdon erkinligi tamoyillarini, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tish, umuminsoniy qadriyatlami qaror toptirishni nazarda tutadi.
Bu qonunlami ikki guaihga ajratish mumkin. Birinchisi, davlat hokimiyati va mamlakat ichki siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va manaviy hayotida amal qiladigan qonunlar bo'lib, u o'z ichiga: a)-jamiyatni siyosiy. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish; b) jamiyatni demokratiyalash asosida fUqarolik jamiyatini qurish; v) siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy. ma'rifiy hayot munosabatlari; g) shaxs, jamiyat va davlat tizimida inson manfaatlarining ustuvorligi.
Ikkinchisi, xalqaro numosabatlarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madanivma'rifty aloqalar bilan bog'liq bo'lib ular; a) xalqaro xavfsizlik va o'zaro ishonchni rivojlantirish; b) xalqaro va davlatlararo ihtiloflarni bartaraf etishning siyosiy vositalari; v) umumbashariy muammolami bartaraf etishning siyosiy, iqtisodiy, madaniy yo'llari, turli mamlakatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan siyosiy. iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish.
"O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fani o'rganadigan qonuniyatlarning asosiy guruhlari. 1) demokratik davlat fuqarolik jamiyati 12 haqidagi konsepsiyalar va nazariyalarning paydo bo'lishi, amal qilishi va rivojlanish qonuniyatlarini; 2) davlat hokimiyatintng mazmuni va xarakterimng o'zgarishi, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish qonuniyatlari; 3) mamlakat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratiyalashtirish qonuniyatlari; 4) milliy-manaviy negizga tayanish qonuniyatlaridan iborat.
Biz o'rganiyotgan fan o'z ichiga jamiyat hayotining barcha sohalariga tegishh keng qamrovli tushunchalarni olgan bo'lib, ular O'zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyatining shakllanishi, bunyod bo'lishi va amal qilishini nazariy va amaliy jihatdan asoslashga yordam beradi.
Ushbu fanning kategoriyalarini quyidagi tushunchalar tashkil etadi: O'zbekistonning o'ziga xos va mos taraqqiyot yo'li, demokratiya, dunyoviy davlat, demokratik huquqiy davlat, demokratik jamiyat, demokratik ong, demokratik jamiyatning milliy-manaviy negizlari, milliy davlatchilik, demokratik jamiyatga o'tish davri, o'zbek modeli, demokratik jamiyatning umumbashariy qadriyatlaii va tamoyillari, O'zbekistonda fuqarolik jarniyati qurilishining ustuvor yo'nalishlari, jam iyat hayotini erkinlashtirish va demokratiyalash. O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligi va h.k.
Quyidagi tushunchalar O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning asosiy mohiyatini o'zida aks ettiradi. O'zbekiston taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan mamlakatlaming murakkab tajribasini va shu bilan birga, respublikaning o'ziga xos xususiyatlari, yashash sharoitlari, an’analari, urf-odatlari, xalqning turmush tarzini hisobga oluvchi o'z yo'li sari dadil borish O'zbekiston Respublikasi davlat qurishining bosh yo'lidir.
O'zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlaming ustuvorligi, xalq hokimiyatchiligi va siyosiy plyuralizm, fuqarolarning erkinligi, inson huquqlarining ajralmasligi piinsi plarini e’tirof etishga asoslangan davlatdir.
O'zbekiston dunyoviy davlat, din davlatdan, maktab esa dindan ajratilgan. Din faqat o'z diniy aqidalari, marosim taiablari va an'analarini ado etishdan iborat diniy funksiyalarni ado etishdan iborat diniy funksiyalami din to'g'risida O'zbekiston Respublikasi qonunlari talablarini hisobga olgan holda amalga oshiradi.
Demokratik jamiyat xalqning jamiyat siyosiy hayotida ishtirok etishini ta'minlash demakdir.Demokratik jamiyat qonunlar ustivorligini amalda ta'minlash bilan belgilanadi.
Jamiyatda demokratik siyosiy tizimning mavjudligi va uning mustahkamlanib borish insonda demokratik siyosiy ong shakllanishining hal qiluvchi shartidir. Bunday siyosiy tizim inson siyosiy ongi va faoliyatining rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratadi, uni rag'batlantiradi. Jamiyat siyosiy tizimi qanchalik demokratik bo'lsa.inson siyosiy hayotda shunchalik faol ishtirok etadi.
Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan elyurtiga naf yetkazadigan insonlar demokratik tafakkurga ega bo'lgan insonlardir.
Demokratik jamiyatning milliy-manaviy negizlari quyidagilarga asoslanadi. - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning manaviy me'rosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik.
Bu negizlar xalq dunyoqarashi, yashash tarzi, voqea-hodisalarga munosabati, 13 manaviy-ruhiy ehtiyojlardan kelib chiqqanligi uchun ham alohida ahamiyatga ega bo'lmoqda.Qadimdan Sharqda manaviyatga tayanib yashash, hamjihatlikka intilish, har tomonlama barkamollik oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan. Odamlar millatidan, irgi, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat'iyy nazar, yagona oichov - insonni insonligi uchun ulug'lash bosh mezon qilib olingan.
Ma'naviy olamimizda o'zgarishlar barcha yangilanishlaming asosidir.Zero, Vatan, milliy tushunchalari tobara chuqurlashmoqda. Biz endi yashab turgan zaminimiz, f'uqaroligimiz jihatdan daxldor bo'lgan mamlakatimiz, milliy ravnaqimiz va istiqbolimiz xususida jiddiy rol o'ynaydigan bo'ldik. Har qanday milliy manfaatdorlik, har qanday iqtisodiy taraqqiyot bevosita manaviy yetuklik, manaviy barkamollik tuyg'ulari bilan bog'liq holdagina rivoj topishi mumkinligini yaqqol ko'iyapmiz.
Demokratik jamiyatga o'tish davri hamma mamlakatlar uchun umumiy qonuniyat hisoblanib bu davr eskining o'rniga yangining shakllanishi va qaror topishi bilan bog'liq. Bu eski taraqqiyot davriga xos bo'lgan munosabatlami tugatib davlat siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va manaviy hayoti taraqqiyoti ehtiyojlariga javob beradigan yangi mexanizmlarni shakllantirish jarayonlarini taqazo etadi.
Taraqqiyotning "O'zbek modeli" rivojlanish dasturi O'zbekistonning milliy manfaatlari, taraqqiy topgan mamlakatlarning tajribasi, mamlakatimiz boshidan kechiigan tarixiy sinovlar va ulaming saboqlari, xalqimizning turmush va tafakkur tarzi asosida ishlab chiqilgan.
Mustaqil O'zbekistonning kuch-qudrat manbai xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarining asosini adolat, tenglik, ahil qo'shnichilik, shafqatlilik va zo'ravonlikka qarsh i kurash , inson h u q u q lari kabi u m u m in so n iy q a d riy a tla r tashkil etadi.
Demokratik tamoyillar xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning asosiy tamoyillaridir. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, xalq hokimiyatchiligi va siyosiy plyuralizm, fuqarolarning erkinligi va tengligi, inson huquqlurining ajralmasligi prinsi plarigaasoslanadi.
Demokratik jamiyat o'z navbatida fuqarolik jamiyatga o'tishning muhim sharti hisoblanadi.
Demokratik jam iyat uchun zarur bo'lgan im koniyatlar o'tish davrida yaratiladi. Barcha sohalarda demokratik tamoyillar bosqichm a-bosqich amalga oshiriladi.
Prezident I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to'qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasida "Taraqqiyotning har bir bosqichi - bu yangi muammolar va ularni bartaraf etish yo'lidagi yangi vazifalar demakdir" deb ko'rsatib o'tadi. Ma'ruzada mamlakatimizda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning yetti ustivor yo'nalishdagi vazifalar o'zining to'liq nazariy ifodasini topgan.
Biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad tengsiz oliy ne’mat mustaqillikni bundan buyon ham asrab - avaylash, himoya qilish va mustahkamlash.
Mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, ftiqarolarimizning tengligi va osoyishtaligini ta'minlash;
Bozor islohatlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o'zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo'lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish;
Inson huquqiari va erkinliklarini, so'z va matbuot erkinligini. shuningdek. oshkoralikni. jamiyatda o'tkazilayotgan isiohatlaming ochiqligini t.i'rninlaydigan demokratik tamoyillami so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish; jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlaming o‘rni va ahamiyatini keskin kuchaytirish, "kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish;
Sud-huquq sohasini isloh qilish bo'yicha boshlangan ishlami izchil davom ettirish bu sohadagi eng muhim vazifa sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta’sirchan faoliyatini so'zda emas, amalda ta'minlash;
Barcha isiohatlaming bosh yo'nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va me'zoni demografik va boshqa milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat olib borish.1
Prezidentimiz ta'kidlaganidek iuqarolik jamiyatni shakllantirish taraqqiyotning o'zbek modeliga xos asosiy yo'nalishlarqatoriga kiradi. Fuqarolikjamiyatini shakllantirishda belgilab berilgan ustivor yo'nalishlar o'zbek modeli jamiyat taraqqiyoti jarayonida rivojlanib boradigan va hayot talablariga javob beradigan tamoyillar majmui ekanligining yorqin dalilidir.
O'zbek xalqaro demokratik tamoyillariga, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga hamda ko'p ming yillik o'zbek davlatchiligi tarixi va o'ziga xos milliy, manaviy. axloqiy qadriyatlarga tavangan holda milliy-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Demokratik tamoyillar ichida umumjahon e’tirof etgan tamoyillar asosiy o'rinni egallaydi.Bular.birinchidan, hokimiyat va boshqaruv organlari chiqargan qaroiiardan xalqning xabardorligi; ikkinchidan ushbu qarorlar boshqariiishi ustidan xalqning nazorati; uchinchidan, qonun va qarorlami qabul qilishni xalqning ishtiroki tamoyillaridir. Undan tashqari, insonning o'z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko'pchilikka bo'ysunishi, barcha fuqarolaming teng huquqliltgi, davlat v a jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchitar oldida hisobot berishi, tavinlash yo'li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi oldidagi javobgarliklari, barcha fuqarolaming teng huquqligiga va boshqa holatlar shular jumlasiga kiradi. "O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fani O'zbekistondagi demokratik rivojlanishning ana shu qonuniyatlarini atrofficha tahlil etib.uning amaliy jihatlarini yoritadi, fikrlar xilma-xilligi ya'ni "mulk shakllari xilma-xilligi", "dunyoqarash xilma-xilligi". "siyosiy xilma-xillik" demokratik jamiyatning asosiy xususiyati ekanligini, rivojlanishning eng muqobil yo'lini tanlashdagi rolini ochib berishdan iborat.
"O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fanining bugungi kundagi ahamiyati va rolining o'sib borishi quyidagi bilan izohlanadi. Ushbu fanni o'rgatish va o'rganish hozirda jadal kechiyotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ihtiyojiga aylangan. Bu ijtiyoj milliy, manaviy-mafkuraviy uyg'onish, madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga bo'lgan ehtiyojning bosh mezoni hisoblanadi.
Ikkinchidan, demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini qurish bilan bog'liqjarayonlarining mazmun mohiyatini chuqur ilmiy-nazariy va amaliyjihatdan o'rganishga bo'lgan qiziqishning ortishidir. Bu ushbu jarayonni atroflicha siyosiy tahlil etib borishni taqozo etadi.
Uchinchidan, hozirgi davrda har bir fuqaroning siyosat bilan shug'ullanishiga bo'lgan ihtiyoj siyosatni anglash, unda ongli faoliyat ko'rsatishga bo'lgan ehtiyojning ortishi jadal ravishda yuz berayotgan demokratik jarayonlar bilan belgilanadi.
To'rtinchidan, O'zbekistonning jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin olishi, xalqaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlam ing qaror topishi, terrorizimning o'ta xavfli xalqaro siyosiy hodisaga aynaliyotgani ushbu hodisani atroflicha o'rganishni taqoza etadi.
Beshinchidan, fuqarolarning siyosiy madaniyati va faolligini oshirish, jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma nfiy sohalarida bo'layotgan voqea va jarayonlarning mohiyatini chuqur anglab yetish, demokratik jamiyatga xos bo'lmagan holatlarning oldini olish uchun uning asosiy kafolatlaridan biri mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy manaviy va siyosiy faoliyatini rivojlantirish ehtiyojining ortishi.
Shunday qilib "O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fani O'zbekistonda fan va amaliyot, siyosat va hayot haqidagi nazariy qoidalariga bo'lgan ehtiyoj, hozirgi zamonda insoniyat taraqqiyotidagi o'zgarishlar bilan uzviy bog'liq bo'lgan voqeilikdir.
Mustaqilligimizning dastlabki o'n yilligini o'z ichiga olgan tarixan qisqa davrda mamlakatimiz hayotida ham, odamlar turmushida ham keskin burilish yasaldi.Turmush tarzimiz o'zgardi.Tafakkurimiz kengaydi.
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlami tezkorligi, voqea va hodisalarning shicdatliligi, inson taqdiriga daxldor bo'lgan dunyoviy muam m olar serqirra hayotning barcha javhalarni qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik yumushlarimizgacha bo'lgan barcha hodisalami o'zida mujassam etadi.
Tabiiyki, bunday hayotiy zaruriyat barcha ijtimoiy gumanitar fanlar qatori "O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fani oldiga ham yangi vazifalar qo'yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqning istiqlolga erishish yo'iidagi fidoyi mehnatini, milliy mustaqillikka erishish yo'llari va vositalarini, milliy daWatcliilik qurilishiga doir tajribani, istiqlolni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omiilarini o'rganish va milliy istiqlol mafkurasini yaratish kabi bir qator muhim muammolami har tomonlama mulohaza qilmoqlari lozim. Darhaqiqat, o'rganishga, tatqiq etishga, dastlabki ilmiy-nazariy xulosalarni o'rtaga tashlashga endilikda vetarli darajada asoslari bor.
Hayotimizda sodir bo'layotgan chuqur o'zgarishlami har tomonlama ilmiynazariy jihatdan asoslash orqali ularni yosh aviodga yetkazish hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir.
"O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fani aynan shu asosga qurilgan bo'lib, unda O'zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, 16 ya'ni jamiyatga o'tish davrida siyosiy isiohatiarning amaiga oshirilishi, O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, m am lakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlash omillari, manaviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O'zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olishi kabi m asalalar qam rab olganki, bular m ustaqil O 'zbekiston fuqarolari siyosiy tafakkurining vujudga kelishiga, ulardagi vatanparvarlik tuyg'ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.