2.4. O 'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURILISHI JARAYONIDA INSON ERKINLIGI, HUQUQIARI VA MANFAATLARINING USTIVORLIGI Ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasidagi m a'ruzasida Prezidentim iz I.A.Karimov jam iyatim izda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy - iqtisodiy siyosiy lslohotlaming markazida inson huquqiari va uning erkiirliklari turishini alohida ustivor yo'nalish sifatida ta'kidladilar. Chunki, inson huquqiari masalasi demokratik huquqiy davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatni vujudga keltirishining muhim belgilaridan biri bo'lib, ushbu belgi har bir davlatning qay darajada taraqqiy ekanligini belgilovchi mezon sifatida namoyon bo'ladi. Zero, "inson huquqini qonunda va amalda ta'minlay olmagan, buning uchun yetarli kafolatlar yaratib berolmagan jamiyat demokratik jamiyat emas"1
O'zbekiston davlati o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki kundan e'tiboran inson huquqiari uning erkinliklari masalasiga asosiy e'tibor berib kelmoqda. Buni biz mustaqillikning qisqa bir davri mobaynida inson huquqiari va erkinliklarini belgilovchi qonunlaming qabul qilinganligida, inson huquqiari masalalari bilan shug'illanuvchi milliy iastitutlar, ya’ni Oliy Majlisning inson huquqiari bo'yicha Vakili (Ombudeman), inson huquqiari milliy markazi tashkil topganligida qurishiiniz mumkin. Bu institutlaming asosiy vazifasi mamlakatimiz fiiqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko'maklashishdir.
Mamlakatimizda inson huquqiari va erkinliklarining huquqiy asoslarini yaratish hamda mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi. Chunonchi, asosiy qonunimiz hisoblanmish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqishda etmish yillik mustabid tuzum davrida xalqdan yashirib kelingan Inson Muquqlari Umumjahon Deklaratsiyasidagi barcha qoidalar to'liq inobatga olindi hamda ular mustaqil davlatimizning birinchi Konstitutsiyasida o'z ifodasini topdi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo'limi bevosita inson va fuqarolaming asosiy huquqiari, erkinliklari va burchlariga bag'ishlangan 29 ta moddadan iborat bo'lib, uiarda shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar o'z ifodasini topgan.
Inson huquqlari va erkinliklari Konstitutsiya asosida qabul qilingan bir qator joriy qonunlarda ham aks etgan. Bularga misol tariqasida O'zbekiston Respubiikasiriing "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida’gi, "Ta'lim to ‘g‘risida"gi, "Fuqarolarning m urojaatlari to ‘g'risida"gi, "Ommaviy axborot vositalari to ‘g'risida”gi, "Referendum to'g'risida"gi. "Fuqarolik to 'g ‘risida"gi, "Saylov to'g'risida’gi, "M ehnatni muhofaza qilish to ‘g‘risida"gi, "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida’gi qonunlarini ko'rsatish mumkin.
O'zbekistonning BMT va EXHT kabi nufuzli xaiqaro tashkilotlarga a’zo bo'lishi ham mamlakatimizda inson huquqlari va erkinJiklarini kafolatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik xalqaro xavfsiziikni mustahkamlash, davlatlar va xalqlar o'rtasida o'zaro ishonch va teng huquqli ham korlikni rag'batlantirish, mahaliy va mintaqaviy nizo-janajallarga yo‘1 qo'ymasiik, harbiy harakatlarning oldini olish, inson huquqlarini himoya qilish, insonning sha'ni, qadr-qimmatini kamsitishga yo'l qo'ymaslik kabi insonparvarlik tamoyillarini amalda tadbiq etishga katta yordam bermoqda.
O'zbekistonning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladigan ko'pgina xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lishi, ular bilan yaqindan hamkorlik qilish, ko'plab xalqaro konventsiyalar paktiga qo'shilishi, shuningdek mamlakatimizda "Inson manfaatlari yili", "Sog'lom avlod yili", "Ayollar yili", "Onalar va bolalar yili",
"Qariyalami qadrlash yili", "Mehr va muruwat yili", "Sihat-salomatlik yili" kabi tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilishi, sport, tibbiyot, ta'lim muassasalarini rivojlantirishga, ish o'rinlarini ko'paytirishga qaratilgan keng qo'Uashli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini qog'ozda yoki so'zdagina emas, balki hayotda joriy etilayotganligidan dalolatdir. So‘z va matbuot erkinligi borasida ham talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. So‘z va matbuot erkinligining mohiyati shundaki, har bir shaxs fikrlash huquqigagina emas, o‘z fikrini ochiq-oydin izxor qilish, ya'ni so‘z erkinligiga ham egadir.
O'zining va o'zgaiaming xatti-harakatlari, amalga oshirayotgan ishlaridan qoniqmaslik, ijtimoiy hayotdagi turli negativ holatlar haqida mahallada, maktabda, ishxonada, boshqaruv organlarida va matbuotda faol munosabat bildirish, shu nukson va kamchiliklarning tuzatilishiga erishish - aslida jamiyat rivojini ta’minlashning ilk qirralaridir.
So'z va matbuot erkinligi, jamiyatning biror jabhasi, boshqaruv sohasi yoxud har bir kishining o‘z ish sohasi bilan bog'liq kamchilik va nuqsonlarga tanqidiy mulohaza bildirgani uchun ta'qib etmaslik va boshqa huquqiy cheklanishlarga duchor qilinmasligina ham kafolatlaydi. "Ommaviy axborot vositalari sohasida iqtisodiy munosabatlaming asoslan to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishining Prezidentimiz tomonidan dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo'yilishi bozor iqtisodi va o'zini-o'zi ta'minlashga o'tish jarayonlarining tabiiy maxsulidir. Ommaviy axborot vositalari sohasida iqtisodiy munosabatlarining asoslarini qonuniy yo'l bilan belgilab berilishi, ommaviy axborot vositalarini kimgadir qaramlikdan qutqarish, uning axborot berish yoki ma'lurn bir voqea-hodisani sharhlash, xalqqa yetka/ishdagi erkinligi, axlolligini ta'minlashga xizmat qiladi.25 Qisqacha xulosalar O'zbekiston - o'ziga xos mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlab olgan davlat. Bu yo'l jahonda o'zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo'lidir. O'ning ratsional mag'izi jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyutsion - tadjiriy ravishda isloh etishni nazarda tutadi. O'zbek modelining tarkibidagi beshta tamoyillar O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lining asosini, o'tish davri dasturining negizini tashkil etadi. Ulaming amalga oshirilishi mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi bozor munosabatlarini izchil joriy etishni ta’minlamoqda. P rezidentim iz ta'k id lag an id ek , fuqarolik jam iyatini sh ak llan tirish taraqqiyotning o'zbek modeliga xos asosiy yo'nalishlar qatoriga kiradi. Bu esa mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq yagona to'g'ri yo'lni tanlaganimiz va unda sobitqadamlik bilan borayotganligimizni yana bir karra tasdiqlamoqda.
O'zbek modeli jamiyat taraqqiyoti jarayonida rivojlanib boradigan va hayot talablariga javob beradigan tamoyillar majmui ekanligining yorqin dalilidir. Davlatimiz tanlab olgan yo'l dunyoviy davlat.Shunday bo'lsada davlatimiz dinni yuksak qadrlaydi, uning barkamol insonni voyaga yetkazishdek, jamiyatda hamjihatlik, millatlararo totuvlikni, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdagi rolini e'tirof etadi. Jamiyatni yanada rivojlantirish va sifat jihatdan yangilashning eng muhim ustivor yo'nilishi - bu inson huquqlari va erkinliklarini, so'z va matbuot erkinligini, shuningdek oshkorolikni ta’minlash dolzarb masalalardan biridir.