II BOB MUSTAQILLIK VA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHNING " 0 ‘ZBEK MODELI"
2.1. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlari va "O‘zbek modeli" Shuni ta’kidlash lozim ki, O 'zbekiston o'z mustaqilligini qo'iga kiritgan paytda m am lakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Sobiq markazdagi ba'zi karom adgo’ylar O 'zbekistonga nisbatan "O 'zlaringni mustaqil boshqarishga, mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar", "Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratam iz, sizlar esa bajarasizlar, xolos" deb shovinistlarcha g'arazgo'ylik qilsa, m am lakat ichkarisidagi ayrim toifalar o'rtasida "Endi O 'zbekiston qanday yo'ldan boradi?".
O'zbekiston uchun o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'lini tanlash, yangi jamiyat qurish uchun o'z andozasini ishlab chiqish g'oyat murakkab va ahamiyatli edi. O'z vaqtida bunday vazifani uddalash O'zbekistondagi ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o'rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumlndan, diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqazo etar edi. Ayni chog'da,
O'zbekistonning o'z ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko'pasrlik tajribalarini o'rganish. O'zbekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga tayanish iozim edi.
Shuning uchun ham O'zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq jahon va o'zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o'z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo'lini tanlab oiishga kirishdi.
I.Karimov “ O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li”1 asarida ko'rsatib o'tilganidek, — O'zbekiston “ Bozor munosabatlariga o'tishning o'z yo'lini tanlab olishida aholining tafakkur va milliy-tarixiy turmush tarzini, xalq an’anaiari va urf-odatlarini har tom onlam a” hisobga oldi.
Prezident I.Karimov o'zining "O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" nomli asarida O'zbekiston istiqlolining nazariy asoslari chuqur tahlil etildi.Unda O'zbekiston istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o'rganilib jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, manaviy poklanishning asosiy yo'l - yo'riqlari yangicha mushohada va yondoshuv bilan ko'rsatib berildi.
Ma’lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir holatdan ikkinchi holatga o'tishi hal qiluvchi bir necha ijtimoiy muaimnolar bilan uzviy bog'liq.Bular: Davlatning islohotlarni o'tkazishdagi bunyodkorlik roli; Jamiyatning moddiy, manaviy va ijtimoiy imkoniyatlarini safarbar etish;
I.Karimov taraqqiyotning 0 ‘zbekiston uchun maqbul vo‘lini ishlab chiqarekan, awalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e’tibor beradi va uning fikricha, 0 ‘zbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha "izm"lardan va u qanday joylanishidan qat’iyy' nazar adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo‘lmog‘i lozim.
Prezident I.Karimov " 0 ‘zbekiston - bozor munosabatlariga o ‘tishning o'ziga xos yo'li" risolasida "O'zbekiston o‘zi uchun tanlab olgan yo‘1 ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlarigaeng ko'p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir".
Bu jarayonning m a’no-m ohiyati shundan iboratki, um um an olganda, tizimning bir (mavjud) holatdan boshqa (maqsadli holatga o'tish ikki yo'l bilan amalga oshirishi mumkin xos (entropiya yuqori darajada yoki) tartib (entropiya past darajada) orqali.Ya’ni, Islom Karimovning modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyutsion (tadrijiy) ravishda isloh etishni taqozo etadi. Mazkur model jamiyatning iqtisodiy tizmlari islohoti bilan bir qatorda davlat qurilishi, ijtimoiy soha, manaviyat, umuman, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi.
Avni ana shunday yo'l O'zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolotlashi, milliy an’analarni va madaniyatning qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatda manaviy axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin, deb qat'iyy ko'rsatib berilgan edi.
1.Karimov mamlakatning dastlabki yillaridagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi:
Binnchidan, iqtisodning hamisha siyosatdan yuqori turishi, u hech qachon siyosatning dumida osilib turmasligi, ikkinchidan, davlat - qonuniy yo'l bilan saylangan hokimiyat bosh islohotchi sifatida maydonda turishi, boshqamv jilovini qo'lidan chiqarmav.xalq xo'jaligming barcha sohalarida qat'iyy talabchanlik va boshqaruvchilikni amalga oshirishi darkor. Uchinchidan, aholisi ayni paytda 26 mln.dan oshib ketgan, har yili o'rtacha 550 ming kishiga ko'payayotgan mamlakatda davlat o'z fuqarolarini muhofaza qilishga qodir bo'lishi; to'rtinchidan, qonun hamma narsadan ustun bo'lishi, qonun ustivorligiga erishish va barchaning qonun oldida tengligini ta'minlash; beshinchidan, hech qanday ijtimoiy larzalaisiz, qahatchiliksiz va qashoqliliksiz, odarnlarga ziyon etmaycligan tarzda ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga bosqichma-bosqich o'tish. Ana shu muhim qoidalar O'zbekistonning mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga asos qilib olindi. Yangi jamiyatga o'tish davrining negizini tashkil etdi.0 ‘tgan davr mobaynida bu qoidalaming amalga oshirilishi respublikani ijtimoiy - siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo'lidan izchi harakat qilishni ta'minladi.
O'zbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan nazariy ham amaliy yo'nali.shlar, ilmiy qoidalar va yo'l - yo'riqlar O'zbekiston mustaqil rivojlanishning o'n uch yili davomida hayot sinovidan muvaffaqiyatli o'tdi, boshqa mustaqil rivojlanish yo'liga kirgan davlat siyosatdonlari e’tiborini tortdi.
Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqaroiarning taqdirigagina emas, balki kelajak avlodning taqdirini ham o ‘ylab tuzilgan bo'lib, o 'z davrda hukum ron bo'lgan yakka hokimlik tizim ining ishlatmalarini tezroq bartaraf etish, tnamlakatimizni rivojlangan madaniyatli marnlakatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko'zda tutgan edi.
Bu yo'l haqiqatdan ham, Prezident nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning "O'zbek modeli" edi va u mavjud bo'lgan modellaming birortasini takroriamagan holda o'z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot yo'nalishi bo'ldi. Hattoki, ushbu rivojlanish yo'lini tanlagan dastlabki yillardayoq ya’ni Prezident I. Karimov 1993 yili Shvetsariyada "Forum Fond"xalqaro iqtisodiy tashkiloti 1 sessiyasidagi katta nutqida va o'zining mamlakatni tubdan isloh qilishga doir ana shu besh tamoyilini dunyo minbaridan turib e'lon qildi. Uning chiqishi yangi davlat rahbarining naqadar keng imkoniyatlarini, zamonaviy va ilg'or qarashlarini yorqin ko'rsatdi. Bu konsepsiya jahon davlatchiligi nazariyasi va amaliyotini yangi tarixiy sharoitda rivojiantirishga muhim xissa bo'lib qo'shilganligi mutaxassislar tomonidan alohida ta'kidlandi. Kiritib 130 yillik mustamlakachilikda yashagan yosh mustaqil davlat ham siyosiy, ham iqtisodiy rivojlanishning o'ziga xos mustaqil yo'li, aniq, puxta - pishiq, ilmiy asoslangan prinsiplari borligini namoyon etdi.1.Karimov tomonidan ishlab chiqqan bu besh tamoyil mazkur sissiyada yuqori baholandi,