2.2. "O‘ZBEK M O D ELFN IN G JAMIYAT IJTIM OIY, SIYOSIY, IQTISODIY VA MANAVIY HAYOT SOHALARIDA NAMOYON BO‘LISHI Bozor munosabatlariga o'tishning ’’O'zbek modeli”ning nazariy jihatini atroflicha va chuqur o'rganish mamlakatimizning salohiyat va imkoniyatlari, ishlab chiqarish kuchlari rivoji, infratuzilmasi, yuriimizning tabiiy va intellektual resurslari, demografik vaziyati. aholining ongi, bilimi, kasbi, turmush shart-sharoitlari kabi omillami hisobga olgan holda rivojlanish konsepsiyasini Islom Karimov iborasi bilan aytganda o'zimizga xos va o'zimizga rnos yo'limiiz yanada samoraliroq ro'yobga chiqishiga xizmat qilmoqda.
"O'zbek modeli"ning iqtisodiy munosabatlami isloh qilish bilan bir davrda davlat qurilishi, jamiyatni demokratiyalashtirish, mulkdorlar sinfini va xususan, o'rta sinfni shakllantirish ijtimoiy tuzilmani takomillantirish, kadrlar tayyorlash, madaniy me’ros va manaviyat bilan bog'liq bir qator sohalami qamrab olgani uning o'ziga xos ustivor xususiyatlardan biridir.
Jamiyatimiz yangi ichki va tashqi vaziyatga kirib borishi bilan taraqqiyotning o'zbek modeli o'z chegara shartlarini uzviylik asosida transformatsiya qildi. Jumladan, respublikamizda demokratik o'zgarishlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o'zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo'lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat. Mazkur yo'nalish o'zbek modelining birinchi tamoyili, ya’ni iqtisodiyotni siyosat va mafkuradan xoli etish siyosatining mantiqiy davomidir.
O'zbek modelida hech qachon iqtisodiy munosabatlami mutlaqlashtirish nazarda 21 tutilm agan.Bu tam oyillar iqtisodiyotni erkinlashtirish.mulkdorlar sinfini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan boiib, ular turli maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan iqtisodiyot emas, balki iqtisodiyot masalalarini hal qilishga, inson uchun munosib turmush sifatlarini ta'minlashga, yo'naltirilgan sivosatga asoslanadi. O'tgan davr ushbu xulosalaming to'g'ri ekanligini to'liq isbotladi.
Davlat o'zining islohotchilik funksiyasini ishonchli ravishda bajardi. O'tgan yillar davomida davlatimiz yangi jamiyatga o'tish jarayonini tartib orqali amalga oshirilishini ta’minladi, yetakchi islohotchilik vazifasini hayot talablariga muvofiq bajara oldi deyishga to'liq asosimiz bor. Buning sabablaridan biri, boshqaruv tizimida hududiy hokimiyat vakolatlarini kengaytirish, mahalliy hokimiyatga qator masalalami "yuqori"ning ko'rsatmalarini kutib o'tirmasdan, mustaqil hal qilish uchun imkoniyatlar yaratib berilganligidadir. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 9- sessiyasidagi Prezidentimiz ma'ruzasida qayd qilinganidek "Hoziming o'zidavoq mamlakat byndjeti daromad qismining 56 foizi va xarajat qismining 52 foizini hududiy byudjetlar tashkil etmoqda. Shu tariqa davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar bilan bog'liq kattagina qismi hududlar tomonidan nazorat qilinmoqda"1.
Prezidentimiz davlat faoliyati iqtisodiy rivojlantirish borasidagi chuqur ustuvor yo'nalishlarni, qabul qilingan qonunlar va huquqiy normalarni so'zsiz ’oajarilishi, tashabbus va tadbirkorlikni rivojlantirish, xo'jalik ynrituvchi subyektlar o'rtasida raqobat muhitini qaror toptirish borasida sezilarli natijalarga erishadi.
Davlat va jamiyatning yuqorida ko'rsatilgan vazifalarining bajarilishi taraqqiyotning asosiy shartlaridan biri bo'lishi qonun ustuvorligi, qonun oldida barchaning tengligiga olib kelmoqda. Bu tamoyilni amalga oshirish uchun sud hokimiyatini mustahkamlanishi, sudlarning mustaqiJligini ta'minlash, ularning faqat qonunlaiga bo'ysunishi o‘z natijasini ko'rsatmoqda.Natijada odamlarda Sobiq ittifoq davrida shakllangan, hokimiyatning bu tarmog'iga jazolovchi idora sifatida qarash unga insonning haq-huquqlarini, adolatni himoya qiluvchi tuzilma sifatida yondoshish ko'nikmasi shakllanib bonrioqda.
O'zbek modelining to'rtinchi tamoyili sifatida bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish sohasida qator tadbirlar amalga oshirildi, uning ijobiy natijasini ko'rmaslik mumkin emas.Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan bir qator davlat dasturlari qabul qilinib, amalga oshirildi.Bularning barchasida xalqimizni ijtimoiy jihatdan qo'llab-quwatlash asosiy ustuvor vazifalardan biri qilib belgilandi.Masalan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun davlat byudjetining 38 foizi ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish jarayonini amalga oshirish yoTida sarflanmoqda. Bu mablag'larning asosiy qismi mutlaq yangi bo'lgan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim turi, ya’ni akademik litseylar va kasb-hunar litseylarining moddiy bazasini yaratish va mustahkamlashga qaratilgan. Hozir o'rta maxsus kasb-hunar ta’limiga ega bo'lgan yoshlar egallagan bilimlar tufayli hayotga mustaqil shaxs sifatida kirib kelib, o'z o'mini topmoqda. Natijada, kelgusi 5-7 yi! ichida ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamning keskin kamayishi ta’minlanadi.
Bu esa kuchli ijtimoiy siyosatning eng muhim maqsadi va natijasidir. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish masalasiga barcha islohotlamingbosh yo'nalish va pirovard natijasini ta'minlovchi omil, deb qaralmoqda.
Xulosa qilib aytganda, o'/hek modeli jamiyat taraqqiyoti jarayonida rivojlanib boradjgan va hayot talablariga javob beradigan tamoyillar majmui ekanligining yorqin dalilidir.