“ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 2. O’zbek orfografiyasi 3 ta prinsp bilan ish ko’radi.
a) fonetik prinsp (yozuv tamoyili)
b) morfologik prinsp (yozuv tamoyili)
c) shakily prinsp (yozuv tamoyili)
1. Fonetik prinsp (yozuv) 1. Fonetik prinspga asosan o’zak va qo’shimchalar adabiy tilde qanday talaffuz qilinsa imloda
ham shunday yoziladi.
2. Bu prinsp o’zak va qo’shimchalarning yozilishida har xillikka yo’l qo’yadi.
3. Bu prinsp imloni jonli talaffuzga yaqinlashtiradi.
4. Fonetik prinsp asosida yozilgan so’zlar tarkibida ma’lum bir tovush o’zgarishlari yuz
bergan bo’ladi.
5. Fonetik prinspda tovush o’zgarishlari asosan qo’shimcha qo’shilsa yuz beradi.
- Shahar+im = shahrim-tovush tushishi - O’yin+a =o’yna- tovush tushishi - Eshik + i = eshigi- tovush almashinishi - Yosh + a = yasha- tovush almashinishi - Ong + la = angla- tovush almashinishi - Shu + day = shunday- tovush ortishi - U + dagi = undagi- tovush ortishi - isi + q =issiq – tovush ikkilanishi - achi+q =achchiq- tovush ikkilanishi - xur + ak = xurrak- tovush ikkilanishi 6. Tovush o’zgarishlari ya’ni tovush almashinishi, tushishi, ortishi, ikkilanishi fonetik
prinspni yuzaga keltiradi. Bunda:
a) o’zakning yozilishida har xillikka yo’l qo’yilishi mumkin- son + a = sana, buloq +i =
bulog’i
b) qo’shimchaning yozilishida har xillikka yo’l qo’yilishi mumkin.Buloq+ gacha =
buloqqacha
gur + illa = gurulla
c) kam hollarda ham o’zak ham qo’shimcha yozilishida har xillikka yo’l qo’yilishi mumkin.
Buyir+iq = buyruq, kichik+ gina = kichkina
Bunday holat ko’proq o’zakka birdan ortiq qo’shimcha qo’shilganda yuz beradi.